17.2-rasm. BDE Administrator oynasi
Oynaning chap qismining Database bo’limida ushbu kompyuterda ro’yxatga olingan barcha taxalluslar keltirilgan. Yangi taxallusni yaratish uchun Object menyusidan New buyrug’i tanlanadi. Ochilgan New Database Alias (MB ning yangi taxallusi) oynasidagi Database Driver Name ro’yxatidan yaratiluvchi MB uchun drayverni, ya’ni MB ning tipini tanlash kerak (17.3-rasm).
Taxallusni yaratish vaqtida, odatda STANDARD (default driver) drayveri taklif qilinadi, bu esa Paradox formatidagi jadvallardan foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |