Qo’shimcha komponentlar va fayllar.
rasm. General sahifasi.
Specify Components and Files guruh buyruqlari foydalanuvchi kompyuteri hamda o’rnatuvchi diskka ko’chiriluvchi fayllarni yuklash imkonini beradi.
Eslatma: Katta dasturlarni o’rnatishda installyatsion dastur foydalanuvchidan o’rnatish tipini tanlashni so’raydi (to’la, eng kichik yoki tanlash). Tanlash jarayonida foydalanuvchi kerakli komponentlarni ko’rsatib o’tadi.
Graph and Files buyrug’I bajarilishidan avval qanday fayllarni foydalanuvchi kompyuteriga ko’chirib o’tish kerakligi ko’rsatiladi. Qaralayotgan misolimizda bu quyidagicha: dastur fayli (test1.exe), “Pamyatniki I arxitektunie soorujeniya Sankt- Peterburga” test fayli, readme.doc fayli (faylda dastur haqida qisqacha ma’lumot saqlanadi). Bundan, dastur fayli va readme.doc fayli ilovaning bosh katalogiga, test fayli esa bosh katalogning Sample ostkatalogiga joylashtiriladi. Groups and Files buyrug’ini tanlash natijasida Specify Components and Files (39-rasm) muloqot oynasi ochiladi.
rasm. Specify Components and Files muloqot oynasi
Avtomatik hosil qiliingan Program Files guruhi o’rnatiluvchi dasturning bosh katalogi hisoblahadi. Odatda bu guruhga dasturning bajariluvchi fayli, ma’lumot (spravka)lar fayli va read.me fayli joylashtiriladi. Bu guruhga yangi faylni qo’shish uchun Insert Files tugmasi bosiladi va hosil bo’lgan Faylni ochish standart oynadan kerakli fayl tanlanadi. “Plus” belgili kvadratni bosish bilan guruxni ochish va u yerda qanday fayllar mavjudligini ko’rish mumkin.
Dasturchi hohishiga ko’ra ba’zi fayllarni alohida katalokka ajratish mumkin. U holda bu fayllar uchun yangi guruh tashkil qilishga to’g’ri keladi. Yangi guruhni tashkil qilish uchun New Group tugmasidan foydalaniladi. Natijada Add group (40- rasm) muloqot oynasi hosil bo’ladi. Group Name maydoniga guruh nomi, Destination Directory maydoniga esa guruh fayllari nusxasi joylashishi lozim bo’lgan katalog nomi kiritiladi. Standart holatda yangi guruh katalogiga ega, yani ilovaning bosh katalogi.
Agar guruh fayllari ko’chiriluvchi yangi katalog ilovaning bosh katalogi ichida yaratilsa, u holda yangi katalogning nomi dan so’ng “\” belgisi bilan ajratib yoziladi. Katalog nomini ochiluvchi ro’yxatdan tanlab ko’rsatilishi ham mumkin.
rasmda misol sifatida Specify Components and Fiels muloqot oynasining Sample guruhi tashkil etilgan va fayllar guruhi tanlangan holda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |