Kasb ta’limi fakultеti


Ma’lumotlar bazasining klassifikatsiyasi



Download 1,8 Mb.
bet64/92
Sana03.01.2020
Hajmi1,8 Mb.
#31888
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
obektga yonaltirilgan dasturlash tillari -разблокирован-конвертирован

Ma’lumotlar bazasining klassifikatsiyasi

Foydalaniluvchi dasturlar ma’lumotlarni joylashishiga va ularni bir nechta foydalanuvchilar o’rtasida bo’linish usuliga bog’liq ravishda ma’lumotlar bazasi (MB) lokal va global MB ga bo’linadi.



Lokal MB

Lokal MB ning ma’lumotlari bitta (lokal) qurilmada, ya’ni kompyuter diski yoki tarmoq diskida (tarmoqda ishlayotgan boshqa bir kompyuter diski) joylashadi.

Ma’lumotlarni bir yoki bir nechta kompyuterlar o’rtasida taqsimlashni (ma’lumotlardan foydalanishga ruhsat berish) ta’minlash uchun lokal MB larda

fayllarni blokirovkalash usuli qo’llaniladi. Bu usulda, agar ma’lumotlar bir foydalanuvchi tomonidan foydalanilayotgan bo’lsa, boshqa boshqa bir foydalanuvchi bu ma’lumotlar bilan ishlay olmaydi, ya’ni ma’lumotlar uning uchun yopiq, blokirovkalangan.

Paradox, dBase, FoxPro va Access – lokal MB lardir.

Masofadagi (uzoqdagi) MB

Masofadagi MB larning ma’lumotlari (fayllari) uzoqdagi kompyuterda joylashadi. Masofadagi MB bilan ishlash dasturi ikki qismdan tashkil topadi: (kliyent) mijoz va server. Dasturning mijoz qismi foydalanuvchi kompyuterida ishlaydi va server dastrulari bilan muvofiqlikni ta’minlaydi.

Dasturlarning server qismi masofadagi kompyuterda ishlaydi va mijoz dasturlaridan so’rovlarni qabul qiladi, ularni bajaradi va ma’lumotlarni jo’natadi. So’rovlar SQL (strukturalashtirilgan so’rovlar) tili buyruqlari yordamida amalga oshiriladi. Masofadagi serverda ishlayotgan dastur shunday loyihalashtirilganki, ma’lumotlarga bir vaqtnin o’zida bir nechta foydalanuvchi murojaat qilishi mumkin. Shuning uchun ma’lumotlarga ruhsat (доступ)ni ta’minlash uchun fayllarni blokirovkalash mexanizmining o’rniga tranzaksiya mexanizmi qo’llaniladi.

Tranzaksiya – bu ma’lumotlar uzatilishi bilan ular ustida bajarilishi shart bo’lgan amallar ketma-ketligidir. Agar tranzaksiyani tashkil etuvchilari amallardan birida xatolik yuz bersa, u holda barchasi yangidan qayta bajariladi. Shunday qilib, tranzaksiya mexanizmi apparatli uzilishlardan himoyalanishni ta’minlaydi. Shuningdek, ma’lumotlar’lumotlarga ko’pfoydalanuvchilik ruhsatini berish imkoniyatini yaratadi.

Masofadagi Mblar bilan ishlovchi dasturlarni yaratish – murakkab masala. Uni yechish dasturchidan chuqur bilim va dastur tuzish bo’yicha yuqori malaka talab qiladi. Shuning uchun ushbu kitobda masofadagi MB larni yaratish to’g’risida to’xtalmaymiz.

MB strukturasi

MB – bir qator me’zonlari bo’yicha tartiblangan, bir jinsli bo’lgan axborotlar to’plamidir. MB “qog’oz” yoki kompyuter ko’rinishida taqdim qilinishi mumkin.

“Qog’oz”li MB ga yaqqol misol qilib kutubxona katalogini, ya’ni kitoblar to’g’risida axborotlar berilgan qog’oz kartochkalarni keltirish mumkin. Bu bazadagi axborotlar bir jinsli (faqat kitob to’g’risida ma’lumotlar’lumot berilgan) va tartiblangan (masalan, kartochkalar avtorlarning familiyalari bo’yicha alfavit shaklida).

Telefon qo’llanmasi yoki poyezdlar harakatining jadvali ham bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin.

Kompyuterli MB esa o’zida axborotlarni saqlovchi fayl (yoki o’zaro bog’langan fayllar to’plami) ko’rinishida bo’ladi.

MB yozuvlardan tashkil topadi. Xar bir yozuv bir nusxada axborotni o’zida saqlaydi. Masalan, “O’zbekistonning obidalari” MB ning har bir yozuvi faqat bittadan obida to’g’risida to’liq ma’lumotni saqlaydi.

Yozuv maydonlardan tashkil topadi. Xar bir maydon bitta nusxaning faqat bitta tavsifi (xarakteristika)ni o’zida saqlaydi. Masalan, “O’zbekistonning obidalari” MB si quyidagi maydonlardan tashkil topgan: “Obida”, “Me’mor” va “Tarixiy ma’lumot”, bu yerda “Obida”, “Me’mor” va “Tarixiy ma’lumot” – maydon nomlari. Bu maydonlardagi ma’lumotlar’lumotlar aniq bir obidani tasvirlaydi. E’tibor qilish kerakki, xar bir yozuv bir xil mayonlardan tashkil topgan. Ba’zi bir maydonlar to’ldirilmasligi mumkin, lekin yozivga tegishliligicha qoladi.

MB ni qog’ozda jadval ko’rinishida taqdim qilish qulay (17.1-rasm). Jadvalning har bir satri yozuv bo’lib, jadval kataklari esa maydondir. Shuning uchun jadval ustunining sarlavhasi – maydon nomi, satr raqami esa – yozuv nomeri bo’ladi.

Kompyuterdagi MB ham odatda ekranga jadval ko’rinishida chiqariladi.



Obida

Me’mor

Tarixiy ma’lumot

1

Tuman Oqo majmuasi

usta Shayx Muhammad

ibn Xoji Bandgir



XVX asrda Amir Temurning xotini Tuman Oqo qurdirgan. U mulozimxona, masjid va maqbaradan iborat.

2

Usto Ali

Maqbarasi



Usta Ali

O’rta asrning 60-70 yillarida qurilgan.

17.1-rasm. MB ni jadval ko’rinishida berilishi



Delphida MB modeli
Xar bir jadval alohida faylda saqlanadi. Lekin, MB bilan jadvalni bir narsa deb qarash mumkin emas, chunki, ko’p hollarda bitta yozuvning maydoni bir nechta jadvallarga taqsimlangan bo’lib, turli fayllarda joylashadi.

Oddiy holatlarda MB bilan ishlovchi dasturlar uchun axborot manbai bo’lib barcha jadvallar xizmat qiladi. Lekin, foydalanuvchini MB dagi barcha ma’lumotlar qiziqtirmaydi, balki, ularning qaysidir bir qismigina kerak bo’ladi xolos. U faqat so’roviga mos tushgan yozuvlarnigina tanlaydi va ko’rib chiqadi. Shuning uchun barcha ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan MB modelida “so’rov” tushunchasi kiritilgan bo’lib, u MB yozuvlarini tanlash imkonini yaratadi.



MB taxallusi (Псевдоним)

Dasturchi MB bilan ishlash dasturini yaratish vaqtida MB fayllari qaysi disk yoki katalogda joylashganligini bilishi shart emas. Masalan, foydalanuvchi MB ni C: yoki D: disklarning birorta katalogiga joylashtirishi mumkin. Shuning uchun MB ning joylashgan o’rni haqidagi ma’lumotlarni dasturga uzatishda muammo tug’iladi.

Delphida yuqoridagi muammo MB taxallusidan foydalanish yo’li bilan hal qilinadi.

Taxallus (Alias) – MB joylashgan haqiqiy to’liq katalogning qisqacha nomi. Masalan, C:\data\UzbObida katalogining taxallusi Obida bo’lishi mumkin. MB bilan ishlovchi dastur Mblardan foydalanishi uchun ularning to’liq nomi emas, balki taxallusidan foydalanadi. Ma’lumotlardan foydalanishga ruhsat berishni

ta’minlovchi dastur Borland Database Engine (BDE) kutubxonasiga ulanadi va u yerda tizimda ro’yxatga olingan, barcha taxalluslar haqida ma’lumotga ega bo’lgan konfiguratsiya faylidan foydalanadi. MB taxallusi BDE Administrator utiliti yordamidayaratilgan (ro’yxatga olingan) bo’lishi mumkin. Bu utilit taxallusga tegishli kataloglarni o’zgartirish imkonini beradi.

MB ni yaratish

MB – ma’lumotlar joylashgan fayllar (jadvallar) to’plamidir. Qoidaga ko’ra, MB bitta katalogda joylashgan bir nechta jadvallardan tashkil topadi. MB uchun katalog oddiy usul bilan, masalan, provodnik yordamida yaratiladi. Jadvalni esa Delphi tarkibiga kiruvchi Borland Database Desktop utiliti yoki SQL-so’rovlar yordamida yaratish mumkin.

Shunday qilib, MB ni yaratish jarayonini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:


  1. Katalog yaratish

  2. Taxallus yaratish.

  3. Jadval yaratish.



Katalog yaratish

MB fayllari uchun katalog (papka) oddiy usul bilan, masalan Provodnik yordamida yaratiladi. Odatda lokal MB ning fayllari MB bilan ishlovchi dastur katalogi ichida, alohida katalogda joylashadi.




Taxallus (псевдоним) yaratish

MB taxallusi Delphining BDE Administrator utiliti yordamida yaratiladi. Utilitni ishga tushirish uchun Пуск | Программы | Borland Delphi 7 | BDE Administrator buyrug’ini tanlash kerak.



BDE Administrator ishga yuklangandan so’nggi oyna ko’rinishi 17.2- rasmda berilgan.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish