Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi.
Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani taibiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish, psixik jarayonlarni takomillashtirish borasia axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo'lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o'ziga xos namoyon bo'lish qonuniyatlarini o'rganishda ikkala fan teg xizmat qiladi.
Yuqorida ta'kdlangan fan tarmoqlari psixologiyada bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o'sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq xo'jaligi, kimyo va oziq- ovqat ishlab chiqarish sanoati, huquq va madaniyatshunoslik kabi o'nlab fan sohalaridir.
Nazorat uchun savolllar:
1. Kasbiy psixologiyaning prеdmеti. 2. Kasbiy psixologiyaning ahamiyati. 3. Kasbiy psixologiyaning printsiplari. 4. Kasbiy psixologiyaning kеlib chiqish tarixi. 5. Psixologiyaning sohalari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil 2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil 3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik. 4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik. 5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil 6.G„oziev E.G„. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010 7.Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y.
Do'stlaringiz bilan baham: |