BILDIRISHNOMA, BILDIRGI
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliya-
ti bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora,
mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qi-
lish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot.
Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi
(yozuvchi) ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga
ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim
mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyu-
terda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomo-
nidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari
tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan
bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi.
Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bun-
day bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi
ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi
ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
3. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
4. Matn sarlavhasi.
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
18
6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor
bo‘lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi
(agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha
mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muas-
sasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda
qo‘yiladi).
O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirli-
giga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i
S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi
M. Dadaboyevdan
BILDIRISHNOMA
Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning
o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchi-
slesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz
muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan
vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylash-
tirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida
Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab
ko‘rishingizni so‘rayman.
Korxona bosh texnigi (imzo)
M. Dadaboyev
2012.10.10.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish
shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka)
lariga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda
aso san talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot
beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan
birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli
xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |