Kasb hunarga yo’naltirish ishlari mazmuni va ahamiyati.
Reja:
1.Kasblar xarakteristikasi- professiogramma.
2.Kasb hunarga yonaltirish ishlariga qo’yiladigan talablar.
3.Maktabda mehnat ta’limi darslarida kasb hunarga yo’naltirish, boshqa soha mutaxassisliklari b ilan tanishtirish; o’quv muassasasi atrofidagi korxonalar bilan tanishtirish.
4.Maktabdan tashqari tashkilotlarga sayohatlarni tashkil qilish, ommaviy axborot vositalarining ahamiyati.
Kasb harakteristikasi - professiogramma
To’g’ri kasb tanlash mehnatning mazmuni, harakterini iloji boricha ko’proq bilishni hamda bo’lg’usi mehnat faoliyati jarayonidagi munosabatlar xususida iloji boricha to’laroq ma’lumotga ega bo’lishni taqazo etadi. O’quv mashg’ulotlari, sinfdan tashqari olib boriladigan turli ish formalari, ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati, mutaxasislar bilan bo’ladigan uchrashuv va suhbatlar, adabiyotlarni mustaqil ravishda o’rganish va boshqa shu singari tadbirlar kasb to’g’risida tegishli bilimga ega bo’lish manbaidir.
Kasblar to’g’risisdagi eng muhim manabalardan biri professiogramma hisoblanadi. Professiogramma – kasbga berilgan xarakteristika bo’lib, o’sha kasb odamning shaxsiy fazilatlari: aqliy, psixologik, jismoniy va boshqa fazilatlariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’z ichiga oladi.
Barcha professiogrammalar taxminan quyidagicha sxema asosida tuziladi:
Kasbning nomi;
Kasbning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va o’rni;
Mehnatning turi: qo’l mehnati, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan mehnat ;
Mehnat predmeti va mahsuloti;
Ish bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va mahorat;
Ish sharoitlari, ish joyi;
Mehnat tartibi (smenalilik, bir xillik va shu kabilar) va dam olish tartibi;
Kasbning sog’likka to’g’ri kelmasligi haqida tibbiy xulosa;
Shaxsning irodaviy, ishchanlik va boshqa fazilatlariga qo’yiladigan talablar;
Kasbning shaxsga: uning umumiy madaniyat darajasining shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga, xarakteriga va shu kabi sifatlariga ko’rsatadigan ta’siri;
Kasb o’rganish yo’llari, ta’lim muassasalarining xarakteristikasi va ularga kirish shartlari;
Kasbiy o’sish istiqbollari;
Turdosh kasblar.
Har bir o’smir o’z mehnat yo’li qanday boshlanishi to’g’risida o’ylar ekan, o’zi uchun mo’ljallanayotgan kasbning professiogrammasini tuzib chiqish foydali bo’ladi. Bunday ish unga o’zining bo’lajak kasbi to’g’risida ko’proq narsalarni bilib olish, o’sha kasbga o’zining kasb jihatidan qay darajada mos kelishini baholash imkonini beradi. Professiogramma tuzish siz o’zingizda shakllantirishni yoki rivojlantirishni zarur deb hisoblayotgan kasb jihatidan muhim sifatlarini belgilab olishga yordam beradi ( ular professional rejaga asos qilib olinmog’I kerak). Professiogramma tuzayotgan vaqtda “Kasblar olami” ensiklopediyasidan olingan maqolalardan, har xil so’rovnoma nashrlaridan foydalanish mumkin. Amaliy harakterga oid ba’zi ma’lumotlarni buyurtmachi korxona mutaxasislari bilan yoki kasbiy maslahatchi bilan o’tkaziladigan suhbatlardan olish mumkin.
Masalan: “Stanoklar va avtomat liniyalarining sozlovchisi”, sozlovchilik kasbi eng yangi va istiqbolli kasblardan biridir. U sanoatda murakkab avtomat va yarim avtomat uskunalar bilan bir vaqtda paydo bo’ldi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoititda bu kasbning ahamiyati doimiy ravishda ortib bormoqda.
Sozlovchining ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi stanoklarni va avtomat liniyalarini ma’lum bir turdagi mahsulotlarga ishlov berishga tayyorlashdan iboratdir. Sozlovchi detallarga sinov tariqasida ishlov berish tadbirini amalga oshiradi, asbob-uskunalarning ishini kuzatib boradi. Berilgan o’lchamlardan qandaydir chekinishni sezganda sozlovchi mashinaning qayeri buzilganligini aniqlaydi hamda o’z bilimi, mahorati va malakalariga tayangan holda kamchiliklarini yo’qotib, mashinani tuzatadi. Shuningdek, u turli xildagi remont ishlarida, uskunalarni sinash tadbirlarida qatnashadi, har xil tipdagi stanoklarni control avtomatlarni, avtomat liniyalarining transport qurilmalarini sozlab beradi, robotlarni sozlaydi. Stanoklarni sozlash bilan bog’liq bo’lgan tegishli hisob-kitob ishlarini bajaradi.
Stanoklar va avtomat liniyalarining sozlovchisi yuksak darajada texnik bilimga va yaxshi xotiraga ega bo’lishi kerak. Turli-tuman texnik vazifalarni hal qilish zaruriyati bilan bo’g’liq bo’lgan ishlarni bajarayotgan sozlovchi uchun mantiqiy jihatdan to’g’ri o’ylash va ijodiy fikrlash g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Uskunalardagi buzuqlik ko’zga yaqqol ko’rinib turmasligi sababli odatda kuzatuvchanlik va hushyorlik bilan ish yuritadigan sozlovchilar o’z ishida ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. Shuningdek, o’g’ir vaziyatlar vujudga kelib qolganda sabr-toqatli bo’lish, puxta ishlash va o’zini yo’qotib qo’ymaslik ham muhimdir.
Sozlovchilar mashinasozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalarida va boshqa shunga o’xshash joylarda mehnat qiladilar.
Bu kasb ni kasb-hunar kollejlarida o’rganish mumkin. Bu sohada bilim olishni esa mashinasozlik kasblari bo’yicha oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish mumkin.
Mashina va uskunalarni sozlovchi, dastur bilan boshqariladigan stanoklarning operatori, texnik-mexanik kasblari turdosh kasblar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |