Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir


USULLARI 2.1.  Rasmdagi  shakl,  hajm  va  tus



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

USULLARI
2.1.  Rasmdagi  shakl,  hajm  va  tus
 
munosabatlari
Qalamtasvir  sirlarini  egallash  va  uni  sifatli  amalga  oshirish 
uchun  tasviriy  san’atdagi  texnik  bilim,  malaka  va  tajribalami 
o ‘rganish  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Rasm  chizish  texnikasi 
haqida  gapirilganda,  tasvir  vositalari  (chiziq,  shtrix  va  h.k.), 
materiallar  (qalam,  ko‘mir,  qog‘oz va  h.k.),  ish usullari va  asar 
yaratish  jarayonida  ko‘maklashuvchi  barcha  asosiy  narsalar 
tushuniladi.
Tasvir mukammalligi, oddiy vositalar yordamida yuqori tasvirga 
erishish va rassomchilik san’atining mohiyatini ochib bera oladigan 
asarlar  yaratishni  ko‘zda  tutadi.  Shu  bilan  birgalikda  tasvirda 
rassomning m a’lum bir jihatlari, uning xarakterli xususiyatlarining 
ba’zi qirrali aks etadi.
Rasm  chizish  texnikasining  bilim  va  tajribasini  o‘zlashtirish 
ko‘plab ishlami yengillashtiradi,  o‘quvchining grafika tilini boyitadi 
va  uni  tasviriy  mahoratni  egallashga  tayyorlaydi.  Rasm  chizish 
jarayonida uning texnik tomonlarini o‘zlashtirish jismlami realistik 
tasvirlash uslublarini bilish bilan bog‘liq.
Reahstik tasviming vazifasi jismlami perspektiv tasvirini ishlash, 
obyektlaming xarakterli xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  Shakl 
deganda, barcha buyum va shakllarining geometrik asosini tashkil 
etuvchi,  tashqi  ko‘rinishi  va  xarakterlarini  ochib  bemvchi  yuza 
qismi va konturi tushuniladi.
Har  bir  jism,  qaysi  nuqtadan  qaralishiga  ko‘ra,  o ‘zgarib, 
ko‘rinishidan tashqari,  doimiy o‘zgarmas shakliga ham ega.  Inson 
doimiy ravishda ko‘plab jismlardan taassurot oladi. Natijada, ushbu 
jismlar  va  hodisalarning  belgilari,  nafaqat,  insonda  taassurot 
qoldiradi, balki o‘xshashligi yuzasidan bir-biri bilan taqqoslanadi: 
shakl  shakl bilan,  rang  rang bilan va h.k.  Bunda har bir jismning
39


doimiy, xarakterli va yorqin belgilari yaxshiroq yodda qoladi.  Shu- 
ning  uchun  jismni  tanish  uchun  uning  har  bir  qismini  idrok 
etish shart emas.  Har bir jism o£ziga xos xususiyatlarga ega va ular 
orqali jismni osonlikcha taniymiz.
Jism haqida aniq va to£g£ri tasawurga ega bo£lish uchun, ushbu 
jismni boshqa jismlardan ajratib turuvchi ba’zi xarakterli belgilarni 
tasvirlash  kifoya  qiladi.  Ushbu  belgilarning  rasmda  mavjud 
bo£lmasligi, jismni tanish imkoniyatlarini kamaytiradi.  Aksincha, 
ikkinchi darajali belgilar mavjud bo£lmaganda,  tasvir sifati deyarli 
o £zgarmaydi.  Ikkilamchi  b o £laklarning  birlam chi  bo £laklarga 
bo£ysunishi,  xarakterli,  tipik  qismlarning  ajratilishi tasvirni haqi- 
qatga  yaqinlashtiradi,  tomoshabinga  jismni  osonroq  idrok  etish 
imkonini beradi. Jism shaklidagi barcha zaruriy narsalarni rasmda 
iloji boricha to£liq tasvirlab,  ikkilamchi qismlarni yengil chizgilarda 
ko£rsatish  kerak.  Jismning  tabiiy  ko£rinishini  tasvirlash  —  uning 
fotosuratdagi ko£rinishini emas, balki o£sha jismning ko£rinib turgan 
qismining  asosiy,  xarakterli belgilarini  ifodalashdan iborat.
Har qanday jism  asosiy uch o£lchov  asosida xarakterlanadi  — 
kengligi,  uzunligi,  balandligi,  boshqacha aytganda hajmiga ko£ra. 
Hajm deganda, jismning uch tomoni o£lchamlari tushuniladi.  Eng 
oddiyjismlami chizganda ham, ularning shaklidagi  asosiy belgilarga 
e’tibor  berish  lozim.
Shakl  ko£rinishi  faqatgina  unga  qaysi  nuqtadan  qaralganida 
o£zgaribgina  qolmay,  balki  jism  haqidagi  tasawurni  o£zgartirib 
yubora oluvchi yorug£lik va jism toni holatiga ham bog£liq.  Lekin 
tasviriy san’atning haykaltaroshlik turida haykaltarosh-rassom hech 
qachon ushbu holatlarga e’tibor qaratmaydi,  chunki u o£z ijodida 
shakl  bilan  ishlaydi:  ba’zi  paytlarda  u  modelning  mayda,  ko£zga 
unchalik  tashlanmaydigan  qismlariga  e’tibor  bermasligi  yoki 
ko£rmashgi mumkin. Bu borada rassom haykaltaroshdan o£rnak olishi 
kerak.  Rassom uchun jismni ko£rishi kifoya qilmaydi, u o£sha jismni 
bilishi va  his  qilishi  ham lozim.  Rasm ustida ishlay turib,  rassom 
xayolan go£yoki,  haykal yasagandek harakat qilishi kerak.
Rasmga  hajmli  ko£rinish  berish  uchun,  jismlarni  konstruktiv 
tuzilishini ko£ra olish darkor.  Misol uchun,  kub  chizish jarayonida 
faqat ko£rinib turgan qism bilan chegaralanish kerak emas 
(11-rasm,
 
d ga  qarang).
  Uni  mantiqan  butun  tasawur  etib,  rasmda  ko£rin-
40


maydigan qismini ham tasvirlash lozim. Yosh rassom qog‘ozga hajmh 
jism tasvirini tushira turib,  uning ichki proyeksiyasini ham chizishi 
shart.  Bunda jism xuddi oynadan yasalgandek kohinadi.  Bu mash- 
g‘ulot jismning  tub  mohiyati va uning  tuzilishini  ohganishga yor- 
dam beradi.
Konstruksiya har  qanday jismning asosini tashkil etadi.  Kons- 
truksiya yoki jismning tuzilishi asosida uning elementlari va qismlari 
o ‘rtasidagi  o ‘zaro bog‘liqlik tushuniladi.  Ushbu tushuncha barcha 
jismlarga — tabiat va inson qo‘li bilan yaratilgan jismlarga taalluqli. 
Jism konstruksiyasini tushunish ijodkorga  asarni ongli ravishda va 
hajmdor  tarzda  ishlash  imkonini  beradi.  Bunday  usulda  izlanish 
borasida qadimgi rassomlar ko‘plab nazariy va amaliy maslahatlar 
qoldirishgan. Jumladan,  21, 22, 23,  24 va 25-rasmlarda rus rassomi 
A.P.  Sapojnikov hamda buyuk nemis rassomi Albrext Dyurerlarning 
inson  tasvirini  chizishda  chiziqli  konstruksiyadan  qay  darajada
21-rasm.
foydalanganlarini  ko‘rishimiz  mumkin.  Bu  usulda  ishlash  shakl- 
ning  qanday  murakkab  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  uni  uch  o‘l- 
chamli qilib realistik tarzda tasvirlash imkonini beradi.
Ko‘zga ko‘ringan barcha narsalarni (kontur, chiziqlar, bo‘laklar, 
och va to‘q rangli dog‘lar va h.k.ni) mexanik tarzda ko‘chirib chizish
41


22-rasm.
d
23-rasm.
42


\ \
•v
asl  tasvirni  hosil  qil- 
maydi.  Shaklni tasvir- 
lay turib,  uning  kons- 
truksiyasini  his  etish 
kerak.  Jism konstruk- 
siyasiga asoslangan asl 
shaklni izlash, natura- 
dan  rasm  chizishning 
tahliliy  uslubini  egal- 
lash  uchun  poydevor 
b o ‘lib  xizmat  qiladi.
Rasmdagi ushbu kons- 
tmksiya oddiy tarx ko‘- 
rinishidan  murakkab 
ko‘rinishga o‘tib boradi.
Ish  awalida  chizilayotgan  rasmning  shaklini  to ‘liq  tushunish 
uchun,  o‘sha jismning turli tomonlarini yaxshilab o‘rganib chiqish 
tavsiya  etiladi.  Masalan,  insonni  old  tarafidan  chizilganda,  uni 
yon va  orqa tarafidan ham kuzatish  kerak.  Shaklni  turli tarafdan 
ko‘rib  chiqilganidan  so‘ng,  uni  madum  nuqtadagi  ko‘rinishini 
chizish lozim.  Har qanday jism, u qanchalik murakkab bo‘lmasin, 
qog‘oz yuzasiga joylashtiriladi. So‘ngra, belgilangan shakl to‘g‘riligiga 
ishonch  hosil  qilingach,  jism  nisbatlarini  oydinlashtirish  uchun 
dastlabki  chizgilar chiziladi.
Shakl va konstmksiyani yuzaga chiqarishda rasm cliizish texnik 
malakalarni  to ‘g‘ri  egallaganlik,  shtrix  xarakteri  va  yo‘nalishi, 
yomg‘-soya tuslari haqqoniy bajarganlik katta o‘rin tutadi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish