AMALIYOT DAVRI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Psixologik xizmatning maqsadi o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish;
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.
Amaliyotchi-talabalarning vazifalari
1. Amaliyotchi-talaba dasturda va pedagogik amaliyot nizomida ko‘rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. O‘quvchilarga tashkiliylik, intizomlilik, xushmomalalik va mehnatsevarlik namunalarini ko‘rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelishi kerak.
2. Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining topshiriqlariga amal qilishi va unga so‘zsiz bo‘ysunishi zarur. Amaliyotchi yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishigacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin.
3. Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishi qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakulьtet kengashining ruxsati bilan o‘quv darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan pedagogik amaliyot o‘tish belgilanadi.
4. Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor etib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv maslaxatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir. SHuning bilan bir qatorda amaliyotchilarga quyidagi aniq vazifalar qo‘yiladi: - o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish malakasini egallashi; - nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni o‘rganishi; - o‘quv-tarbiya ishlarini mustaqil olib borish mahoratini egallashi; - o‘quvchilarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash ishiga ijodiy yondosha olishi; - maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlaridagi ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirishi; - o‘zida ijodiy tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, pedagogik mahorat, o‘z kasbidan zavqlanish kabilarni mujassamlashtirishi; SHuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida maktabning ichki tartibqoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi: - sinf rahbarining ish mazmuni, o‘qituvchining mas’uliyati kabi vazifalar bilan tanishishi; - biriktirilgan sinfga kamida 10-15 ta o‘rganuvchi va shundan 3-5 ta sinov darsiga tayyorlanishi va o‘tkazishi; - tarbiyaviy ishlar bo‘yicha 3-5 ta tarbiyaviy tadbir, shundan kamida 1 ta sinov tadbiri bo‘lishi; - amaliyotchi-talabalarning o‘rganuvchi va sinov darslariga tahlilga kirishi hamda ular muhokamasida o‘z fikrlari bilan qatnashishi; - reja-konspekt tuzish, sinov darslari bayonnomalarini rasmiylashtirishni va sinfga, o‘quvchilarga tavsifnoma hamda hisobot yozishni uddalashi talab etiladi.
Pedagogik amaliyot bo‘yicha hisobot yozishning tartibi:
1. Kundalik asosida hisobot yoziladi. Hisobotda quyidagi tartibda ma’lumotlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq: - biriktirilgan uslubchi o‘qituvchilar rahbarligida pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan anjuman va unda olingan natijalar, - pedagogik amaliyot o‘tkazilgan maktab, tarixi va pedagogik-xodimlar, jamoat tashkilotlari va b.haqidagi ma’lumotlar, - amaliyotning birinchi haftasida olib borilgan ishlar, - shaxsiy ish reja, kalendar mavzuli reja, tarbiyaviy tadbir rejalarni tuzishni o‘rganishi va ularni bajarishda yordamlari tekkan o‘qituvchilar, - maktabning tajribali o‘qituvchilari darslariga kirib qilingan dars tahlillari va alohida taasurot qoldirgan fan o‘qituvchilari, - amaliyotchi-talabalar darslarining tahlili va ulardan olingan taasurotlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar, - dars tahlillaridan olingan natijalar va kelgusida belgilangan istiqbolli rejalar, - o‘tkazilgan namunali-sinov darslari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va o‘qituvchilar, - o‘tkazilgan namunali-sinov darslari bayonnomalari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va o‘qituvchilarning muhokamadagi xulosalari, - o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar soni, o‘tkazilgan suhbatlar, kechalar, sayoxatlar, madaniy yurishlar, olimlar, yozuvchilar va b. faollar bilan tashkil qilingan uchrashuvlar nomlari va o‘tkazilgan joylari, - o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar bayonnomalari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va sinf rahbarining muhokamadagi xulosalari, - o‘tkazilgan namunali-sinov darslari va tarbiyaviy tadbirlarda tayyorlangan kurgazmali qurollar, videorolik, albom va b. namunalar ilova qilinadi, - sinf o‘quvchilari ota-onalari bilan o‘tkazilgan hamkorlik ishlari, ularning natijalari va olingan taasurotlar, - bitiruv malakaviy ish mavzusi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va tajriba natijalari, olingan tashqi taqriz, - o‘quvchilarga va sinfga berilgan pedagogik va psixologik tavsifnoma va ulardan olingan taasurotlar, - amaliyotning o‘tishi jarayonida uchragan kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi, - dekanat va kafedralar tomonidan ko‘rsatilgan yordamlar, - maktab ma’muriyatining pedagogik amaliyotga yordami, - amaliyot xaqidagi yakuniy xulosa; - pedagogik amaliyotdagi kamchiliklarni tuzatish, takomillashtirish haqidagi taklif va mulohazalar bilan yakunlanadi. Hisobot maktab direktor, o‘rinbosari, fan o‘qituvchisi va sinf rahbari kamida uch-to‘rt kishi imzolab, maktab muhri bilan tasdiqlanadi va amaliyotchi talabaga jomoa tomonidan tavsifnoma beriladi.
1. Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga rejalar, tahlillar, o‘quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o‘tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o‘qituvchilarni ko‘rsatmalarini hamda psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha bajaradigan topshiriqlar bo‘yicha zarur bo‘lgan maьlumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar.
2. Amaliyot o‘tkazilgandan so‘ng talabalar amaliyot davomida yuritgan hujjatlar hisoboti bilan birga tayyorlangan albom, videorolik va boshqa ko‘rgazma qurollarini amaliyotning guruh rahbariga topshiriladi.
3. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda va fakulьtetning ilmiy-amaliy anjumanida yakunlanadi.
4. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga ball va baho qo‘yiladi; pedagogik amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya va uslubiyat bo‘yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo‘lsa baho qo‘yilmaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
Quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo‘lgan talablar kompleksini belgilaydi. Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llarni, qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o‘zgarib borishi natijasida pedagogika (Bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Pedagogik vazifalar: Ta’limiy: Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari va milliy pedagogikaning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni bilish. Tarbiyaviy: Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazish. Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni sog‘lom, etuk, har tomonlama kamolga etgan holda tarbiyalashda pedagogikaning o‘rni va roli ahamiyati kattaligini tushunish. Hozirgi kunda zamonaviy pedagog qanday talablarga javob berishi kerak? Buning uchun pedagogik mahoratga ega bo‘lishi: birinchidan, dars berish mahorati; ikkinchidan, tarbiyalash mahorati; uchinchidan, o‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi va to‘rtinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. Dars berish mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi: kasbiy layoqat va eruditsiya (bilimdonli); psixologik-pedagogik tayyorgarlik; ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o‘rgatish mahorati; o‘quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish; yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik, internetning global tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar; pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish; ilmiy –pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish; pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini bilish; fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati; 4 ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish; bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, “Ta’lim to‘g‘rsida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi vazifalarni hamda uzluksiz ta’lim tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilish. Tarbiyalash mahorati - o‘qitish va tarbiyalash jarayonining bog‘liqligi, uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga ega bo‘lishi. O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik bo‘lib, ushbu sifatlar o‘qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati - ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, ularning o‘zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda har bir o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishda oliy o‘quv yurtida to‘plagan bilim hamda uquvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun pedagogik amaliyot vaqtida o‘qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ochilib qoladi. SHunday qilib, pedagogik amaliyot o‘ziga xos imtixon hisoblanadi. SHuni nazrda tutish kerakki, amaliyotchi-talabaning yoshi u rahbarlik qilishga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundanoq to‘g‘ri yo‘l tanlash, ya’ni birinchidan o‘z qo‘l ostidagi o‘quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ikkinchidan, takabburona munosabatda bo‘lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, amaliyotchi o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lsa, ya’ni ularga hayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda o‘quvchilar bilan inoqlashib ketadi. O‘quvchilar amaliyotchini ham o‘quvchi ekanligini yaxshi bilishadi va unga har tomonlama yordam berishga harakat qilishadi. Bu davrda amaliyotchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi, u o‘quvchilarga namuna bo‘lishi kerak, amaliyotchi oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan amaliyotchi o‘quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. Amaliyotchi-talabaning sinfda bo‘ladigan barcha tadbirlarda qatnashishi, uning o‘quvchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish garovidir. Amaliyotchi-talaba o‘qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot davomida ko‘radi, ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini o‘rganadi, zarur kasbiy sifatlarni o‘zida shakllantiradi. Eng muhimi, bu davrda o‘quvchilar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli ekanligiga, kasbni to‘g‘ri tanlaganligiga ishonch hosil qiladi.
Ta’lim - tarbiya jarayonini har tomonlama zamonaviy talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni yuqori asosda tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. Shu boisdan ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni boshqarishning nazariy asoslari va uning mexanizmlarini shakllantirishda “Kurs ishi mavzulari va uni bajarish bo’yicha” uslubiy ko’rsatmasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xamda davlat ta’lim standartlari bo’yicha bakalavr darajasidagi malakali iqtisodchi-pedagog mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri-bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish xisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustaxkamlash bilan bir qatorda pedagogik maxorat asoslarini, ta’lim munosabatlarini, ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni, pedagogik ta’lim-tarbiya masalalarni, jamiyatdagi ta’lim jarayoni isloxotlarni, ta’lim-tarbiya jarayonlarida iqtisodiy fanlarga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish asoslarini hamda pedagogik maxoratning nazariy asoslari to’g’risida xulosalar chiqarish, pedagogik maxoratni shakllantirishning joriy muammolarini mo’ljalga olish uchun zarur bo’lgan ma’lumot (axborot)lar to’plash va ulardan foydalanish, ilmiy faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpedagogik ixtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Maktab o’qituvchisi yuritishi kerak bo’lgan asosiy xujjatlar:
1. Sinf jurnali (faqat faningizga doir qismni keraklicha yuritishga mas’ulsiz);
2. Ish reja (bir yillik dars soatlaringiz, mavzular, uyga vazifalar va darslarning o’tkazilish vaqtlari yoziladi);
3. Dars konspekti (sana, o’tiladigan dars haqida axborot va darsning borishi mukammal yozilishi kerak);
4. Dars tahlili daftari (boshqa o’qituvchilarning darslarida kuzatuvchi sifatida qatnashib ularning darsda qo’llagan metodikasini kuzatasiz va o’zingizga kerakli bo’lgan jihatlarini olasiz).
Bulardan tashqari o’qituvchida “O’z ustida ishlash yig’ma jildi” (unda yangi metodik yangiliklar, Siz foydalanadigan ilg’or texnologiyalar yig’indisi, umuman o’qituvchining mukammal dars o’tishida kerak bo’ladigan boshqa ma’lumotlar jamlangan bo’lishi kerak), “To’garak daftari” (darsdan tashqari o’quvchilar bilan qo’shimcha shug’ullanish daftari – unda to’garak jadvali, jurnali va konspektlari jamlanadi) hamda boshqa bir qator ikkinchi darajali xujjatlar bo’lishi kerak.
Maktabda o’qituvchi sifatida ishlashni boshlagan ekansiz, quyidagilarga rioya qiling:
darsga har doim konspekt bilan kiring, uni darsdan bir kun oldin yozib qo’ying;
o’quvchilar oldida o’zingizni yo’qotib qo’ymang, behuda gap gapirmang, juda jiddiy yoki juda quvnoq bo’lmang;
o’quvchilarga qo’l ko’tarmang, hech qanday jismoniy jazo belgilamang, o’quvchi sha’niga yomon gap aytmang;
dars boshlanishida jurnalga mavzuni yozib, dars oxirida o’quvchilarni baholang;
baho – bu rag’bat. Unutmang!
imkon qadar dars vaqti o’tirmang, tik turgan holda xonada yurib dars o’tishga odatlaning;
tarbiyasi og’ir o’quvchilarga boshqalarga nisbatan yaxshiroq gapirishga harakat qiling – ular o’tish davrida bo’lishi va Sizning har qanday yomon gapingiz ularga juda og’ir botishi mumkin;
darslarga kechikmay keling;
yosh bolalarga dars o’tayotganingizda ularning yoshiga xos muomala qilishni unutmang;
kompyuterdan foydalanishni bilsangiz, dars konspektlarini kompyuterda yozing;
bugungi ishni ertaga qoldirmang – hech qachon xujjatlarni yozishni orqaga surmang;
dars jarayonida faningizga oid yangi ma’lumotlarni o’quvchilarga aytib o’tishga harakat qiling. Yangiliklarni esa internetdan yoki televideniyada ko’rganlaringizdan olishingiz mumkin;
boshqarmaga nisbatan xurmat bilan muomalada bo’ling. Bilaman, boshida ularni tushunishingiz qiyin bo’ladi, ammo faoliyatingiz davomida hammasi o’z iziga tushib ketadi;
maktab ichki qoidalariga rioya qilishni boshlashdan avval o’zingizni xurmat qilishni o’rganing;
har doim izlanishda bo’ling, Siz tengi o’qituvchilardan bilim jihatidan bir qadam oldinda bo’ling;
o’tadigan faningizdan qat’iy nazar kompyuterda ishlashni, klaviaturaga qaramay matn yozishni, printerdan chop etishni va internetdan foydalanishni o’rganing;
chet tillarini o’rganing. Imkoningiz boricha bir nechta tilni o’rganing. Rus, tojik yoki boshqa tillar Vatanimizda gapirilganli sababli ular xorijiy til hisoblanmaydi. Ingliz, Nemis, Ispan yoki boshqa yevropa tillarini o’rganing;
qotib qolmang – o’qituvchilik faqat birinchi bosqich ekanligini unutmang – Siz hali buyuk ishlar qilishingiz kerak!
faningizga oid kitob yozishga harakat qiling – hech bo’lmaganda kichik qo’llanma chiqarishga urinib ko’ring. Faningiz yoki biror mavzuga oid TV ko’rsatuv, radio eshittirish, sayt yoki biror saytda maqola chiqarishingiz o’zingiz uchun juda yaxshi bo’ladi;
darsga xiyonat qilmang!!! Bizning ustozlarimiz o’z darslariga, shu qatorda bizga ham xiyonat qilishmaganligi sababli biz hozir shunday ulug’ darajada ekanligimizni unutmang. Kelajak avlod bizdan ham ulug’ bo’lsin. Darsning bir daqiqasiga ham xiyonat qilmang – oylik maoshingizni halol qilib oling;
sinf rahbarining ruxsatisiz hech bir o’quvchining ketishiga ruxsat berib yubormang;
tanlovlarda qatnashing va o’qituvchilik malakangizni oshiring;
o’qituvchilikda vaqtincha ishlayotgan bo’lsangiz ham, kasbingizga abadiy sodiq qoladigandek yondoshing;
har bir soatlik darsni muqaddas biling!
Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida muhokama etilib, qabul qilingan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’limtarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor bo‘lgan qonunlar - «Ta’lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni izchil amalga oshirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllantirildi. Uning asosiy tarkibiy kismlari kuyidagnlardan iboratdir:
Shaxs;
Davlat va jamiyat;
Uzluksiz ta’lim;
Fan;
Ishlab chiqarish.
Mazkur milliy modelning asosiy elementlaridan biri bo‘lgan uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbordosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘kkiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu yangi o‘quv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bir tomondan o‘qituvchi maxoratiga boshliq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv yurtini zamonaviy texnika bilan ta’minlanganligiga bog`lik. Kasb-hunar kolleji muxandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yo`qsak mehnat intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch xis tuyg`ularini tarbiyalash vazifasini quyadi. Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyadan foydalana oladigan oqori malakali ishchilarni etishtirish demakdir.
Mazkur vazifani muvoffaqiyatli xal qilishda muxandis- pedagoglarning fan va texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, o‘quv jarayonida ilg`or pedagogik va ishlab chiqarish ta’limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta ahamiyatga ega. Oqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni xal qilishda ―Kasb-ta`limi metodikasi‖ fani katta ahamiyat kasb etadi.
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
maktabdan tashqari ta’limga bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;
o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yo‘naltirishning samarali uslublarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda o‘qitish va tarbiyalashni joriy qilish;
umumta’lim muassasalarida chet tilini o‘qitishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Do'stlaringiz bilan baham: |