5. Yangi qabul qilingan guruhlarga tayinlangan guruh rahbarlarining vazifalari
5.1. Yangi qabul qilingan guruhlarga tayinlangan guruh rahbarining asosiy vazifasi shundan iboratki, o’qishga yangi qabul qilingan o’quvchilarni guruhdagi ahilligini yo’lga qo’yib, guruh faollarini to’g’ri tayinlashdir.
Yangi qabul qilingan guruhlarga tayinlangan guruh rahbarining majburiyatlari, qabul komissiyasining yangi qabul qilinganlarni o’quvchilar safiga o’tkazish marosimida qatnashish, o’quvchilarning shaxsiy xujjatlar jildi bilan tanishish, ularni o’quvchilarning vazifa va majburiyatlari bilan tanishtirish, belgilangan kunda nazorat yig’ilishini o’tkazish.
5.1.1. Yotoqxonaga muhtoj o’quvchilarga yotoqxona va xususiy xonadonlarda ijarada turishlariga yordamlashadi. O’qish boshlangunga qadar suxbat o’tkazib ota-onalari bilan tanishib, yotoqxonaga joylashish masalasini va boshqa maishiy ehtiyoj kamchiliklarni hal etadi.
5.1.2. O’quvchilarni o’quv muassasasidagi o’qitishning usullari va uslublari, o’quvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, nazorat usullari hamda o’quv muassasasida mavjud ichki tartib qoidalar bilan tanishtiradi.
5,1,3, Ota-onalar bilan yaqin aloqa o’rnatib, o’quv yili boshida yaqin atrofda yashaydigan o’quvchilarning uylariga tashrif buyurib, ota-onalar bilan tanishadi (sentyabr-oktyabr). O’quv muassasida guruhning tarbiyaviy ishlarida ota-onalarning ishtirokini faollashtirib, ota-onalar qo’mitasini saylaydi hamda o’quv yili davomida kamida 4 marta ota-onalar majlisini o’tkazadi.
5.1.4. Darslarni yaxshi o’zlashtirmayotgan o’quvchilarni aniqlab, ular tomonidan qo’shimcha dars va konsultatsiyalarga qatnashishlarini tashkil qilib, ularni nazorat qiladi. O’quvchilarga kun tartibini ishlab chiqishlariga yordam beradi. O’quvchilarni o’z ustida ishlarini uzluksiz nazorat qilib boradi. Kutubxonaga a`zo bo’lish, kitob olish va topshirish, tanlagan mutaxassisliklariga qiziqishlarini rivojlantirish uchun kitoblar olib o’qish, ma`ruzalar, suhbatlar, ekskursiyalar, uchrashuvlarni tashkil etadi.
5.1.5. Umumxalq va o’quv yurti umumiy mulkini o’quv yili davomida avylab-asrash to’g’risida suhbatlar uyushtiradi.
5.1.6. Tanlagan yo’nalishi bo’yicha ilmiy ishlashini yaxshilash, mehr uyg’otish, fikrlarini o’zgarish ehtimolining oldini olish maqsadida o’quv yili boshlangandan 1,5-2 oy o’tgandan keyin o’quvchilar orasida o’zi tanlagan yo’nalishining to’g’iriligi yuzasidan anketa so’rovlari o’tkazadi.
5.1.7. Uzoqdan kelgan o’quvchilarning tegishli maxkamalardan qayddan o’tgan- o’tmaganligini, barcha xujjatlarni (tug’ilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy xizmatga aloqadorlgi to’g’risida xujjat) to’g’ri rasmiylashtirilganligini guruh rahbari shaxsan nazorat qiladi.
5.2. Guruhning yo’nalishi bo’yicha o’quv rejasini o’rganib chiqib, o’quvchilarni o’quv rejaning mazmuni bilan habardor qiladi. O’kuvchilarni o’quv muassasasi an`analari, mashg’ulotlar jadvali, o’kuv kabinentlari, labaratoriyalar va ularning tartib raqamlari bilan tinishtiradi.
Gurux rahbarining guruh bilan boshqa masalalar bo’yicha muommolari o’z joyida bartaraf qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |