O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
HUDUDIY BOSHQARMASI
TOSHLOQ TUMAN 2-SON
KASB-HUNAR MAKTABI
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА МУВОФИҚЛАШТИРИШ ҲУДУДИЙ БОШҚАРМАСИ
ТОШЛОҚ ТУМАН 2-СОН
КАСБ-ҲУНАР МАКТАБИ
Toshloq tumani Varzak qishlog’i Ko’prikboshi maxallasi 13 uy
h/r: 23430000900218673002
Toshloq “Agrobank”
MFO: 00026 INN: 201133019 ОKONX: 92200
sh.h.r: 100021860304017092600028002
Тошлоқ тумани Варзак қишлоғи Кўприкбоши махалласи 13 уй
х/р 23430000900218673002
Тошлоқ “Агробанк”
МФО: 00026 ИНН: 201133019 ОКОНХ: 92200
ш.х.р: 100021860304017092600028002
«_______» _____________2021 Varzak qishlog’i № ________
Kasb-xunar maktabining Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tarkibini tasdiqlash to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4307-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4307-sonli qarori asos va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Toshloq tuman 2-son kasb-xunar maktabi xuzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 1-ilovaga, Kengashning 2021 yilga mo’ljallangan ish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshloq tuman 2-son kasb-xunar maktabi xuzuridagi Ma’anviyat va ma’rifat kengashi a’zolariga:
- Milliy ma’naviyatni yuksaltirish, xalqning turmush tarzida mentalitetiga yot bo’lgan zararli g’oyalarini oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
- Kasb-xunar maktabida ijtimoiy-ma’naviy muxitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparstlik va missonerlikni oldini olish, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya, millatlararo totuvlik yo’nalishidagi tadbirlarni o’tkazib borish;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4307-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida kasb-xunar maktabida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish;
- Kasb-xunar maktabidagi voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, o’z joniga qasd va suiqasd xamda erta turmushga chiqishni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy ishlarni kuchaytirilishini ta’minlash;
- O’qituvchi va o’quvchilarni diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik va ommaviy madaniyatning past saviyali g’oyalari ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning axvolini doimiy nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
4. Toshloq tuman 2-son kasb-xunar maktabi Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor muovini R.Talipovaga ushbu buyruqni mazmun-moxiyatini o’qituvchi xamda o’quvchilarga yetkazish vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu buyruq ijro nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |