143
agar hujum baribir amalga oshgan bo‘lsa, buzuvchi oqibatlarni bartaraf etish. Himoya
qilishni amalga oshirishni uchta usuli mavjuddir:
himoya qilishning dasturli usullari;
himoya qilishning apparatli usullari;
himoya qilishning tashkiliy usullari.
Muhim ma’lumotlarni himoya qilish masalasida ko‘pincha maishiy yondashish ishlatiladi:
“kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq”.
Ma’lumotlar bilan ishonchli va xavfsiz ishlashga
faqat shundagina erishiladiki, agar istalgan
kutilmagan hodisa, shu jumladan kompyuterni to‘liq fizik ishdan chiqarish ham, xaloqatli
oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
2. Viruslarni payqash va ulardan himoyalanuvchi dasturlar.
Kompyuter viruslarini payqash, o‘chirish va ulardan himoya qilish uchun maxsus
dasturlarning bir nechta turlari ishlab chiqilgan, ular viruslarni payqash va yo‘qotish imkonini
beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar deb ataladi. Virusga qarshi dasturlarning
quyidagi turlari mavjud:
1) detektorlar dasturi;
2)
doktorlar dasturi yoki faglar;
3) taftishchilar dasturi;
4) filtrlar dasturi;
5) vaksinalar dasturi yoki immunizatorlar.
Detektorlar dasturi ma’lum bir virus uchun tavsifli bo‘lgan baytlar ketma-ketligini (virus
signaturalari) tezkor xotirada va fayllarda qidirishni amalga oshiriladi, va virusni payqaganda
mos xabarni beradi.
Doktorlar dasturi yoki faglar, hamda vaksinalar dasturi nafaqatgina
viruslar bilan zararlangan fayllarni topmasdan, balki ularni “davolaydi” ham, ya’ni fayldan
virus-dastur tanasini o‘chiradilar, fayllarni boshlang‘ich holatga qaytaradilar. Taftishchilar
dasturi viruslardan himoya qilishning eng ishonchli usullariga tegishlidir. Taftishchilar,
kompyuter virus bilan zararlanmaganda, kataloglarning dasturlarini va diskning tizimli
sohalarini boshlang‘ich qiymatini eslab qoladilar, keyin esa davriy ravishda yoki
foydalanuvchining xoxishi bo‘yicha joriy holatni boshlang‘ich holat bilan taqqoslaydi.
Taftishchilar dasturi yetarlicha
rivojlangan algoritmlarga ega, stels-viruslarni payqaydilar, va
hattoki tekshirilayotgan dasturdagi versiyalarini o‘zgarishlarini virus tomonidan kiritilgan
o‘zgarishlardan farqini payqaydilar.
3. Virusga qarshi himoya qilish vositalari
Axborotni himoya qilishning asosiy vositasi eng muhim ma’lumotlarni zaxirali nusxalash
hisoblanadi. Ma’lumotlarni zaxiralashda yana shuni inobatga olish kerakki, barcha ro‘yxatdan
o‘tgan va parolli ma’lumotlarni, Internetning tarmoqli xizmatlariga murojaat qilish uchun,
alohida saqlash kerak. Ularni kompyuterda saqlamaslik kerak. Odatdagi saqlash joyi - bo‘lim
raxbarining seyfidagi xizmat kundaligidir. Axborotni zaxirali nusxalash bo‘yicha tadbirlar
144
rejasini tuzib olib zaxirali nusxalar kompyuterda alohida saqlanish kerakligini inobatga olish
kerak. Ya’ni masalan, o‘sha kompyuterning alohida qattiq diskida
axborotni zaxiralash faqatgina xavfsizlik illyuziyasini yaratadi. Virusga
qarshi himoya
qilishning yetarlicha ko‘p dastur vositalari mavjuddir.
Virusdan himoya qilish uchun ishlatish mumkin:
• axborotni himoya qilishning umumiy vositalari, ular magnit disklarini fizik buzishdan
kafolatlash, kabi, noto‘g‘ri ishlaydigan dasturlar yoki foydalanuvchilarning noto‘g‘ri
harakatlari kabi foydalidir;
• virus bilan zararlanish ehtimolini kamaytirish imkonini beradigan profilaktik choralar;
• viruslardan himoya qilish uchun maxsus dasturlar.
4. Zamonaviy amaliy viruslarga himoyalanish uchun zarur bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar.
Kompyuterni kompyuter viruslari bilan zararlanishini oldini olish va disklarda axborotlarni
ishonchli saqlashni ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: - kompyuterni
zamonaviy virusga qarshi dasturlar, masalan ESET NOD 32 Antivirus yoki Kasperskiy, bilan
ta’minlang va ularning versiyalarini doimo yangilab boring; - boshqa kompyuterlarda yozilgan
axborotlarni disketadan o‘qishdan oldin o‘zingizni kompyuterdagi virusga qarshi dastNurni
ishga tushirib bu disketalarni virus borligiga doimo tekshiring; - o‘zingizni kompyuteringizga
arxivlangan ko‘rinishdagi fayllarni ko‘-chirib o‘tishda, tekshirish sohasini hozirgina yozilgan
fayllar
bilan cheklagan holda, ularni qayta arxivlangandan keyin tezda qattiq diskda
tekshiring; - oldindan OT ni yozishdan himoya qilingan tizimli disketadan yuklab, fayllarni,
xotiralarni va tizimli sohalarni yozishdan himoya qilingan disketadan virusga qarshi
dasturlarni ishga tushirib kompyuterning qattiq disklarini viruslar borligiga davriy ravishda
tekshirib boring; - boshqa kompyuterda ishlaganda o‘zingizni disketani, agar ularga axborotni
yozish amalga oshirilmasa, yozishdan har doim himoya qiling;
Mavzu: Elektron raqamli imzo tushunchasi (ERI)..
145
Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz,
ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish uchun har bir kishiga
elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi
qonunchilik talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining
interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida
ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza,
murojaat, taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli
hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lishingiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: