Kasb-hunar maktabi «mutaxassislikka kirish»


WiFi (vayfay deb o'qiladi) dastlab « Wireless Fidelity



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/75
Sana28.06.2022
Hajmi3,36 Mb.
#716830
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
Mutahasislikga kirish to\'plam (Автосохраненный)

WiFi
(vayfay deb o'qiladi) dastlab «
Wireless Fidelity
» ya'ni, «
simsiz aniqlik
» deb yuritilgan, 
hozirda bu termin o'rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin 
kunlarda ommalashgan bo'lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz 
aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, 
IEE802.11
standarti asosida ishlaydi. Shu standartga 
to'g'ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi. 
Simsiz aloqa texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu 
tashuvchi 
chastota
deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. 
Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi 


139 
signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali 
uzatiladigan signallar, o'rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi. 
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular 
o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning 
dastlabki kamchiligi paydo bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham 
ishlaydi(bluetooth), demak bir-biriga biroz halaqit berishi mumkin. 
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar 
soni yetarlicha, misol uchun 
TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL
… . 
Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo'ladi, bu qabul qilgich 
zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo'ladi, yoki bo'lmasa, 
alohida jihoz sifatida ham bo'ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma 
bo'lmaydi, ya'ni Wi-Fi router orqali jo'natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni 
yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 
standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi. 
Umumiy oladigan bo'lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha 
qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin. 


140 
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo'lgandan so'ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal 
tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba'zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq 
qurib, o'yinlar ham o'ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir 
texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan 
biri internetga chiqish. 
IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular: 
IEE802.11a; 
IEE802.11b; 
IEE802.11g; 
IEE802.11n. 
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha 
tezlik katta bo'lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma. 
Ko'p kafe, restoran, katta binolar, do'konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini 
ko'rishingiz mumkin. 


141 
Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya'ni qabul 
qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo'lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi 
routerga ulanish parollangan bo'lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi 
qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulana olmaydi(agar parolni bilmasangiz). 
Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu 
texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o'tishga harakat qilaman. 
Mavzu: Axborot xavfsizligi 
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari 
xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib 
qo‘shildi. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: 
Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida 
axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini 
yuritish; 
Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil 
qilish va bunda ishtirok etish; 
Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini 
ta’minlash; 
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish 
va amalga oshirishga ko‘maklashish; 


142 
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring 
natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan 
tartibda taqdim etish
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, 
davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun 
buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning 
faoliyatini muvofiqlashtirish; 
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot 
xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek 
axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish; 
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud 
buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda 
huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish; 
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha 
o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish