Fizikaning xozzirgi zamon talimidagi o’rni
FIZIKAVIY HODISALARNI INTEGRTSAION TUSHUNCHALAR ASOSIDA O’RGANISH
Hozirgi kunda ta’lim sohasini islox qilish yo`nalishlaridan biri fanlarini integrallab o`qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Bu sohadagi muhim yo`nalishlardan biri - fizikaviy qonunlarning umumiyligini namoyish qilish va ularning tabiat qonunlari uchun to`g’riligini namoyish qilishda fanlararo bog’liqlikka yangicha yondoshishdan iborat. Bunda asosiy e’tibor tabiatning tuzulishi va xossalariga nisbatan dunyoqarashimizni chuqurlashtiradigan va kengaytiradigan fizik qonunlarga qaratiladi. Bundan tashqari tabiatdagi fizikaviy hodisalarni o’rganish o’quvchilarning fizikadan olgan bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. Masalan, mexanika qonunlarini, tebranishlar va to’lqin hodisalarni o’rganish uchun matematika kursidan trigonometrik funksiyalarga murojaat qilamiz, elektroliz hodisasini o’rganishda yoki, atom va yadro fizikasini o’rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarimizdan foydalanamiz, issiqlik va elektr haqidagi ta’limotlarni XIX asrdagi sanoat tarixi haqidagi olgan ma’lumotlar asosida takomillashtiramiz, atmosfera, konvensiya, Yer magnetizm hodisalarini o’rganishda esa geografiyadan olgan bilimlardan foydalanamiz. Ta’limda bu jarayon fanlararo integratsiya tizimini tashkil etadi. Fizika kursini boshqa o’quv fanlari bilan integratsiyasini amalga oshirish quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi: Fizikaning fanlararo integratsiyani amalga oshirish ikkita moslashtirish orqali amalga oshiriladi: vaqt bo’yicha va tushunchalar bo’yicha. Vaqt bo’yicha moslashtirish deganda, biror tushuncha, aytaylik vektor tushunchasi matematikada o’rganib bo’lingach fizikada vektor kattaliklar va ular ustidagi amallar bajariladi. Ttrigonometrik funksiyalar ham matematikada o’rganilgach undan fizikadan masalalar yechishda foydalanish mumkin. Teleskoplarning tuzilishi hamda ishlash prinsipi fizika fanida o’rganiladi va ulardan esa astronomiya fanini o’zastirishda qo’l keladi. Tushunchalar bo’yicha moslashtirish – tabiiy hodisa, jarayon va tushunchalar ikki yoki undan ortiq fanlarda ham mavjud bo’ladi. Masalan, elektr tushunchasi kimyo, biologiya, geografiya kabi fanlarda ham uchraydi. Ma’lumki, elektr baliqlar odamzodga qadim zamonlardan buyon tanish. Aristotel o’z shogirdlariga O’rta Yer dengizida suzib yuradigan elektrskat (katta yirtqich dengiz balig’ining bir turi) “... o’zi tutib olmoqchi bo’lgan hayvonlarni o’zida mavjud kuchining zarbi bilan urib, ularni bir joyda qotib turib qolishga majbur etadi.”, deb hikoya qilib bergan.
Qadimgi Misr ibodatxonalarining ustunlarida va bazalt devorlarida tasvirlangan son-sanoqsiz bislar (qushlar), ho’kizlar, harbiylarning rasmlari orasida ahyon-ahyonda muqaddas baliqlar tasviri ham uchrab turadi. Unga diqqat bilan qaragan kishi, bu Nil daryosida uchraydigan elektr laqqa balig’i - yevropa laqqa balig’ining yaqin turi ekanligi bugungi kunda aniqlangan. Aftidan, qadimgi misrliklar bu baliqni ushlamoqchi bo’lganlarida kuchli elektr zarb hosil bo’lgani uchun ham uni muqaddas deb hisoblaganlar. Aytishlaricha, qadimgi rim tabiblaridan biri Skriboniy rim oqsuyaklarining bod kasalini elektr ilonbaliqlarining “sog’aytiruvchi” zarbi yordamida muvaffaqiyat bilan davolagan ekan. Bu zarblarnnng tabiatini Aleksandro Voltadan oldinroq hech kim anglab yetmagan edi. U elektrskatda hosil bo’ladigan zarbni o’zi yaratgan batareya - volta ustunlari zarbi bilan taqqoslab ko’rdi. Biroq ilmiy tadqiqot ishlar faqat bizning zamonamizdagina, ya’ni baliqlar impulsini yozib oluvchi apparatlar yaratilgandan keyingina amalga oshirila boshlandi. Tadqiqotlar elektr baliqlarning ma’lum bo’lgan 300 turi orasidan faqat ma’lum sondagi baliqlargina kuchli impulslar hosil qilishini ko’rsatadi. Masalan, ikki metr keladigan elektrskat tok kuchi 50A bo’lganda 50-60V li kuchlanish hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu kuchlanish skatning o’zidan sal kichikroq bo’lgan baliqni falaj qilish uchun yetarlidir. Amazonkada va Janubiy Amerikadagi ba’zi bir daryolarda yashovchi ilonbaliqlar 500V li impuls - kuchlanish hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa inson hayoti uchun xavflidir.Baliqlarning elektr organi nimadan iborat? Baliqlarning elektr organi elektr plastinkalar deb ataluvchi maxsus muskul to’qimalaridan iborat bo’lib, ularning tuzilishiga ko’ra elektrobatareyalarga juda o’xshaydi. Bunday organ elektrskat tanasining choragini, laqqabaliqning katta qismini tashkil qiladi. Elektr organlari kichik bo’lgan va ular butun tana bo’ylab tarqalib ketgan elektr baliqlar ham mavjud. Bu baliqlar hosil qiladigan razryadlar kuchsiz, ya’ni bir necha volt bo’lib, ular uzluksiz hosil bo’lib turadi. Demak, fizikani o’qitish jarayonida asosiy elektr kattaliklarni o’quvchilarga o’rgatishda yuqoridagi biofizik tushunchalarni atrofimizdagi olamdan ya’ni, tabiatning o’zidan olgan holda hamda fanlararo bog’lanishlardan foydalanish orqali amalga oshirilsa o’quvchilarning dunyoqarashini shakllanishiga, o’rgangan bilimlarini kuzatish imkoniyatiga va tahlil qilish ko’nikmalarini shakllanishga olib keladi.
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MOLEKULYAR FIZIKA BO’LIMINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O’QITISH METODIKASINING O’RNI
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko’rsatkichlari bo’yich jahon andozalari darajasiga ko’tarish zamonaviy pedagogik va axborot texnolagiyalarni yurtimizda keng joriy etish metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyasining asosini tashkil qilgan kompyuterlar hozirgi kunda jamiyatning barcha soxalarida muxim o’rin egallab bo’lgani hech kimga sir emas. Ayniqsa ilm-fan va texnikaning rivojlanishida axborotlarni to’plash qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni butunlay boshqacha ko’rinishda amalgam oshirish mumkinligini ko’rsatadi. Bunda asosiy o’rinni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ishni bunday tashkil etish axborotlar almashinuvni tezlatishdan tashqari kerekli axborotni izlash qayta ishash va foydalanishni osonlashtiradi. Ma’lumki o’qitishning noan’anaviy interfaol uslublari butun dunyoda keng ommalashmoqda. Keyingi 50 yil ichida kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari ham o’zing yuqori darajasiga o’sib yetmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning axborot texnologiyasidan samarali qo’llash kompyuterning imkoniyatiga moslab tuzilgan o’quv-metodik materiallarning sifatiga bog’liq. Zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim tarbiya jarayonida quyidagi shakllarida foydalanish mumkin: -muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter dasturlari: -ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda ayniqsa fizika fanining molekulyar fizika sohasi darsliklarida to’liq yoritib berish qiyin bo’lani uchun o’quvchilar (talabalar) ga sohani tushunish qiyinchiliklar tug’diradi. Molekulyar fiizka mavzularni “kompyuterda modellashtirish” mashg’uloti va “Virtual laboratoriya” ishlari bilan to’ldirilsa fizika darslarida samaradorlik oshadi. Molekulyar fizikaga tegishli laboratoriyalarni kompyuter texnologiyasidan foydalanib online rejimda bajarishlari o’quvchilar (talabalar)ga mavzuni kengroq tushunishiga imkon yaratadi. So’ngi yillarida fizika bo’yicha yozilgan o’quv kitoblarning elektron variantlari tayyorlanmoqda Zamonaviy texnologiyalar fizik jarayonlarni o’quvchilarga (talabalarga) modellashtirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy texnologiyalar fizika darslarida qo’llanilsa o’quvchilar (talabalar) ni izlanuvchanlikka ijodiy fikr yuritishga ish natijalarini tahlil qilishga talabalarni bilim olishini faollashtiradi, o’qitishning mazmunini differentsiallashtiradi va bilim olishini individuallashtiradi, talabalarning bilimlarini modellashga va mustaqillikga o’rgatadi, turli o’quv vositalaridan kompleks foydalanishga ko’niktiradi, kompyuter yordamida o’z bilimini tekshirishga, yo’l qo’ygan xatolarni aniqlashga va ularni tuzatishga o’rgatadi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkillashtirilsa o’quvchilar (talabalar) fanga qiziqish bilan yondashadilar.
FIZIKA O’QITISHDA ZAMONAVIY O’ZBEK MILLIY MODELI “DASTPANJA” USULIDAN FOYDALANISH
Fizika o’qitishda ta’lim sifatini oshirish uchun ma’ruza, laboratoriya va amaliy dars jarayonlariga pedagogik texnologiyani qo’llash muhimdir. Pedagogik texnologiyani qo’llash orqali talabalarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va ularda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.Buning uchun o’qituvchi tomonidan har bir darsga kreativ(ijodiy) yondashish talab etiladi. Bunda o’qituvchi talabalarni ijodiy faolligini oshirish uchun dars jarayonlariga mavzuga mos keladigan pedagogik texnologiyalarni qo’llash talab etiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash bo’yicha respublikamizning ko’zga ko’ringan olimlari tomonidan rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy asosda qiyosiy tahlil qilib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O’zbekistonning milliy pedagogik texnologiyasini yaratishga harakat qilinmoqda va bu sohada ko’zga ko’rinarli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarimizning bugungi kundagi asosiy vazifasi bu texnologiyani chuqur o’rganib, o’zining kundalik pedagogik amaliyotida qo’llashdir. O’quv mashg’ulotlarini pedagogik texnologiya yordamida amalga oshirishda ularda ishtirok etadigan elementlarni o’zaro funksional bog’liqlikda ekanligini ko’rsatuvchi ramziy ko’rinishni ,,dastpanja’’ deb atadik.(1-rasm) Ko’rib turganingizdek, «dastpanja»ning butunlik holati muayyan bir fanning bitta o’quv mashg’uloti, ya’ni bitta darsni, PT tili bilan aytganda, bitta o’rta modulini ifoda etgan. Uning birinchi raqamli elementida, ya’ni «dastpanja»ning kaftida, shu mashg’ulotda beriladigan materiallarni, hajmi va mazmuniga qarab, kichik modullarga ajratib, ularning maqsadlari va ularga ajratilgan vaqt aniqlab olinishi ko’rsatilgan. Ikkinchi raqamli elementi orqali,ya’ni «dastpanja»ning «boshmaldog’i»da, har bir kichik modulda beriladigan bilimlar tizimi ichidan tayanch tushunchalar ajratib olinib, shu tushunchalar asosida nazorat savollari va bu savollar asosida test yoki boshqa nazorat shakllari tuzilishi lozimligi ko’rinib turibdi. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli. Uchunchi raqamli elementidan,har bir kichik modulida qo’llaniladigan dars turi va tipining belgilanishi ko’rinib turibdi. To’rtinchi elementi, «dastpanja»ning «o’rta terak» barmog’ida, har bir kichik modulida qo’llaniladigan pedagogik uslublar ko’rsatiladi. Beshinchi raqamli elementi, «kichik terak»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan axborot texnologiyalari ifoda etiladi. Oltinchi raqamli elementi, «dastpanja»ning «jimjilog’i»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan didaktik materiallarning turi va joylari ko’rsatilishi ifodalangan.«Dastpanja»ning yettinchi raqamli elementi, ya’ni «bilagi»da, pedagogik texnologiyaning boshqa beshta elementida rejalashtirilgan harakatlar «kaft», ya’ni maqsadlar orqali birikib,ularda ko’rsatilgan narsalarni,
Ya’ni muayyan o’quv mashg’ulotida beriladigan materiallarni, qaysi kichik modullarda, qaysi tayanch tushunchalarni qanday dars turi va tipi yordamida, qanday uslublar qo’llab turib, qaysi axborot texnologiyalar va didaktik materiallardan qanday qilib foydalanish yo’llari yozilgan dars ssenariysi ifodalangan bo’ladi.Bunda,o’quv jarayonida ishtirok etadigan barcha kuch va vositalar o’zaro sintezlashib bir butunlikni, ya’ni dars degan majmuni tashkil qiladi. Fizika o`qitishga ham ushbu usulni qo`llash mumkin.Masalan elektrodinamika asoslari bo’limidan «Elektrolitlarda elektr toki. Elektrolitik dissotsiatsiya Elektroliz» mavzusini oqitishda: 1. DTS, o’quv rejava fan dasturi hamda integralashgan ta’lim texnologiyalari,Integralashgan kursni tashkillashtirish va amalga oshirish yo’llari. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli usuli. 2. Elektrolitlarda elektr toki, elektrolitik dissotsiatsiya, dissotsiatsiyalanish darajasi, kation va anionlar, elektr tokining zichligi, elektrolitning solishtirma qarshiligi, elektroliz, Faradeyning 1- qonuni, 1-qonunining fizik ma’nosi, Faradeyning 2-qonuni, elektr okimyoviy ekvivalent. 1. Elektrolitlar deb nimaga aytiladi? 2. Elektrolitik dissotsiatsiya deb nimaga aytiladi? 3. Dissotsiatsiyalanish darajasi deb nimaga aytiladi? 4. Kationlar va anionlar nimalar? 5. Elektr tokining zichligi nima? 6. Elektrolitning solishtirma qarshiligi temperaturaga bog’liqmi? 7. Elektroliz deb qanday jarayonga aytiladi ? 8. Faradeyning 1-qonuni nima? 9. 1-qonunining fizik ma’nosi. 10. Faradeyning 2-qonuni. 11.Elektrokimyoviy ekvivalent nimani ko’rsatadi? 3.Integrallashgan ta’lim texnologiyalari, modulli ta’lim, qiyosiy tahlil, guruhiy, yakka tartibda, juftlikda 4. Og’zaki bayon qilish, muammo qo’yish, muammoni yechish usullari, suhbat, debat turi, aqliy hujum, BBB, chalkashgan mantiqiy zanjir, Venn diagrammasi, FSMU, keys-stadi, klaster, 5. Mavzuning nomi, maqsad kutilayotgan natijalar e’lon qilinadi, mashg’ulot modulli ta’lim texnologiyasi asosida o’tkazilishini tushuntiriladi. Talabalarning mustaqil faoliyatini kuzatib boriladi. Videoproyektor, kompyuter yoki kodoskop, animatsion materiallar. 6. Mavzuga oid test, masala, nazorat savollari, tarqatma materiallar, muammoli savollar, rolikli savollar. 7. Tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar; tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar; tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ma’lumot o’z aksini topadi. Ta’lim mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to’ldirishi, o’quv jarayoniga ajratilgan vaqtga muvofiq tashkil etilishi,ta’lim mazmuni va uning ta’hsil oluvchilar tomonidan qabul qilinish darajasining o’zaro mosligi inobatga olinadi. Ushbu modelni fizika o’qitishda qo’llash davomida darsda barcha talabalar faol qatnashadi,ularda fanga ijodiy yondashish shakllanadi, muammolarni fan nuqtai nazaridan yechish ko’nikmalari va mustaqil fikrini bayon qilish shakllanadi. O’qituvchi dars jarayonlarida nazariy bilimlarni bugungi kun muammolari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’lash muhimdir. Bunda o’qituvchi dunyoning rivojlangan davlatlar kompaniyalarining ishlab chiqarish korxonalaridagi jarayonlarni qisqa ko’rinishdagi roliklarini talabalarga taqdim etishi kerak. Bu esa talabalarda fizikadan nazariy tushunchalar va amaliy ko’nikmalarni shaklanishiga olib keladi.
O’QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUHITINI TASHKIL ETISH.
Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni barcha bosqichlarini, xususan oily ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga gʻoyat katta e′tibor berilmoqda. Bu borada o’quv jarayonini takomillashtirish muhim hisoblanadi. Shular jumlasidan ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’liq qiyin va ko’p qirrali masalalarni yechishni talab etadi. Buning uchun muassasadagi tegishli ilmiymetodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarni tizimli yondashuv asosida ishga solish zaruriyati yuzaga keladi. Ularning tahlili orqali aniq bir maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayoni tashkil etishga erishiladi. Fikrimizga ko’ra, ushbu yondashuvning metodologiyasi va algortimi quyidagicha bo’lishi mumkin: Zamonaviy ta’lim mazmuni asosida oliy pedagogik ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash, pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi va tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi mutaxassis modeli talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o’z ifodasiga ega bo’ladi. Bundan tashqari respublikamiz kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko’ra o’quvchi shaxsi pedagogik jarayon ob’ektigina bo’lib qolmasdan, uning sub’ektiga ham aylanib boradi[1]. Ta’lim muassasida axborot ta’lim muhiti maqsadi tayyorlanayotgan mutaxassisga bo’lajak o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar bilan bevosita bog’liq holda ishlab chiqiladi. O’z navbatida bo’lajak o’qituvchi shaxsini shakllantirishda oliy pedagogik ta’lim muassasini bitirgandan keyingi butun faoliyati davomida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirib borishiga qaratilgan sifatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bevosita axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sinf darsliklari laboratoriyalarini virtual jarayonlar asosida tasavvur etishimiz va qo’llashimiz mumkin. Quyida biz 10-sinf fizika darsligidagi laboratoriya ishlaridan birini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda visual basic 6.0 dastur yordamida virtual laboratoriyasini namoyish etamiz. Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakatini o’rganish. Ma’lumki, gorizontga burchak ostida otilgan jism yerga tortilish kuchi va havoning qarshilik kuchi ta’sirida harakatlanadi. Havoning qarshiligi hisobga olinmaganda jismning og’irlik kuchi ta’siridagi harakatining korrdinatalari quyidagicha 𝑥 = 𝑣0 cos 𝑎𝑡 (1) 𝑦 = 𝑣0𝑠𝑖𝑛 𝑎𝑡 − 𝑔𝑡 2 2 (2) harakat traektoriyasi esa 𝑦 = 𝑥 𝑡𝑔𝑎 − 𝑔𝑥 2 2𝑣0 2cos2𝑎 (3) qonunga bo’ysunadi.
Jismning uchish vaqti, uchish uzoqligi, ko’tarilish balandligi esa (4), (5), (6) tenglamalarda keltirilgan qonuniyatlarga bog’liq ravishda o’zgaradi. 𝑡 = 2𝑣0 sin 𝑎 𝑔 (4) 𝑙 = 2𝑣0 2 𝑠𝑖𝑛𝑎 𝑐𝑜𝑠𝑎 𝑔 (5)ℎ = 𝑣0 2 𝑠𝑖𝑛 2𝑎 2𝑔 (6) Havoning qarshiligi hisobga olinganda harakat traektoriyasi Nyutonning II qonuniga asosan 𝑚𝑟 ′′ = −(𝑚𝑔 + 𝑎𝑣 + 𝑏𝑣 3 ) (7) differentsial tenglamani yechish orqali aniqlanadi[2], bu yerda a,b-o’zgarmas sonlar. Dastur ishga tushirilganda ekran quyidagi xolatga keladi: Dastur gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakatini namoyish qiluvchi va asosiy formulalarni ko’rsatuvchi oynalar hamda Boshlang’ich tezlikka bog’liqligi, Otilish burchagiga bog’liqligi, Havoning qarshiligiga bog’liqligi, Ixtiyoriy tezlik va burchak ostida otilganda tugmalari, shuningdek, boshlang’ich tezlik va otilish burchagini kiritish uchun oynachalardan iborat. Fizika ta′limi boshqa fanlardan farqli ravishda chuqur nazariy bilimlar bilan bir qatorda talabalarni amaliy koʻnikmalari ham yuqori boʻlishini talab qiladi. Shu munosabat bilan ularga sifatli laboratoriya mashgʻulotlarini tashkil etish bu bilan bir qatorda kuzatish imkoniyati kam bo’lgan laboratoriyalarni virtual shaklini namoyish etish orqali ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlashga erishiladi.
FIZIKA VA ELEKTRONIKA FANLARI BO’YICHA INTERFAOL O’QUV QO’LLANMALARINI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.
Respublikamizda Oliy ta’limda ham, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida ham mavjud bo’lgan dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy, zamon talabiga javob beradigan texnik-mutaxasisliklar bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir. Bundan tashqari bugungi kundagi texnik taraqqiyot yuqori saviyali, yetuk, kreativ fikrlay oladigan mutaxasislar tayyorlash talabini qo’ymoqda. Buning uchun esa fizika va elektronikani o’qitishni ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi. Shuning uchun oliy ta’limda, o’rta maktab va kasb-hunar kollejlari, kasb-hunar markazlarida o’qitishda yangicha yondoshish vaqti keldi. Buday yangicha yondoshuvlardan biri bo’lib “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini xizmat qilishi mumkin. “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda muaffaqiyatga erishishning asosiy omillaidan biri bu zamonaviy adabiyotlar va o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik hisoblanadi. Shuning uchun fizika va elektronika bo’yicha interaktiv adabiyotlar ishlab chiqish yuqoridagi daolzarb muammoning yechimlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Maqsadimiz OTM va O’rta maxsus ta’lim muassasalarida, kasb-hunar markazlarida fizika, elektronika va boshqa texnik fanlarni o’qitishda qo’llash mumkin bo’lgan interfaol o’quv qo’llanma tayyorlash va undan foydalanish uslubiyatini yaratishdan iborat. Taklif qilayotgan interfaol qo’llanmamiz “Learning by doing-bajarib o’rganaman” tamoyilini qo’llash imkoniyatini yaratadi. Interfaol qo’llanma o’zida matnli va video tasvirli yo’riqnoma, laboratoriya ishlarini bajarish imkonini beruvchi trenajorni birlashtirgan majmuadan iborat. Majmua konstruktiv jihatdan ixcham qo’lda ko’tarib yurish mumkin bo’lgan chemodan-kitob shaklida bo’lib, o’lchov asboblari paneli, tajriba maydonchasi, komponentlar va laboratoriya detallari joylashtirilgan qism, nazariy ma’lumotlar, laboratoriya ishlari yo’riqnomasi, trenajo’rdan foydalanish yo’riqnomasidan iborat qo’llanma kitob va CD diskda yozilgan video qo’llanmadan iborat. Bunday interaktiv o’quv qo’llanmadan bevosita amaliy mashg’ulot davomida, darsdan tashqari uyda yoki maxsus jihozlanmagan xonalarda mustaqil ta’lim jarayonida ham foydalanish mumkin. Bizning fikrimizcha bunday tipdagi interfaol o’quv qo’llanmani nafaqat elektronika yoki elektrotexnika fanlaridan fizika fanidan ham yaratish mumkin va bu bugungi kun zaruratidir. Zamonaviy loyihalash va 3D formatda detallarni chop qilish texnologiyalarini qo’llagan holda fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika bo’limlaridan trenajo’rli interfaol qo’llanma yaratish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar bilim yurtlarida bunday trenajo’rli interfaol qo’llanma samarali va keng qo’llanilish olish mumkin deb hisoblaymiz. Shu bilan birga elektronika, elektrotexnika, fizika fanlaridan trenajo’rli interfaol qo’llanma yaratish, qo’llash uslubiyati va samaradorligini baholash bo’yicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borishga e’tibor qaratish qaratish lozim deb hisoblaymiz.
FIZIKANI O‘QITISHDA MASOFAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH USULLARI
Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari professoro‘qituvchilari zimmasiga qator mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Ya’ni, talabalarning puxta bilim olishi, amaliyot sirlarini mukammal o‘rganishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shu asnoda yetuk kadrlar tayyorlash, yoshlarni chinakam vatanparvar qilib kamolga yetkazish davr taqozosidir. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan PQ-4358 sonli qarorining 2-komponentida – “Eng yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq ta’lim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni tashkil etishni takomillashtirish” belgilab berildi. [1] Нozirda fan-texnika shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib qolmoqda. Shuning uchun, ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida,bashariyat informatsion texnologiyalarni yaratdi. Kompyuter — bu oddiy va qulay tarzda ma’lumotlarga yetish vositasidir. Ma’lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma’lumotlarning qayerda joylashishidan qat’iy nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Masofaviy ta’limda o‘qituvchi funksiyasini o‘rgatuvchi va sinovchi vositalar (to‘la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, o‘qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi. Elektron darslikning imkoniyatlarini multiplikatsiya va videotexnikaning zamonaviy vositalarini qo‘llagan holda kengaytirish mumkin. Bular o‘quv kursi bo‘yicha videoma’ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Masofaviy ta’lim - bu o‘quv materialining yetkazib berilishida, mustaqil o‘rganishida, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muloqot almashinuvida qo‘llaniladigan, an’anaviy va yangi axborot texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarini keng qamrovda ishlatilishidagi ta’limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir. Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Onlin learning)dan iborat. Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web–texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi, balki ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o‘tmoqda. Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin. Shu bilan birga yana bir metod “Evristik o‘qitish metodi” dir. Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi talabalar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi. Talabalar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida talabalar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar. Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va talabalar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida talabalar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Demak, intellektual saloxiyatga ega bo‘lgan mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish yo‘lida pedagogik texnologiyani amaliyotga samarali tatbiq qilinsa fizika ta’limi sohasida tub o‘zgarishlar yuz berishi, o‘qituvchilar va talabalar faoliyatini yangilanishga olib keladi. Natijada talaba yoshlarda bilimga chanqoqlik, bilimlilik, axloqiy, milliy g‘urur, insonparvarlik tuyg‘ulari yanada kuchayadi. Aynan xuddi shu masalani muvaffaqiyatli xal etish ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlashda texnologik yondoshuvlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
FIZIKANI O’QITISHDA LOYIHA USULIDAN FOYDALANISH
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – tadqiqotchilikka moyilligi bor, hayot bilan ta’limni bog’lab olib boruvchi chuqur fikrlaydigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Fizikani o’rganishda o’quv ishlari uslubi va shakli takomillashgan ta’limni modernizasiya qilish talabiga asoslanib, tadqiqiy jihatdan yondoshish zarur. Ta’limga tadqiqiy yondoshish o’quv jarayonining shunday tashkiliy qismiki, u o’zida darsda izlanish situasiyasini yaratadi. O’quvchilarda bilim ortirishga talab va qiziqishni uyg’otadi. Shuningdek, mustaqil bilim olishga va u asosida o’qish va ta’limning sosialma’noli motivlarini rivojlanishini tashkil qiladi. O’quvchilarga fizika sirlarini ochishda yordam berish kerak. U o’zida yorug’ olamning qiziqarligi va tabiatning mo’jizakorligini his etsin. Fizika darslarida loyiha usulidan foydalanish amaliy jihatdan samaraliroq bo’ladi. Keyingi paytlarda loyiha usulidan foydalanish ancha ommabop va odat tusiga kirdi. Olingan ko’p sonli natijalar va urinishlar shuni ko’rsatadiki, loyiha usulini fizikaga qo’llash uchun avvalombor o’zida kim va nima uchun bu loyihada ishtirok etaman va qanday natija olinadi degan tasavvurni xayoliga keltirish kerak. Fizika darslarida loyiha usulini fizika kursining alohida mavzularini o’rganishda keng qo’llash mumkin. Xususan, birinchi marta Rossiyalik E. A. Belenko «Optika», «Fotoapparat evolyusiyasi», «Yorug’likning kimyoviy harakati», «Rangli va oq-qora fotografiya», mavzularini mustaqil o’rganishda loyiha usulidan foydalangan. Bu loyihaning asosiy natijalari sifatida nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy anjumanlarda ham keng muhokama qilinib, turli fotoapparatlar ko’rgazmasi namoyish qilindi. Loyiha usuli yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash sohasini chuqur bilimga asoslanib turli ko’rinishlarda namoyon qilish mumkin. Tengdoshlari orasida bilimni tarqatish uchun chuqur bilimga ega bo’lish zarur. Issiqlik uzatish turlarini o’rganish, bir jismdan ikkinchi jismga issiqlikni uzatish mexanizmini tushuntirish va tavsiflash qobiliyatini shakllantirish muhim. Loyihaning asosiy maqsadi: turli manbalardan (darslik, qo’shimcha adabiyotlar, internet, CD, tengqurlari hikoyalaridan va boshq.) foydalanib chuqur bilimlar sohasini o’rganishni tashkil qilish; axborotni qayta ishlash sohasida uni turli ko’rinishlarda namoyon qilish uchun chuqur bilimlar sohasini tashkil etish; tengqurlari orasida bilimni tarqatish doirasida chuqur bilimlar sohasini tashkil etish; issiqlik uzatish ko’rinishlarini o’rganish, bir jismdan ikkinchi jismga issiqlik uzatish mexanizmini tushuntirish va tavsiflashni shakllantirish; insoniyat faoliyatining turli sohalarida issiqlik uzatishning roli to’g’risida o’quvchilar bilimini chuqurlashtirish. Bu mavzu katta amaliy xarakterga ega. Loyiha usulini qo’llaganda o’quvchilar nafaqat issiqlik uzatish mexanizmlarini tushunib olmasdan, balki ularning kundalik hayotda, texnikada va tabiatda keng qo’llanilishini kuzatadilar. Inson faoliyatining turli sohalarida o’quvchilarga issiqlik uzatishning rolini chuqur o’rgatishda quyidagi darslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir Pedagogik maqsadi – o’quvchilarning intelektual qobiliyatini o’stirish va intelektual faoliyatini ishg’ol qilish. Bunda o’quvchilar mustaqil ravishda ilmiy terminlarni o’zlashtirish bilan birga ishlab turuvchi asboblar: termos, termoskop, issiqlik qabul qilgichlarlar bilan bevosita ishlaydi. Yuqori dalillar ta’lim sifatining yuqori bo’lishligini ko’rsatib, past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham yuqori o’zlashtirishiga yordam beradi. Fizika inson ko’zini nafaqat cheksiz atrof olamda ochmasdan inson ongi va idrokining buyukligini ko’rsatadi. Dunyoning fizik kartinasini tashkil etish xuddiki dunyoning tabiiy-ilmiy kartinasining qismi bo’lib, fizikani o’quv predmeti sifatida o’rganish avvalombor shaxsning bilim qobiliyatini o’stirishni ta’minlaydi. O’qitishda tadqiqiy yondoshuvni qo’llashnig zarurligi ta’limni modernizasiya qilish talabiga va o’quv ishlarining usullari va shakllarini mukamallashtirishga asoslangan. O’qitishda tadqiqiy yondoshuv o’quv jarayonining shunday qismiki, bunda u darsda izlanish situasiyasini yaratadi, shuningdek, o’quvchilarda chuqur bilim va qiziqishlarni talab qiladi, mustaqil bilimini o’stiradi va shu asosida sosial muhim bo’lgan ta’lim va o’qitish motivlarini shakllantiradi. Hozirgi paytda o’qituvchi doimiy ravishda «Ikki o’rtada qolib» kelayapti; Davlat standarti mavjud, uning rivoji uchun u hamma o’quvchilarga xizmat qilishga majbur; EGE mavjud, u guruh o’quvchilarini tayyorlashi kerak; olimpiada bor u ham katta tayyorgarlikni talab qiladi. Shuningdek, fizikaga haftasiga (oddiy maktablardagi sinfda) 2 soat dars ajratilgan. Lekin ishonch bilan aytish mumkinki o’z faniga mehr qo’ygan o’qituvchi har qanday qiyin holatdan chiqish yo’lini topadi.
Xulosa:
Kasb-hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishdan maqsad maktabda olgan bilimlarni yanada kengroq va chuquriroq o’rganishdir.Fizika o’qitish pedagogic jarayon bo’lib o’qituvchining raxbarligi boshqaruvida talim oluvchilarning fizika fani asoslarini chuqurroq o’rganish. Respublikamizda Oliy ta’limda ham, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida ham mavjud bo’lgan dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy, zamon talabiga javob beradigan texnik-mutaxasisliklar bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir. Bundan tashqari bugungi kundagi texnik taraqqiyot yuqori saviyali, yetuk, kreativ fikrlay oladigan mutaxasislar tayyorlash talabini qo’ymoqda. Buning uchun esa fizika va elektronikani o’qitishni ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi. Shuning uchun oliy ta’limda, o’rta maktab va kasb-hunar kollejlari, kasb-hunar markazlarida o’qitishda yangicha yondoshish vaqti keldi. Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – tadqiqotchilikka moyilligi bor, hayot bilan ta’limni bog’lab olib boruvchi chuqur fikrlaydigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Fizikani o’rganishda o’quv ishlari uslubi va shakli takomillashgan ta’limni modernizasiya qilish talabiga asoslanib, tadqiqiy jihatdan yondoshish zarur. Ta’limga tadqiqiy yondoshish o’quv jarayonining shunday tashkiliy qismiki, u o’zida darsda izlanish situasiyasini yaratadi. O’quvchilarda bilim ortirishga talab va qiziqishni uyg’otadi. Shuningdek, mustaqil bilim olishga va u asosida o’qish va ta’limning sosialma’noli motivlarini rivojlanishini tashkil qiladi. O’quvchilarga fizika sirlarini ochishda yordam berish kerak. U o’zida yorug’ olamning qiziqarligi va tabiatning mo’jizakorligini his etsin. Fizika darslarida loyiha usulidan foydalanish amaliy jihatdan samaraliroq bo’ladi. Fizika o’qitishda ta’lim sifatini oshirish uchun ma’ruza, laboratoriya va amaliy dars jarayonlariga pedagogik texnologiyani qo’llash muhimdir. Pedagogik texnologiyani qo’llash orqali talabalarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va ularda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.Buning uchun o’qituvchi tomonidan har bir darsga kreativ(ijodiy) yondashish talab etiladi. Bunda o’qituvchi talabalarni ijodiy faolligini oshirish uchun dars jarayonlariga mavzuga mos keladigan pedagogik texnologiyalarni qo’llash talab etiladi. Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni barcha bosqichlarini, xususan oily ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga gʻoyat katta e′tibor berilmoqda. Bu borada o’quv jarayonini takomillashtirish muhim hisoblanadi. Shular jumlasidan ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’liq qiyin va ko’p qirrali masalalarni yechishni talab etadi. Buning uchun muassasadagi tegishli ilmiymetodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarni tizimli yondashuv asosida ishga solish zaruriyati yuzaga keladi. Ularning tahlili orqali aniq bir maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayoni tashkil etishga erishiladi. Fikrimizga ko’ra, ushbu yondashuvning metodologiyasi va algortimi quyidagicha bo’lishi mumkin: Zamonaviy ta’lim mazmuni asosida oliy pedagogik ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash, pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi va tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi mutaxassis modeli talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o’z ifodasiga ega bo’ladi. Bundan tashqari respublikamiz kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko’ra o’quvchi shaxsi pedagogik jarayon ob’ektigina bo’lib qolmasdan, uning sub’ektiga ham aylanib boradi. Hozirgi kunda ta’lim sohasini islox qilish yo`nalishlaridan biri fanlarini integrallab o`qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Bu sohadagi muhim yo`nalishlardan biri - fizikaviy qonunlarning umumiyligini namoyish qilish va ularning tabiat qonunlari uchun to`g’riligini namoyish qilishda fanlararo bog’liqlikka yangicha yondoshishdan iborat. Bunda asosiy e’tibor tabiatning tuzulishi va xossalariga nisbatan dunyoqarashimizni chuqurlashtiradigan va kengaytiradigan fizik qonunlarga qaratiladi. Bundan tashqari tabiatdagi fizikaviy hodisalarni o’rganish o’quvchilarning fizikadan olgan bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. Masalan, mexanika qonunlarini, tebranishlar va to’lqin hodisalarni o’rganish uchun matematika kursidan trigonometrik funksiyalarga murojaat qilamiz, elektroliz hodisasini o’rganishda yoki, atom va yadro fizikasini o’rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarimizdan foydalanamiz, issiqlik va elektr haqidagi ta’limotlarni XIX asrdagi sanoat tarixi haqidagi olgan ma’lumotlar asosida takomillashtiramiz, atmosfera, konvensiya, Yer magnetizm hodisalarini o’rganishda esa geografiyadan olgan bilimlardan foydalanamiz. . Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir. Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amal i y fizika ham mavjud (mas, amaliy optika yoki amaliy akustika). Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyukliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.M.Ismoilov, P.Habibullaev, M.Xaliulin. Fizika kursi. O„quv qo„llanma. Toshkent, “O„zbekiston”, 2000. 2. S.Orifjonov. Elektromagnitizm. O„quv qo„llanma. Toshkent: Noshir. 2011 3. J.Kamolov va boshqalar. Umumiy fizika kursi. O„quv qo„llanma. Toshkent. O‟qituvchi.2002.
4. S.Bozorova, N.Kamolov. ”Fizika” (optika, atom fizikasi). Darslik. T.Aloqachi-2007. 5.Azizxodjaeva N.N. O„qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash O„quv qo„llanma T., 2000. 6. Djoraev M. Fizika o„qitish metodikasi .- T.: TDPU, 2013 7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar O„quv qo„llanma T., 2000. 8.Prizident asarlari.
Internet saytlari
1. www. tdpu. uz 2. www. pеdagog. uz 3. www. Ziyonеt. Uz 4. www. edu. uz 5. tdpu-INTRANЕT. Pеd 6. http://www.allmath.ru/
Do'stlaringiz bilan baham: |