Kasb hunar kollej o‘quvchilar. Xidirov J


  Muoloqot:  muomalaning   tarixi   vazifasi   va   tabiati



Download 278,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana17.01.2021
Hajmi278,71 Kb.
#55894
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kasb hunar kollej oquvchilar shaxsining etnopsixologik xususiyatlari

1.2.  Muoloqot:  muomalaning   tarixi   vazifasi   va   tabiati.   

Muloqot  ko‘p   qirrali  va  keng  tushuncha  bo‘lib, uni  ko‘pincha  muomala  

yoki  aloqa      deb    ham    tariflanadi.    Buni    anglagan    yoki    anglamagan    nuqtai  

aloqani  axborot  berish  va  qabul  qilish  shaklida  hamma  erda  va  har  doim 

kuzatish  mumkin. 

 

 



So‘z,    nutq,    ma’ruza      qilish,    so‘zlovchining    tinglovchilarga    ta’sir  etish  

san’ati  kabi  muommolar  2000  yillik  tarixga  ega.  Bu  muammoning juda  ko‘p  

tomonlari  o‘z  davrida  Tsitsiron  tomonidan  ko‘rib  chiqilgan.  U so‘zlovchining  

asosiy    vazifasi,    nimani    gapirishi,    qanday    gapirishi    va  qaerda    gapirishi  

lozimligini  to‘g‘ri  aniqlashdan  iborat  deb  ta’kidlagan. 

 

 



Shu  bilan  birga  muloqot  muammosi   XX  asrning  yangi  muammolaridan  

ham    biridir.    Agar    qadimgi    Rim    va    qadimgi    Gretsiyada    notiqlik  san’ati  

ritorika,    evristika,    dialektika    tomonidan    o‘rganilgan    bo‘lsa,  nutqiy    muloqot  

hozirda    falsafa    sotsiologiya    sotsialligini      vistika    psixologik    vistika    ijtimoiy   

psixologiya,    umumiy    psixologiya,    pedagogika    va    pedagogik            psixologiya       

tomonidan     o‘rganilmoqda. 

 

Nutqiy   muloqot  butun  dunyoga  o‘rganilayotgan  muammo   hisoblanadi. 



Birgina    AQSh  larida    bu    muammo    bilan    10 000    dan    ortiq    ilmiy  xodim  

shug‘ullanmoqda.  Lekin  hozirga  qadar   «muloqot»  tushunchasining yagona  bir  

butun    ta’rifi    berilmagan.    Faliyatli    yondoshuv    nuqtai    nazaridan    muloqot  

kishilar  o‘rtasidagi  ko‘p  tomonlama  jarayoni  hamkorlikda faoliyat  ehtiyojlari  

asosida    vujudga    kelib    kishilar    o‘rtasidagi    axborot  ayriboshlash    o‘zaro    ta’sir  

etish  bir-birini  tushunish  va  idkor  qilishdan  iborat. 

 

Muloqot  mohiyatini  bunday     tushuntirish  quyidagi  holatlar kelib  chiqadi. 



 

Birinchidan,  ijtimoiy  shaxslar  aro  va  pul  buyum  munosabatlarining  uzviyligi. 

 

Ikkinchidan,  faoliyat  va  muloqotning  birligi  ya’ni  har  qanday muloqot  



kishilar  hamkorligidagi  faoliyatining  maxsus  shaklidir. 

 

Faoliyat  va  muloqot  insoniyat  ijtimoiy  borltig‘ining  bir tomoni,  muloqot  



faoliyatining    bir    turi    sifatida    qaraladi.    B.F.Lomov  fikricha,    muloqo    o‘zaro  


 

20 


ta’siridir. Shartli  ravishta  inson   ishlab  chiqarish,  bilish   ijtimoiy   komunikativ  

turlari  ajratiladi. 

 

B.R.Anan’evning  fikricha,  insonda  mehnat,  bilish  va   muloqot  sub’ekti  



xususiyatlarining    birikmasi    faoliyat    sub’ekti    va    shaxs    sifatidagi      tuzilishini  

belgilaydi.  

 

Faoliyatli    yondashvdan    tashqari    aloqa      va      axborot    nazariyasi    ham  



mavjud    bo‘lib,    uning    namoyondalari    Ch.Osgud,    Dj.    Miller,    D.    Brodbent, 

G.Gebner,  D.    Perlomva  va  boshqalardir.  Bunday  qarash  G. Lasvell  ishlarida  

aniq  ifodalangan  bo‘lib,  muloqotning  o‘rganishning  asosiy  vazifasi  quyidagi  

formula  bilan  belgilanadi; 

  

«Kim, nima  uzatadi,  qanday  kamar  orqali,  kimga  qanday  natija orqali».  



 

Bu    formula    asosan    axborot    qilish    kommunikator    va    auditoriya  

xususiyatlari, sharoit  va  muloqot  vositalarini  o‘rganishga  yo‘naltirilgan.  Ushbu  

muloqot    modeli    manba    -    xabarlarni    qabul    qiluvchi    kabi    tarkibiy    qisimlar  

hamda    uni    o‘rgatish    sohalari    kommunikator      va  auditoriya    xususiyatlari,  

muloqot  sharoitlari  vaziyati  va  vositalari  nazarda tutilmoqda. 

 

 

Kommunikativ    yondoshuv    pedagogik  o‘zaro  ta’sir  tizimiga  kiruvchi 



barcha    manba    vaziyat,    aloqa    kanali    teskari    aloqa    bo‘g‘inlarining    turli  

jihatlarini  qamrab  olishga  uni  to‘laligicha   namoyon  etishga  harakat qiladi. 

 

Mulokot    mohiyatini    tushuntirish    uchun    so‘ngi  10  yilliklarda  keng 



rivojlanayotgan uning funktsional tuzilishi haqidagi tasavvurlar muhim ahamiyatga 

ega.  Muloqat  hamkorlikdagi  faoliyat  uchun  eng    qulay    hisoblangan    turli  

munosbabatlar    orqali  o‘zaro  tushinish  va  axborot  ayirboshlashdan  iborat 

kishilarning o‘zaro ta’siridir, deb ta’rif berish bilan birga V.M.Panferov mulrqat 4 

ta muhim holatni: aloqa o‘zaro tasir, bilish, o‘zaro mugasabatni ajratib ko‘rsatgan. 

Shu bilan birga muloqotni o‘rganishga: kommunikativ informatsion kommunikativ 

gnostik  «bilish»,  regulyativ  «boshqaruv»  yondoshuv  haqidagi  fikirlarni  ilgari 

suradi. 


 

B.F.Lomov  esa  muloqotning:  informatsion  kommunikativ,  regulyatsion 

kommunikativ, affektiv kommunikatsion vazifalarni ta’riflagan.  



 

21 


 

Hozirda  muloqatning  kommunikativ  interaktiv  va  pertseptiv  tomonlari 

haqqidagi  yondoshuv  keng  tarqalgan.  Shubhasiz  muloqatning  bu  uch  tomoni 

axborot  ayirbolashda  interaktiv  tomoni  muloqatga  kirishuvchilarning    verbal  va 

noverbal  tizimini  soddalashtirishda  va  depolashtirish  sharoitda  bir-biriga  ta’sir 

etishi, pertseptiv tomoni esa suhbatdoshni qtyoslash identifikatsiya, appertseptsiya 

refleksiya  kabi mexanizmlar tuzilishidan iborat. 

 

Muloqat  vazifalarni  to‘laqonli  tahlil  qilish  uning  aloqa  informatsion 



undovchilik, muvofiqlashtirish, tushinish emotiv kabi vazifalarni farqlash imkonini 

beradi. O‘zbekistonlik eng ko‘zga ko‘ringan psixologlardan V.M.Karimova, shaxs 

taraqqiyotida  muomalaning  o‘rni  va  ahamiyati  haqida  fikr  yuritib  uning  eng 

muhim vazifasi funtsiyalarini ajratib ko‘rsatgan. V.M.Karimovaning ta’kidlashicha 

har  qanday  muloqatning  eng  elementar  funktsiyasi  suhbatdoshlarning  o‘zaro  bir-

birin  tushinishlarini  ta’minlashdir.  Bu  o‘zbeklarda  samimiy  salom  alik, 

suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining nodir va 

buyuk xsilatlaridan biri ham shuki uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan 

kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xoll ahvol so‘raydi. 

 

Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor ya’ni, 



bu  jihat  milliy  o‘ziga  xoslikka  ega.  Uning  ikkichi  muhim  funktsiyasi  ijtimoiy 

tajribaga asos solishdir. 

 

Odam  bolasi  faqat  odamlar  davrasida  ijtimoiylashadi,  o‘ziga  xos  insoniy 



xususiyatlarni  shakllantiradi.  Muloqat  ob’ektlari  ham  o‘z  navbatida  muayyan 

vazifalarni amalga  oshiradi.  A.A.Brudniy  fikricha  muloqatning  dastlabki vazifasi: 

ta’kidlash,  to‘xtatib  turish,  beqarorlashtiruvchi-  tahdid,  haqorat  va  boshqalar: 

hamda  to‘rtinchi  asosiy  vazifa-ins’trumental  muloqat  orqali  faoliyatini 

muvofiqlashtirish, sindiaktiv- uyushma guruh kabi vazifalari mavjud.  

 

Nutqiy  muloqatni  tahlil  qilar  ekan  R.Yakobson  XX  asrning  40  yillarida 



N.S.Trubetskiy  tomonidan  ajratib  ko‘rsatilgan  tilning  uchta  vazifasini  ko‘rsatib 

o‘tadi. 


1.

 

Emotiv- so‘zlovchining xabarga munosabati. 



2.

 

Konativ- adresatni harakatga undash,  iltimos, buyruq. 




 

22 


3.

 

Referentsial- fikirlarni ifodalash. 



4.

 

Poetik- reallik va tasavvuriy qo‘shib yuborish. 



5.

 

Fotik- aloqani qo‘llab quvvatlash. 



6.

 

Aniqlashtirish- o‘z fikr mulohazalarini boshqarish. 



Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qarashlarda nutq vazifalarining nomi va mohiyati 

turli  tuman  bo‘lmasin  ular pedogogik  muloqatda  kommunikativ  o‘zaro  ta’sirining 

turli tomonlarini ifodalash maqsadida keng qo‘llaniladi.  

 

Muloqatni  kishilar  o‘rtasidagi  bevosita  yoki  turli  vositalar  bilan  tashkil 



qilinadigan 

muayyan 


maqsadga 

yo‘naltirilgan 

aloqa 

sifatida 



ta’riflab 

A.A.Leont’ev,  uning  quyidagi  sifatlari  ajralib  ko‘rsatilgan  kontaktga  jalb 

etilganlik,  yo‘naltirillganlik,  simpatik  ixtisoslashuv,  psixologik  dinamika 

A.A.Leont’ev, B.X.Byugjnakovlar shaxsiy yo‘naltirilgan va ijtimoiy yo‘naltirilgan 

muloqat  tiplari  haqida  fikr  yuritilib,  ular  bir-biridan  kommunikativ  fuektsional, 

ijtimoiy psixologik va nutqiy tuzilishiga ko‘ra farqlanadi.  

 

Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  muloqatdagi  fikrlar  ko‘pchilikka  qaratilgan  bo‘lib,  u 



barchaga  tushinarli  bo‘lishi  kerak.  Shuning  uchun  ular  to‘liq,  aniq  yuksak 

madaniyati  bilan  ifodalanishi  kerak.  Semiatik  ixtisoslashuvi  esa  nutqiy  o‘zaro 

ta’sirini  kuchaytirish  maqsadida  verbal  va  noverbal    vositalardan  birgalikda 

foydalanishni talab qiladi.  

 

Kontaktda aytilayotgan xabar  va uni idrok  etishini vaqt  va  makon  jihatidan 



yaqinlik  darajasiga  belgilanadi.  Muloqatning  eng  muhim  xususiyati  uning 

psixologik  dinamikasi  bo‘lib,  so‘z  xabarining  ta’sir  etish  xusuisyati  bilan 

belgilanadi.  So‘z  axborotning  inson  ruhiyatiga  ta’siri  darajasi  va  uning  tabiatiga 

ko‘ra xabar qilishi, ishontirish va ta’sir etish farqlanadi. 

 

Unga yana reprenzativlik va ko‘p axborotlilik sifatini ham kiritish mumkin. 



Reprenzativlik  so‘zlovchining  sub’ekt  sifatida  tanishtiruvchi  ko‘p  axborotlilik 

nutqiy  muloqatning  bir  o‘zida  turli  xususiyatlari  mazmunining  ifodalilik 

ta’sirchanlik kabi amallarning namoyon bo‘lishidir. Kichiklar o‘rtasida predmetsiz 

muloqatning  o‘zi  mavjud  emas,  u  har  doim  muayyan  muhim  va  aniq  tarixiy 

ahamiyatga ega bo‘ladi. 



 

23 


 

Ko‘p  axborotlilik  ham  nutqiy  muloqatning  muhim  xususiyatidir.  Nutqiy 

muloqat  jarayonida  berilayotgan  nutqiy  xabar  murakkab  kommunikativ 

predmetning  mazmuniga  ega  bo‘lib,  o‘zida  mazmuniy  ifodalash  va  unvochilik 

mazmuniga  ega  bo‘lib,  o‘zida  mazmuniy  kommunikativ  predmetning  mazmuniga 

ega  bo‘lib,  o‘zida  mazmuniy  ifodalash  va  undovchilik  tomonlari  birligini  aks 

ettiradi.  Shunday  qilib  nutqiy  muloqatning  bog‘langanlik,  jalb  etilganlik, 

yo‘naltirilganlik  simotik  ixtisoslashuv  dinamiklik,  reprenzativlik  va  ko‘p 

axborotlilik kabi xususiyatlari mavjud. 

 

Muloqatchanlikning quyidagi bosqichlari mavjud: 



1.

 

Muloqatga ehtiyoj boshqa kishi bilan muloqatga kirishishga undaydi. 



2.

 

Muloqat maqsadi va vaziyatiga moslashish. 



3.

 

Suhbatdosh shaxsiga muvofiq harakat qilish. 



4.

 

O‘z  xabarining  mazmunini  rejalashtirish  nima  haqida  gapirishi  kerakligini 



tasavvur qilish. 

5.

 



Anglamagan  yoki  anglangan  holda  aniq  vositalar,  iboralarini  tanlash  o‘zini 

qanday tutish kerakligini aniqlash. 

6.

 

Suhbatdoshning qanday idrok qilish yoki baholash orqali tezkor aloqani tashkil 



etish. 

7.

 



Muloqat uslubi, usullari va yo‘nalishlarini tuzatib borish. 

Agar  yuqoridagi  bosqichlardan  birortasi  buzilsa,  muloqat  jarayoni  to‘la  qonli 

bo‘lmasligi, kutilgan natijani bermasligi mumkin. 

Psixologiyada muloqatning quyidagi turlari farqlanadi: 

1.

 

Niqoblar  aloqasi  rasmiy  muloqat bo‘lib, bundan suhbatdoshini tushinish uning 



shaxs  sifatidagi  xususiyatlarini  e’tiborga  olish  mavjud  emas,  odatda  turli 

niqoblar  yuz  ifodasi  imo-ishora  bir  qolipdagi  so‘z  birikmalaridan  foydalanib 

xis-tuyg‘ular yashirin tutiladi. Ba’zi vaziyatlarda bunday niqoblar aloqasi zarur 

bo‘lishi ham mumkin. 

2.

 

Sodda muloqat boshqa kishini kerakli yoki keraksiz ob’ekt deb baholash. Agar 



kerakli  deb  topilsa  bunday  suhbatdoshga  nisbatan  qo‘pol  va  zo‘ravonlik 

shaklida munosabat bildiradi. 




 

24 


3.

 

Rasmiy  rolli  muloqat,  muloqatning  bu  turida  mazmun  va  vosita  qatiy 



chegaralangan bo‘lib,  suhbatdosh shaxsiyati  emas,  balki ijtimoiy  roliga e’tibor 

beriladi. 

4.

 

Ish  yuzasidan  muloqat  suhbatdoshning  shaxsi,  yoshi,  xarakter  kayfiyati 



e’tiboriga olinadi, ammo ish manfaatlari ham hammasidan ustun turadi.   

5.

 



Ma’naviy   shaxslararo  muloqot  do‘stlar  o‘rtasidagi  muloqot  bo‘lib, bunda  

turli    mavzularda    fikr    yuritish    mumkin.    Suhbatdoshlar    bir-birini      so‘zsiz  

yuz  ifodasi  harakatlari  ham  tushunishlari  mumkin. 

6.

 



Monipulyativ  muloqot   suhbotdoshdan  biror  manfaat  kutib,  turli  usullardan  

foydalanish.  

7.

 

Soxta    muloqot    odamlar    nimani      o‘yyotganlari    emas,    shunday    vaziyatda  



nimani  gaprish  talab  qilingan  bo‘lsa,  shuni  gapradilar.   

Soxta  muloqatning tamoyillari: 

    a)   xushmuomalik, «boshqa kishi manfaatlarini qadrlash»; 

    b)   qo‘llab-quvvatlash kelishuv, «boshqalarni tanqid qilma»; 

    v) simpatiya «samimiy va beozor bo‘l». 

Shu yuzasidan muloqatning qoidalari tamoman boshqacha: 

1.

 

Kooperativlik    tamoyili,    sening    ulushing,    suhbatning    birgalikda    qabul  



qilingan  yo‘nalishi  talabi  qanday  bo‘lsa  shunday  bo‘lishi  kerak. 

2.

 



Axborotning    etarlilik    tamoyili      hozir    talab      qilinayotganidan    oz    ham  

so‘zlama. 

3.

 

Axborotining  sifat  tamoyili,  yolg‘on  so‘zlama. 



4.

 

Maqsadga    muvofiqlik    tamloyili    «mavzuidan    chetga    chiqma    qaror    qabul  



qilishni  o‘rgan».   

5.

 



«Fikrni  suhbotdosh  uchun  aniq  va  ishonarli  qilb  ifodala». 

6.

 



«Kerakli  fikrni  tinglab,  tushunishga  harakat  qil». 

7.

 



Ish  manfaati  yuzasidan  suhbatdoshning  induvidual  xususiyatlarini  hisobga  

ol. 


Muloqot    jarayonida    tomonlar    kelishilgan    tamoyil    asosida    muloqotga  

kirishmasalar,  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadlariga  erisha  olmaydilar. 




 

25 


Muloqat  jarayonida  tomonlar  kelishilgan  tamoyil  asosida  muloqatga 

kirishmasalar, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olmaydilar. 

Nutqiy  muloqat  ichki  vazifalari  mohiyati  haqidagi  tahliliy  fikirlarni 

pedogogik muloqat haqida ham aytish mumkin. 

Pedogogik  muloqat  o‘quv  jarayonidagi  o‘zaro  ta’sir  shakli  bo‘lib 

o‘qituvchilar  va  o‘quvchilar  hamkorligida  namoyon  bo‘ladi.  O‘z  navbatida 

pedogogik  muloqat  xali  verbal  va  noverbal  vositalardan  foydalanilgan  holda 

kommunikativ  va  pertseptiv  vazifalarini  bajarishdan  iboratdir.  Keng  ma’noda 

pedogogik  muloqat  «Ta’lim  jarayonida  o‘qituvchining  o‘quvchilar  bilan  o‘quv 

faoliyati ijodiyligi va o‘quv motivlarini rivojlantirish maqsadida eng qulay sharoit 

yaratishga  qaratilgan  muloqatdir.  Shu  bilan  birga  pedogogik  muloqat  o‘kuvchi 

shaxsining  shakllanishi,  jamoada  sog‘lom  ruhiy  muhitning  yaratilishi  uchun  eng 

qulay sharoit yaratadi». 

Pedogogik  muloqatning  o‘ziga  xosligi  uning  ko‘pgina  ob’ektlarga 

yo‘naltirilganligidir.  Muloqatning  bu  turi  nafaqat  ta’lim  oluvchilar  shaxsining 

shakllantirish  maqsadida  ularga  ta’sir  etishga  balki  o‘quv  bilimlarini  o‘zlashtirish 

shu asosida ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgandir. 

K.Rodjers  tomonidan  muloqatning  fasilitatsiya  vazifasi  ham  ajratib 

ko‘rsatilgan.  Uning  fikricha  o‘qituvchi  pedogogik  muloqatning  fasilitatori,  ya’ni 

o‘quvchiga o‘z  fikrini ifodalash uchun sharoit yaratib yordam beradi. Pedagogning 

o‘quvch  muvoffaqiyatiga  qiziqishi  samimiy  qo‘llab-  qo‘vatlash  muhit  yaratish 

muloqotni    engillashtiradi,  o‘quvchiga  o‘z  imkoniyatlarini  to‘la  namoyon  etish 

uchun qulaylik tug‘diradi. 

Shunday  qilib,  pedogogik  muloqat  ta’lim  beruvchilik,  tarbiyalovchilik  va 

fasililtatorlik  vazifalarini  bajaradi.  Odamlar  munosabatiga  kirishar  ekanlar  ya’ni 

biron  kimsaga  savol,  buyruq  bilan  murojat  qilar  ekan,  biron  narsani  tushuntirar 

ekanlar  yoki  tariflar  ekan  boshqa  bir  kishiga  ta’sir  o‘tkazishinni  undan  o‘zi 

hoxlagandek  javob  olishni  topshirig‘ining  ijro  etilishi  shu  paytga  qadar 

tushunmaganini  tushinib  etishni  zarra  tarzida  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  quyadi. 

Muloqat  maqsadlari  odamlarning  birgalikdagi  faoliyati  ehtiyojlarini  aks  ettiradi. 




 

26 


Bu  o‘rinda  muloqot  shaxslararo  birgalikdagi  harakat,  ya’ni  odamlarning 

birgalikdagi  faoliyati  jarayonida  tarkib  topadigan  aloqalari  va  o‘zaro  bir-birlariga 

ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chikadi. 

Birgalikdagi faoliyat bu muloqat ijtimoiy qoidalar odamlarning birgalikdagi 

harakati  va  o‘zaro  munosabatlarini  qatiyan  belgilab  qo‘yadigan  hamda  jamiyatda 

udum  bo‘lgan  xulq  atvor  namunalari  asosida  amalga  oshiriladigan  sotsial  nazorat 

sharoitida yuz beradi. 

Jamiyat  ijtimoiy  qoidalar  sifatida  qabul  qilgan,  ma’qul  topadigan  udumga 

aylangan  va  tegishli  vaziyatda  turgan  bir  kishidan  bajarilishini  kutayotgan 

namunalarning  o‘ziga  xos  tizimini  yaratadi.  Ularning  buzilishi  qoidadan  chetga 

chiqadiganlarning  xulq-atvori  to‘g‘irlanishini  ta’minlaydigan  sotsial  nazorat, 

mexanizmlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Qoidalarning  mavjudligi  qabul  qilinishi  haqida 

biron  kishining  barcha  boshqa  odamlar  xulq-atvoridan  farq  qiluvchi  xatti-

harakatiga  atrofdagilarning  bir  xilda  munosabat  bildirishidan  dalolat  beradi. 

Ijtimoiy  qoidalar  doirasi  behad  darajada  kengdirki,  ular  mehnat  intizomi  xarbiy 

burch  va  vatanparvarlik  talablariga  javob  beradigan  xulq-atvor  namunalaridan  to 

odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. 

Odamlarning  ijtimoiy  qoidalariga  murojat  qilishi  ularda  o‘z  xulq-atvori 

uchun  ma’suliyatlilik  xissini  uyg‘otadi,  harakatlarini  va  kishilarning  ushbu 

qoidalariga  mos  kelishi  yoki  mos  kelmasligini  baholagani  holda  ularni  to‘g‘irlab 

berish imkonini beradi. Qoidalariga qarab mo‘ljal olib kishiga o‘z xulq-atvorining 

shakllarini  andozaga  qarab  moslash,  keraklilarini  sotsial  jihatdan  ma’qullarini 

tanlab  olish  noma’qul  shakllariga  amal  qilmaslik,  o‘zining  boshqa  odamlar  bilan 

munosabatlarini  yo‘naltirib  va  boshqarib  borish  imkonini  beradi.  O‘zlashtirish 

qoidalari  odamlar  o‘zlarinig  xususiy  xulq  atvorini  o‘zgalarning  xulq  atvori  bilan 

taqqoslaydigan inson sifatida foydalanadilar. 

Psixologik  ta’sirning  mohiyati  o‘zaro  axborot  ayirboshlash  va  o‘zaro 

ta’siridan  iborat.  Psixologik  ta’sir  mazmuniga  ko‘ra:  pedogogik  boshqaruvchilik, 

ideologik  shaklda  bo‘lishi,  ruhiyatning  anglangan  va  anglanmagan  darajalarda 

amalga oshirilishi mumkin. 




 

27 


 

  1.3. Shaxs muloqatchanlik sifatining etnopsixologik xususiyatlari. 

Jamiyatimizning 

bugungi 


ijtimoiy 

hayotda 


ro‘y 

berayotgan 

tub 

islohatlarning mohiyati haqida fikr yuritilar ekan eng noyob milliy qadriyatlarning 



yosh  avlod  ruhiga  va  ma’naviy  dunyoqarashiga  singdirish  va  undan  manfaatlar 

yo‘lida  foydalanishning  yagona  yo‘llaridan  biri  bu  ularda  bilimdonlik  va 

muloqatchanlikning  etarli  darajada  shakllantirish.  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

ta’kidlaganidek,  duyoning  demokratik  qadriyatlaridan  baxraman  axolining 

bilimdonlik  muhim  kasb  etmoqda.  Faqatt  bilimli,  ma’rifatli  jamiyatgina 

demokratik  taraqkiyotning  barcha  afzalliklarini  qadrlay  olishi  va  aksincha  bilish 

kam,  omi  odamlar  avtoritarizm  iva  totalitar  tuzumni  ma’qul  ko‘rishini  hayotning 

o‘zi  ishonarli  tarzda  isbotlamoqda.  (I.A.Karimov  O‘zbekiston  XXI  asr 

bo‘sag‘asida.  1997).  Davlatimizda  mustaqillik  qo‘lga  kiritilib  xuquqiy  va 

demokratik islohatlar amalga oshirilishida qilinayotgan ijtimoiy sayi harakatlarning 

ne’mati  shundaki  mamlakatimiz  aholisining  bilim  doirasini  kengaytiradi.  O‘z 

tariximiz,  tilimiz,  milliy  qadriyatlarimiz,  madaniy  merosimiz  durdonalarini 

o‘rganishag xalq tafakkurining rivojlanishi uning o‘tmishi, bugini va ertasi haqida 

aniq  tasavvurlarga  ega  bo‘lishiga    imkon  yaratadi,  yoshlarni  mustaqil  fikr 

yuritishga o‘rgatadi. 

 

Barkamol  avlodni  tarbiyalash  yoshlar  ruhiyatiga  ijobiy  xususiyatlarni 



shakllantirish  ta’lim-tarbiya  tizimidagi  eng  dolzarb  masalalaridan  biridir.  Yoshlar 

xarakterida  muloqatchanlik sifatlarini tarbiyalash,ular  aqliy  taraqqiyoti  mentaliteti 

rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. 

 

Muloqatchanlik    (kommunikativlik)  shaxs  xarakterining  qirrasi  sifatida 



uning  o‘zga  kishilar  bilan  muloqati  jarayonida  rivojlanadi,  xulq-atvor 

mustahkamlanadi, hamda shaxsning o‘zga odamlarga nisbatan qiziqishini, ijtimoiy 

kuzatuvchanligi  refleksiv  va  empatik  xususiyatlarning  shakllanishiga  asos  bo‘lib 

xizmat qiladi. 

Shaxsning  muloqatchanlik  sifatlari  tug‘ma  xususiyat  bo‘lmay,  balki  milliy 

etnopsixologik  xususiyatlar  bilan  bir  qatorda  ilk  bolalik  davridanoq  shakllana 




 

28 


boshlaydi.  Bola  hayotining  dastlabki  kunidan  boshlaboq  ixtiyorsiz  holda  o‘zi 

dunyoga  kelgan  muhitidagi  turli  tuman  ta’sirlar  va  taasurotlar  ostida  shakllana 

boshlaydi. Bolaning biologik va ruhiy jihatidan rivojlanishi uchun ta’sir etayotgan 

bu  informatsiyalar  turli  sotsial  muhit  va  geografik  sharoitlarda  bir  xil  bo‘lmaydi. 

Garchi har bir inson ma’lum darajada mustaqil yashash va adolat ko‘rsatishga ega 

bo‘lsa ham lekin hayotda o‘z hohish va tushunchasi bilan yashab qolmay shuning 

bilan birgalikda o‘zi yashab turgan sotsial muhit va o‘zi mansub bo‘lgan xalkning 

tajriba  bilim  va  e’tiqodlarini  ham  o‘zlashtirib  boradi.  Chunki  odam  o‘zi  yashab 

turgan sotsial muhitdan butunlay chiqib ketib yashay olmaydi. 

Bola  faqat  milliy  muhitda  yashab  turgandagina  shu  millat  va  elatga  xos 

bo‘lgan  xususiyatlarni,  ya’ni  millat  vakili  bo‘la  oladi.  Bolaning  ontogenetik 

taraqqiyoti  davrida  tashqi  xatti  harakatlarini  botiniy  ya’ni  «aqliy»  xususiyatlariga 

aylanishi  davrida  unda  milliy  psixologik  qiyofa  asoslari  shakllana  boshlaydi. 

Individning  ijtimoiylanishi,  milliylanishi  ona  tilini  o‘zlashtirish  bilan  boshlanadi. 

Milliy  tilni  bilmaslik,  etnik  muhitdagi  jarayonlarni  tilda  ifodalayotgan  holat  va 

hodisalarning  mohiyatlarini  anglab  olishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Chunki  fikr  ifodasi 

uchun ishlatiladigan so‘zlarda milliy o‘ziga xoslik bo‘ladi.  

Tafakkur  bilan  til  va  nutq  bog‘liq  bo‘lganligi  uchun,  ruscha  tili  chiqqan 

bolalarning  fikirlash  malakasi  ham  ruscha  bo‘lib  o‘zbeklar  tilidan  farqlanadi. 

Chunki  insonning  tafakkur  tarzi  nutqida,  tilida  reallashadi,  moddiylashadi.  Ular 

o‘zbekcha  gaplashishga  o‘rganganidan  keyin  ham  ruscha  fikirlab,  o‘zbekcha 

gapirishga  harakat  qiladi.  Ruscha  tafakkur  tarzi  bilan  o‘zbekcha  gapirish  juda 

qiyin. 

 

Boshqa  millat  vakili  voqeylikni  o‘zbekning  ko‘zi  bilan  ko‘rib  o‘zbekona 



tafakkur  tarzi  bilan  idrok  eta  olgandagina  u  chinakamiga  o‘zbekcha  fikr  yuritib 

o‘zbekcha gapira boshlaydi. Ko‘rgan narsalarini idrok etish va mazmunni tushinib 

etish  miyaning  tug‘ma  xususiyati  bo‘lmay  bu  xususiyatni  u  turmush  tajribasi 

asosida xosil qiladi. Shuning uchun ham turli tabiiy sharoitlarda va sotsial muhitda 

yashab  voyaga  etgan  kishilar,  turli  hodisa  va  voqealarni  idrok  etishda  o‘ziga  xos 

sotsial psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. 




 

29 


Har  bir  avlod  vakillari  ajdodlarning  turmush  tajribalarini  til  va  madaniy 

xususiyatlarini  o‘zlashtirib,  millat  uchun  umumiy  bo‘lgan  shart  sharoitlar  ostida 

o‘sib,  tarbiyalanib borishi natijasida ularning  barchasida shu  millatga xos bo‘lgan 

umumiy  psixologik  xislatlar  shakllanadi.    Milliy  psixologiyada  xalqning  yashash 

sharoitlardan  kelib  chiqadigan  maishiy  odatlar  milliy  xarkater,  an’analar  milliy 

tuyg‘ular,  milliy  ong  va  milliy  o‘zini  anglash  kabi  xususiyatlar  aks  etadi.  Milliy 

xarakter o‘rganish ob’ekti sifatida qiyin, ammo o‘rganish mumkin bo‘lgan ijtimoiy 

tarixiy hodisadir. U milliy psixologik qiyofaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy 

xarakter milliy xayotdagi tarixiy kategoriya bo‘liib, uni o‘rganish tushuntirb berish 

uchun shu millat xayotini, tarixini, til va madaniyatini yaxshi bilish kerak.  

O‘tmish,  milliy  qadriyatlarini  bilish  donishmand  xalqimizning  asriy  an’ana 

va udumlarini o‘rganish  faqat  ma’rifiy  ahamiyat  kasb  etib  qolmasdan  shuningdek 

tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Zero milliy zaminda voyaga etmagan yoshlarda ota-

bobolarning  muqaddas  qadriyatlarni  asrab  avaylash,  xurmat  qilish  kabi  fazilatlar 

qaror  topadi.  Har  bir  xalqqa  xos  bo‘lgan  etnopsixologik  xususiyatlarini  bilishga 

bo‘lgan qiziqish qadim vaqtlardan beri mavjud. Bu avvalo insonlarga xos bo‘lgan 

tabiiy  qiziqish  orqali  paydo  bo‘lsa,  keyinchalik  ma’lum  amaliy  ehtiyojlar 

maqsadlar asosida rivojlanib borgan.  

Mamlakatimizda etnopsixologiyada asosan XX asrning 60 yillari o‘rtalarida 

keng ko‘lamda olib borila boshlandi. Milliy psixologik qiyofaning ichki tizimi va 

tuzulmasi  masalasida  A.I.Goryacheva,  S.M.Arutyunyan,  F.Filatov,  A.Bagromov, 

S.M.Junusov va boshqa tadqiqotlar asosida amaliy ishlarida atroflicha o‘rganilgan, 

yoritilgan. XIX asrda etnopsixologik xususiyatlarni o‘rgangan ko‘pgina mualliflar 

o‘z asarlarida milliy xarakterni real voqelik sifatida mavjudligini e’tirof etishgan.  

Ularning fikricha har bir xalq boshqa bir xalqqa o‘xshamaydigan  psixologik 

xususiyatlarga  ega.  Milliy  xarakterdagi  bu  farqlarni  xatto  kundalik  xayotida  ham 

ko‘plab  uchratamiz.  Millat  xarakterining    realligini  himoya  qiluvchi  mualliflar 

shunday  bir epizodni  tasavvur  qilishni tavsiya  etishadi.  Agar vagon  kupesiga ikki 

notanish  ingliz  chiqib  qolsa,  ular  safarlarining  oxirigacha  bir-biri  bilan  yaqindan 

suhbat qurmay, xatto bir og‘iz gapirmay ketishlari mumkin deyishadi.  




 

30 


O‘zbeklarchi?!  Aksincha  bir-biri  bilan  yaqindan  tanishib  bir-birini  butun 

hayotini  bilib  ulguradi.  Xalqning  butun  tarixi  davomida  orttirgan  har  bir  xarakter 

xislatlarining  vujudga  kelishi  kishilar  ruhiyatiga  atrofdagi  voqealiklarning  uzoq 

vaqt  davomida  ta’sir  etib  turishi  bilan  bog‘liqdir.  Ko‘p  tadqiqotchilar  milliy 

xarakterga  mehnatga  munosabat  vatanparvarlik,  erksevarlik,  jongovorlik, 

dovyuraklik  kabi  hislatlarni  kiritishadi.  Bizning  fikrimizcha  yuqoridagi  xislat  va 

sifatlar  bilan  bir  qatorda  milliy  xarakter  tarkibiga  yana  millatning  aql  tuzilishi 

boshqa  xalqlarga  bo‘lgan  munosabati  va  shu  millat  vkillarining  o‘zaro 

muosabatlarini  belgilovchi xususiyatlar kiradi. 

O‘zbek  oilalarida  bir  necha  avlod  vakillari  (xatto  3-4  avlod)  bir-biridan 

ajralmagan holda birgalikda bir hovlida, bir mahallada yashab bir qozondan ovqat 

eb  kelishgan.  Shuning  uchun  ilgarilari  mavjud  bo‘lgan  kata  oila,  ichida  bir  necha 

avlod  vakillari  yashayotganligini  uchratish  mumkin.  Oila  boshlig‘i  bo‘lgan  ota 

o‘g‘illarini  uylantirgandan  keyin  ham  uzoq  vaqt  ularni  mustaqil  oila  qilib  ajratib 

yubormagan.  Yangi  oila  qurgan  ug‘il  kata  oila  boshlig‘i  bo‘lgan  ota  qo‘l  ostida 

ishlab  xo‘jalik  yurgizish  ishlarida  unga  yordam  bergan.  Agar  yangi  oila  ota-ona 

bag‘ridan ajralib chiqqan taqdirda ham ular oilasi uchu nota unga uzoq bo‘lmagan 

joydan hovli yoki er sotib olib bergan, yohud o‘z eridan uy qurish uchun joy ajratib 

bergan. Yangi oilaning kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan uy buyumlari ajratib 

berilgan.  Lekin  shunda  ham  ota  o‘z  erini  parchalanib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymagan. 

Xo‘jalik  yurgizishda  bunday  patriarxal  uklad  xokim  bo‘lgan  xalqlarning  deyarli 

hammasida  oila  boshlig‘i  kattalarni  xurmatlash  ularning  aytganini  to‘xtovsiz 

bajarilishi  odat  tusini  olgan  va  keyinchalik  u  mustahkamlanib  xalqning  xarakter 

xislatiga  aylanib  ketgan.  Oila  ierarxiyasida  o‘zaro  munosabatlarda  ma’lum  yosh 

guruhidagi har bir kishi o‘zidan yuqori yoshda turgan kishilarga itoat etgan, ularga 

xurmat  extirom  ko‘rsatilgan.  O‘zbeklarda  aka-ukalar,  qarindosh  o‘rtasidagina 

emas, shuningdek qo‘ni-qo‘shnilar bilan ham  yaxshi munosabatlar o‘zaro yordam 

va  hamkorlik  ko‘rsatish  xislar  ancha  rivojlangan.  Kadim  vaqtlardayoq  bir  urug‘ 

yoki  qabila  bir  mahalla  yoki  butun  qishloqda  birgalikda  yashagan.  Kamdan-kam 

hollardagina  begona  urug‘  yoki  qabila  notanish  joylarga  ko‘chib  borgan.  Hozir 




 

31 


ham  ko‘p  qishloqlarda,  maxallalarda  qarindosh  urug‘chilik  tamoyili  asosida 

shakllanadi.  Bundan tashkari, milliy tabiatimizda o‘zaro mehr- oqibat, muruvvat, 

andisha,  or-nomus,  sharxayo,  ibo-iffat  kabi  betakror  fazilatlar,  bag‘rikenglik, 

mehmondo‘stlik, oqqo‘ngillik xususiyatlari mavjud.  

Bunday  hamjihatlik,  bir-birini  qo‘llab  turishlik,  faqat  qo‘shnilar 

o‘rtasidagina  bo‘lib  qolmasdan  butun  mahalla  va  qishloq  aholisi  o‘rtasida  ham 

kuchli  rivojlangan.  Qo‘ni-qo‘shni,  mahalla  qo‘yni  va  hamqishloqlarning  bunday 

bir-birini  qo‘lab-quvvatlab  turishlari,  bir-birlarini  manfaatlarini  himoya  qilishlari 

kishilarning uzoq davrlar mobaynida birgalikda yashab kelishi mahalla va qishloq 

ahlining  bir-birlariga  qarindosh  urug‘chilik  iplari  bilan  bog‘langanliklari 

natijasidir.  Ota-ona  hurmatini  bajo  keltirish,  keksalarni  ezozlash  kabi  odat  va 

an’analar  o‘zbek  oilalarida  yoshlikdan  bolalar  ongiga  singdiriladi.  Ota-ona  va 

kattalar, yoshlarga boshqalar bilan muomala qilish va munosabatga kirishish, yo‘l-

yo‘riqlarni o‘rgatib, odamiylikdan insonparvarlikdan saboq berib boriladi. O‘zidan 

kata  yoshda  bo‘lgan  an’anaga  ko‘ra  yoshlar  ularni  ko‘rganda  tanish-

notanishligidan  qət’iy  nazar  ularga  birinchi  bo‘lib  salom  berishni  yo‘lda 

uchratganda  birinchi  bo‘lib  doimo  «Siz»  deb  muomalada  bo‘lishi,  ularning  ismi, 

laqabini aytib chaqirmasligi qo‘lidan yukni va yumushini olishi hamma erda ularga 

joy berishligi va shunga o‘xshash odob normalariga rioya qilishlari kerak bo‘ladi.  

O‘zbek  xalqiga  mos  milliy  xususiyatlar.  Muammolari  jarayonidagi  eng 

e’tiborli  jihatlari  haqida  to‘xtalish  bilan  birga,  jahon  etnopsixologiyasi,  uning 

dolzarb  muammolari  asosiy  kategoriyalariga  xam  to‘xtalib  o‘tish  joiz  deb  topdik. 

Chunki  hech  bir  millat  o‘zi  alohida  holda  taraqqiy  eta  olmaydi.  Boshqa  milliy 

vakillari  bilan  o‘zaro  ta’sir  mazkur  millat  vakillari  ruhiyatida  yangi  xislatlarning 

tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. 

Hozirgi  paytda  etnopsixologiya  butun  dunyoda,  jumladan  Rossiya  va 

O‘zbekistonda  ham  o‘zining  rivojlanish  pallasiga  kirgan.  Milliy  mansublik 

milltlararo  munosabatlar,  migratsiya  muammolari,  madaniyatlari  ta’siri,oz  sonli 

millatlar  muammosiga  bag‘ishlangan  (imperik)  ko‘p  sonli  imperik  tadqiqotlar 

etnopsixologiyaning 

rivojlanishiga 

kata 


ta’sir 

ko‘rsatmoqda. 

Hozirda 



 

32 


etnopsixologiya-ma’lum  millat  va  etnik  birlik  vakillarining  o‘ziga  xos  ruhiy 

qiyofasi, xulq-atvorini «mentalitetni» o‘rganadi. Har bir xalqqa xos bo‘lgan milliy 

xarakter  urf-  odat  va  an’analar,  milliy  to‘yg‘ular  va  did,  etnik  ong  va  milliy  o‘z-

o‘zidan  anglashni  vujudga  keltirish,  namoyon  bo‘lishi  o‘zgarish  va  rivojlanishi 

kabi masalalar ham etnopsixologiyaning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. 

Etnopsixologiyaning  maqsadi-ijobiy  etnik  va  madaniy,  mansublikning 

psixologik  mexanizmlarini  shu  bilan  birga  guruhiy  va  shaxsiy  darajadagi  etnik 

tolerantlik shakllanishning psixologik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.  

Etnopsixologiya taraqqiyotining hozirgi bosqichida uning asosiy vazifalarini 

qo‘yidagicha belgilash mumkin:  

1.

 

Millatlararo o‘zaro ta’sirning ijtimoiy psixologik muammolarini tadqiq etish 



(millatlararo  o‘zaro  idrok,  millatlararo  tanglik,  etnotsentrizm,  etnik  notolerantlik 

milliy mansublikni xis qilishning o‘zgarishi milliy migratsiya va boshqalar). 

2.

 

Milliy  mansublikning  individual-shaxsiy  darajada  namoyon  bo‘lishi, 



shakllanishi  va  namoyon  bo‘lish  xususiyatlarini  o‘rganish,  millatlararo  o‘zaro 

ta’sirida  shaxsning  o‘z-o‘zini  boshqarish  muammosi:  shaxsning  milliy 

mansublikning o‘zlashtirish xususiyati etnopsixologiya va boshqa muammolar. 

3.

 



Madaniyatlararo  o‘zaro  ta’sir  muvoffaqiyatin  ta’minlovchi  ijtimoiy 

psixologik  terminning  usullari  va  dasturlarini,  shaxsning  etnopsixologik 

korrektsiya qilish usullarini yaratish va tadbiq etish. 

4.

 



Insonlar  hayotiga  etnik  va  madaniy  mansublikning  ta’sir  etish  psixologik 

qonuniyatlarini 

tushuntirish 

maqsadida 

etnik 

psixologik 



nazariyalarini 

rivojlantirsh. 

Xozirgi  zamon  psixologiyasida  etnos  tushunchasining  mohiyati,  tabiati  va 

tuzilishi haqida yagona ta’rif mavjud emas. Eng keng tarqalgan ta’rifga ko‘ra etnos 

muayyan  xududdan  tarixan  tarkib  topgan,  nisbatan  barqaror  xususiyatlarga  til 

madaniyat  va  ruhiyatiga  ega  bo‘lgan  o‘zining  yaxlitligi  va  boshqalardan  ajralib 

turuvchi 

tamoyillarini 

anglash 

qobiliyatiga 

ega 

bo‘lgan 


kishilar 

uyushmasidir.(Bromley Yu.V.1983). 




 

33 


Gumilev  L.M.  fikricha,  etnos-tabiiy  xodisa  bo‘lib,  u  o‘zini  unga  o‘xshash 

jamoalariga qarama-qarshi quyuvchi, o‘ziga xos xulq-atvor steroetiplariga va ichki 

tuzilishiga  ega  bo‘lgan  kishilar  jamoasidir.  (Gumilev  L.M.  1993).  Uning 

ta’kidlashicha, xulq-atvorning etnik sterotiplari irsiyat orqali belgilanmaydi. Balki 

bola  tomonidan  madaniy-  ijtimoiylashuv  jarayonida  o‘zlashtriladi.  Inson  hayoti 

davomidi mustahkam va kam o‘zgarishga uchraydi. Etnik steretipni namoyish etish 

maqsadida L.M.Gumilev shunday hazil misol keltiradi:   agar tramvayda bir necha 

millatga  mansub  yo‘lovchilar  bo‘lsa  va  unga  qattiq  kayf  xolatidagi  yana  bir 

yo‘lovchi chiqsa, har bir millat vakillari o‘zlarini turlicha his qiladilar. Ruslarning 

rahmi  kelib  uni  o‘tirishga  taklif  qiladi,  tatarlar  undan  nafratlanadi,  ijirg‘anadi, 

nemis militsioner chaqiradi, gruzin  bo‘lsa kayf kishining xatti zarakatiga jismoniy 

kuch ishlatish bilan javob beradi. 

 

Ko‘p  yillar  davomida  etnopsixologiya  va  etopsixologiyada  empirik  va 



nazariy  tadqiqotlarning  predmeti  sifatida  etnik  o‘z-o‘zini  anglash  individual 

tomondan  o‘zining  muayyan  etnik  birlikka  masubligini  anglash  qabul  qilingan. 

Keyinchalik etnik ong degan tushuncha kiritilgan bo‘lib, etnik birlik vakillarining 

o‘zining  va  boshqa  etnoslarning  ijtimoiy  psixologik  ustanovka  va  stereotiplpri 

haqidagi tasavvurlar yig‘indisini ifodalaydi. 

 

Milliy  ong  etnik  taraqqiyotning  ilk  bosqichlarida  vujudga  kelgan  etnik 



ongning davomi bo‘lib, o‘zinig ma’lummillatiga masubligini anglash hisoblanadi. 

Milliy  o‘zini-o‘zi  anglash  millatning  o‘z  manfaat,  maqsad  va  motivlarini  anglab 

etish darajasini bildiradi. 

 

Shuningdek  u  millat  tomonidan  o‘zini  o‘tmish  tarixi  etnik  kelib  chiqishi, 



milliy  g‘oyalari,  kelajagi,  jahon  hamjamiyatida  tutgan  o‘rnini  bilishi  bo‘lib, 

vatanparvarlik, milliy g‘urur, sha’ni burch ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. 

Agar  insonning  milliy  ongi  uning  milliy  mansubligini  anglash,  milliy  xayotidagi 

voqealarga  bildirayotgan  munosabati  bo‘lsa,  milliy  o‘z-o‘zini  anglash  esa,  milliy 

manfaatlarni bilish anglash darajasini bildiradi. 

 

Bu  darajada  nechog‘li  yuqori  bo‘lsa,  milliy  o‘zini-o‘zi  anglash  ham  shu 



darajada  bo‘ladi.  Milliy  ongning  eng  dastlabki  ko‘rinishi  bo‘lishi  etnik  ong  yillar 


 

34 


davomida  emas,  asrlar  davomida  yagona  til  xudud,  ahloq  va  urf  odatlar  birligi 

asosida  vujudga  kelgan.  Bundan  ayniksa  etnos  asoslari  kelib  chiqishidagi 

umumiylikni anglash muhim omil hisoblanadi. 

 

Etnik  ongning  eng  muhim  ijtimoiy  vazifasi  odamning  ma’lum  egnik 



guruhiga  mansubligini  anglash  va  xis  qilishning  ta’minlashidir.  Agar  etnik 

psixologiyada  etnik  ong  va  etnik  o‘zini-o‘zi  anglash  kabi  muhim  ustivorlar 

bo‘lmaganda edi, milliy ong urf odat va an’analar, milliy xarakter, milliy tuyg‘ular 

va didning bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tishi qiyinlashib qolgan bo‘lardi. 

Milliy ong qotib qolgan  narsa bulmay, xalqning tarixiy rivojlanishi ishi jarayonida 

o‘zgarib  yuqori  bosqichga  milliy  o‘zini-o‘zi  anglashga  o‘tadi.Milliy    o‘z-o‘zini 

angalsh, millat xayotidagi murakkab ziddiyatli jarayon bo‘lib, uning rivojlanishiga 

jamiyat  hayotida  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatlar  bilan  birga  xalqaro 

hayotidagi  voqea  va  hodisalar  ham  o‘z  tasirini  ko‘ratadi.O‘zbekistonning  milliy 

mustaqillikka erishishi xorijiy mamlakatalr bilan siyosiy- iqtisodiy, ilmiy aloqalari 

millat  vakillari  ongida  kata  o‘zgarishlar  bo‘lishiga  milliy  o‘zini-o‘zi  anglashning 

rivojlanishiga  va  boyishiga  olib    keladi.  Milliy  o‘zini-o‘zi  anglashda  milat 

ziyolilari  etakchi  rol’  o‘ynaydilar.  Ular  o‘z  milliy  tilida  san’at  adabiyotni 

rivojlantirish  milliy  qadriyatlari  uchun  qayg‘urish  orqali  miliy  manfaat  g‘oyalar 

uchun kurashib, milliy o‘zlikni rivojlanishiga xizmat qiladilar. Bu kurash ayniqsa, 

milliy  til,  qadriyatlar  kamsitilgan,  milliy  manfatlar  xavf  ostida  qolgan  paytlarda 

kuchayadi. Milliy mansublikni anglash bilan bog‘liq ancha barqaror bo‘lib, doimo 

ijtimoiy  siyosiy,  tarixiy  o‘zgarishlar  ta’siriga  berilmasligi  yoki  nisbatan  kam 

berilishi  mumkin.  Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak  tarix  taqozasi  bilan  o‘z  Vatanidan 

ajrab boshqa yurtlarga borib qolgan va u erda uzoq vaqtlar davomida yashayotgan 

kam  sonli  millat  vakillaridan  milliy  ongni  shakllanishi  va  saqlanishi  o‘ziga  xos 

qonuniyatlar  asosida  kechadi.  Ularni  milliy  tilni  saklash,  milliy  urf-odat  va 

an’analar  roiya  qilish  imkoniyatlari,  milliy  qadriyatlar  bilan  bevosita  aloqasi 

ma’lum  darajada  cheklangan.  Bunday  sharoitda  har  bir  avlod  vakilida  etnik  ong 

avlod  tomonidan  berilayotgan  ma’lumotlar,  oila  a’zolari  va  yaqin  qarindoshlari 

o‘rtasida  so‘zloshuv  vositasi  hisoblangan  oan  til,  milliy  madaniyat  xaqidagi 




 

35 


bilimlar  asosida  vujudga  keladi.  Hozirga  zamon  etnopsixologiyada  etnik 

avtostereotip  o‘z  etnik  guruhi  a’zolarining  tasavvur  va  tasiflari  getereostereotip 

boshqa etnik guruh vakillarining obrozlari shaklida farklanadi. Ko‘p sonli empirik 

tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha  etnik  avtostereotiplar  etnik      getereostereotiplarga 

nisbatan  ijobiy  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Etnik  stereotiplarning  qo‘yidagi  uchta 

muhim 


vazifasi: 

bilish, 


kommunikativ 

va 


ijobiy 

ettnik 


mansublikni 

(identifikatsiya)  himoya  qilish  vazifalari  ajratib  ko‘rsatilgan.  Shuningdek, 

etnopsixologiyada etnotsentrizm iborasi ham qo‘llanilladi. Etnotsentrizmni boshqa 

kishilar  xulq-atvorning  o‘z  madaniyati  prizmasi  orqali  idrok  qilish  bo‘lib,  bu 

tushuncha 1906 yilda U.Samler tomonidan fanga kiritilgan.  

 

Madaniyat-  murakkab  tushuncha  bo‘lib  ham    moddiy  (oziq-ovqat,  kiyim-



kechak)  ham  ijtimoiy  (jamiyat  tuzilishi  va  tashkil  kilinishi)  ham  individual  hulq-

atvor  uchun  ham  ta’luqlidir.  Madaniyat  inson  faoliyati  marosim  va  ana’nalar 

namoyon  bo‘ladi.  Madaniyatni  tasnilash  uchun  «Madaniy  sindrom»  degan  ibora 

kiritilgan  (triandis,1994).  «Madaniy  sindrom»  -  bir  madaniyatni  boshqa 

madaniyatdan  ajrtib  turuvchi  qadriyatlar  ko‘rsatmalar,  diniy  e’tiqod,  hulq-  atvor 

normalari  va  modellari  yig‘indisidan  iboratdir.  Triandis  madaniy  sinlromning 

«oddiylik  va  murakkablik»,  individualizm  va  kollektivizm  ochiqlik  va  yopiqlik 

kabi tillarni ajratib ko‘rsatadi. Madaniyat qanchalik murakkab bo‘lsa, undagi rollar 

shunchalik  ixtisoslashgan  murakkab  bo‘lmagan  tarqoq  aralash  holda  bo‘ladi. 

«Individualizm-kollektivizm» madaniyatning o‘lchamining eng muxim me’yoridir. 

Individualistik  madaniyatda  individual  maqsadalar  guruh  manfaatlaridan  ustunlik 

qiladi.  Kollektivistik  madaniyatda  esa  guruh  manfaatlari  individual  maqsadlardan 

muximroq  hisoblanadi.  Har  bir  madaniyatda  inson  ongi  va  xulq-  atvorida  ham 

individuallik  ham  jamoatchilik  an’analari  namoyon  bo‘ladi,  ammo  ba’zi 

tadqiqotchilarning  fikricha  individuallik  G‘arb  uchun  jamoatchilik  Sharq  uchun 

ko‘proq  mos  ekan.  Hozirgi  zamon  tadqiqotlarida  jamoatchilikni  ikki  tipga 

gorizantal  (odamlarning  bir-biriga  o‘zaro  bog‘liqligini  ifodalaydi)  va  vertikal 

(individning  guruhda  xizmat  qilishi)  tiplarga  ajratiladi.  Bu  tiplar  bir-biri  bilan 

o‘zaro  aloqaga  ega.  Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha  jamoatchilik  madaniyatida 



 

36 


yozilgan  insonlar  xulq-atvori  ushbu  madaniyatda  qabul  qilingan  normalari  bilan 

individuallik  madaniyatida  esa  individning  xususiyatlari  va  ko‘rsatmalari  bilan 

belgilanadi.  G.Pernandis  modelning  asosida  madaniyat  muloqat  jarayoniga 

to‘g‘ridan to‘g‘ri bevosita emas balki bilvosita muloqat vaziyat omillari orqali tasir 

etadi.  

 

Norma,  qoida  va  rollar  muloqat  samarodorligiga  ta’sir  etuvchi 



madaniyatlararo  o‘zaro  ta’sir  vaziyati  omillaridir.  Ular  ko‘p  jihatdan  madaniyat 

bilan  belgilangan  bo‘lib,  bizning  verbal  va  noverbal  axborotlarni  qanday 

kodlashtirish  yoki  dekodlashtirishimizga  ta’sir  etadi,  sheriklarning  bir-biri  bilan 

o‘zaro  aloqaga  ega.  Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha  jamoatchilik  madaniyatida 

yozilgan  insonlar  xulq-atvori  ushbu  madaniyatda  qabul  qilingan  normalari  bilan 

individuallik  xususiyatlari  va  ko‘rsatmalari  bilan  belgilanadi.  G.Pernandis 

modelning asosida madaniyat muloqat jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita emas 

balki bilvosita muloqat vaziyati omillari orqali ta’sir etadi. 

Norma, 

qoida 


va 

rollar 


muloqatsamaradorligiga 

ta’sir 


etuvchi 

madaniyatlararo  o‘zaro  ta’sir  vaziyati  omillaridir.  Ular  ko‘p  jixatdan  madaniyat 

bilan  belgilangan  bo‘lib,  biznig  verbal  va  noverbal  axborotlarni  qanday 

kodlashtirishimiz yoki dekodlashimiz ta’sir etadi, sheriklarning bir-birini tushinishi 

va  muloqat  muvofaqqiyati  ham  unga  bog‘liq  bo‘ladi.  Verbal  ijtimoiylashuv 

jarayonida  bola  tomonidan  o‘zaro  ta’sir  va  normalari  qoidalari  dunyoning  «etnik 

ko‘rinishi» modeli, madaniy jinsiy roli mansublikni anglash asosini tashkil etuvchi 

qadriyatlar  va  tasavvurlar  o‘zlashtirib  boriladi.  Tilni  o‘rganishning  turli 

bosqichlarida  bolalar  nutqiy  o‘zaro  ta’sir  usullarini  o‘rganish  bilan  hayotiy 

vaziyatlarda yaxshi suhbatdosh bo‘lish roliga ham o‘rganib boradilar.  

 

Etnopsixologiyada  nutqiy  kommunikatsiya  usullarining  to‘rt  o‘lchovi 



farqlanadi; 

1.

 



Bevosita va bilvosita usul. 

2.

 



Keng va qisqa usul. 

3.

 



Shaxsiy va vaziyatli usul. 

4.

 



Predmetli (instrumental) va affektiv usul. 


 

37 


Bevosita  nutqiy  usul  so‘zlovchining  xaqiqiy  hohish  istagi,  ehtiyojlari  va 

umidlari aks etadigan nutqiy xabarlar uchun xosdir. 

Bilvosita usul esa so‘zlovchining maqsadlari yashirin bo‘lgan nutqiy xabarlarda 

namoyon  bo‘ladi.  Ko‘plab  mutaxassislarning  fikricha,  bilvosita  usul  jamoatchilik 

madaniyati  uchun,  bevosita  usul      esa  individual  madaniyat  uchun  xosdir.  Keng 

(batafsil)usulda  muloqat  jarayonida  til  boy  ekspressiv  imkoniyatlaridan 

foydalaniladi. Qisqa usul kundalik mulatda ixcham fikirlar tanaffus va sukunatdan 

foydalanishdir.  Yaqin  Sharq  madaniyati uchun batafsil usul, Osiyo  madaniyati va 

ayrim Amerika xindulari uchun esa qisqa usul xosligi adabiyotlarda ta’kidlangan.  

Shaxsiy  verbal  usulning  markazida  individ  vaziyatli  usulda  esa  uning  roli 

turadi. Nutqiy muolqatning vaziyatli usulida tildan ijtimoiy tartib ierarxiyasi va roli 

pozitsiyasini  aks  ettirsh  maqsadida  foydalaniladi.  Shaxsiy  usul  tildan  ijtimoiy 

tenglik va roli pozitsiyalar simmetriyasini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Uzoq 

Sharq,  Janubiy  Sharqiy  Osiyo  (Molayziya,  Hindiston,  Indoneziya)  va  ko‘plab 

Afrika  (Gana,  Nigeriya)  madaniyatlarida  nutqiy  o‘zaro  ta’sirining  vaziyatli  usuli 

ustun turadi. Avstraliya, Shimoliy evropa (Daniya, Fillandiya, Shvetsiya) va AQSh 

madaniyatida verbal kommunikatsiyaning shaxsiy usul etakchi o‘rin tutadi.  

Predmetli  muloqat  usuli  so‘zlovchi  va  muloqat  maqsadiga  yo‘naltililgan, 

affektiv  usul  esa  tinglovchi  esa  kommunikatsiya  jarayoniga  yo‘naltirilgan. 

R.Okabening  fikricha,  predmetli  usul  AQSh,  affektiv  usul  esa  Yaponiya 

madaniyatiga xos ekan. Ona tilini o‘zlashtirguncha bo‘lgan davrdan bola noverbal 

muloqat  asoalarini  tushunishga  o‘rganib  boradi.  Muayyan  ta’siri  madaniyat 

ta’sirida  tarbiyalangan  odam  shu  muxitdagi  noverbal  muloqat  tilini  bexato 

tushinishi  mumkin.  Shaxslararo  masofani  o‘rganish  maqsadida,  Yaponiya 

Venesuella  va  AQSh  da  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  natijalariga  ko‘ra  agar  Yaponlar 

ona  tilida  so‘zlashsalar  bir-birlaridan  uzoqroq  utirishiga  harakat  qiladilar, 

amerikaliklar  o‘rtacha  masofa  saqlaydilar,  Venesuellaliklar  esa  bir-birlariga  juda 

yaqin  o‘tiradilar.  Barcha  madaniyatlarda  ham  ayollar  bir-biolariga  juda  yaqin 

o‘tiradilar.  Turli  tuman  madaniyatga  ega  bo‘lgan  xalqlarda  to‘yish  orqali  o‘zaro 

ta’sirga  turlicha  mazmun  va  e’tibor  beradilar.      Quyi  darajada  aloqa  (kontakt)da  




 

38 


madaniyatarda  juda  kam,  yuqori  darajada  aloqa  (kontakt)  da  bo‘ladigan 

madaniyatlarda  esa  ko‘p  foydalanadilar.  Xollining  ta’kidlashicha,  arablar 

amerikaliklar  bilan  muloqatda  tutish  orqali  kontakt  yo‘qligi  sababli  o‘zlarini 

noqulay  (diskomfort)    his  qiladilar.  Kuzatishlarda  aniqlanishicha,  do‘stini  hidini 

tuyish  arablar  uchun  tinchlantiruvchi  sifatida  ta’sir  etar  ekan.  Yaqin  Sharqning 

ayrim  hududlarida  sovchilar  kelin  ko‘rgani  borganda,  uni  hidlab  ko‘rish  uchun 

ruxsat  so‘rashar  ekan.  Noverbal  muloqatning  beshta  muhim  vazifasi  ajratib 

ko‘rsatiladi; 

1.

 

Shaxslararo munasabatni ifodalash; 



2.

 

His-to‘yg‘u va kechinmalarni ifodalash; 



3.

 

Verbal muloqat jarayonini boshqarish; 



4.

 

Imo-ishoralar bilan almashinish. 



5.

 

O‘z-o‘zini namoyish etishini boshqarish. 



Noverbal  muloqatning  eng  muhim  maqsadi  uning  beshta  vazifasini 

birlashtirish-shaxslararo  sinxronlikka  erishishdan  iborat.  Shaxslararo  sinxronlik 

ikki  kishi  o‘rtasida  verbal  va  noverbal  muloqat  darajasidagi  harakat  ritmining 

o‘zaro muvofiqligidan iborat. Xollning fikricha, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika 

mamlakatlari  odamlari  mazkur  ritmik  harkatlardan  ko‘proq  xabardorlar.  Shimoliy 

evropa  xalqlarida  esa  bu  hakdagi  ma’lumotlari  nisbati  kamroq  ekan.  Bir  qator 

olimlar  tomonidan  «muloqatdagi  muvofiqliq»,  «kommunikativ  kompetentlik» 

degan  ibora  ham  taklif  qilingan  bo‘lib,  turli  madaniyatlarda  verbal  va  noverbal 

hulq-atvor  mlodellari,  me’yor  va  qadriyatlarning  ahamiyatini  tushinish  va 

o‘zlashtirishda o‘z aksini topadi. Agar inson bolasining tug‘ilishi onglarida boshlab 

uning  ilk  rivojlanish  davri  xususiyatlariga  e’tibor  beradigan  bo‘lsak,  dastlab  u  

nisbatan  faqat  o‘z  ichki  hissiyotlari,  to‘yg‘ular  davomida  muayyan  xudbinlik 

doirasida rivojlanadi. Ya’ni uning uchun o‘z xohish istaklari, ehtiyojlari va ularni 

qondirishdan  ortiq  tashvish  yo‘qday.  Lekin,  o‘sha  ehtiyojlar  orasida  ota-onasiga, 

eng  yaqinlariga  nisbatan  hissiy  intilish,  ular  bilan  emotsional  muloqatga  kirishish 

istagi  kuchli  bo‘lgani  sabab,  u  insonlar  jamiyati  va  undagi  munosabatlar 

me’yorlarini  sekin-asta  o‘zlashtirib  boradi.  3yoshdan  so‘ng  oiladagi  muloqatga 



 

39 


tengqurlar  jamiyatidagi  muloqat  qo‘shilish  munosabati  bilan  bola  xudbinlik 

kayfiyatidan  yanada  tezroq  voz  kecha  boshlaydi.Aks  holda  jamiyat,  ko‘pchilik 

uning    injiqliklarini  ko‘tarmaydi.  Shu  tarzda  sog‘lom  muloqat  muhiti  bolani 

ko‘pchilik  fikriga  ergashish  ko‘pchilik  haq  deb  e’tirof  etgan  axloq  me’yorlarini 

egallash, insoniylik tamoyillariga amal qilishga o‘rgatadi. 

 

«Yaxshi  so‘z-qiliqdan  ham  kuchli»  degan  gap  bor.  Darhaqiqat,  o‘rnida 



ishlatiladigan  so‘zlar  yorqin  va  dildan  bayon  etilgan  nutq,  ba’mani  fikr  har  doim 

odamlarning  xulq-  atvoriga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Muloqat  jarayonida  fikrga, 

sog‘lom g‘oyaga ega bo‘lish, masalasining bir jihati.Uning boshqa bir muhim jihati 

anna  shu  fikrni  bayon  eta  olish  qobiliyatidir.  Nima  haqida  gapirish  emas,  u 

to‘g‘rida  qanday  gapirish  ham  o‘ta  muhim.  Aksariyat  o‘zbek  ayollari 

ko‘pchilikning  ochiqligi,  so‘zga  chechan,  dilkash  va  dilbarligi  bilan  boshqa  xalq 

ayollardan  ajralib  turgan.  Ayniqsa  inson  ko‘nglini  asrash,  unga  muloyimlik  bilan 

yo‘l topish bobida ayollarning oldiga tushadigani kam topiladi.  

 

Xalqimiz  orasida  «Bordisini  oytguncha  shoshmay  tur»,  «Tomdan  tarasha 



tushganday  gapiradi»  degan  naqllar  bor,  tadbirkor  va  aqlli  odamlar 

suxbatdoshlariga  biror  jiddiyroq  fikrni  aytishdan  oldin  tinglovchi  suxbat 

mavzusiga  obdan  tayyorlab  olishga  xarakat  qiladilar.  Shunday  qilinganda 

eshituvchi har qanday hayajonli yoki qayg‘uli xabarni ham ancha engil qabul qiladi 

va  unga  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘ladi.  Muhimi  shundaki,  bu  odat  deyarli  xama 

xalqlar uchun xos bo‘lib, suxbatni muvaffaqiyatli chiqishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. 

Muloqat  jarayonida  suxbatdoshlar  jinsga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Ayollar  nutqi 

erkaklar  nutqidan  har  jixatdan  tovushlar  ifodasi  lug‘attarkibi,  til  qurilishi  kabi 

tomonlari  bilan  sezilarli  darajada  farqlanib  turadi.  Erkaklar  nutqi  ham  qisqa  va 

lo‘ndaligi,  bosiq  va  qatiy  ohangda  aytilishi  va  boshqa  ko‘p  jihatlari  bilan  ayollar 

nutqidan  farqlanadi.  Shu  boisdan  bo‘las  kerak,  muomala  bobida  dunyoga 

mashxurbo‘lgan  Yaponiya  mamlakatida  32  ta  so‘zdan  ortiq  so‘zlagan  kishini 

ayollar  toifasiga  kirittar  ekan.  Yuqoridagi  fikirlardan  ko‘rinib  turibdiki  muloqat 

jarayoni  muvoffaqqiyati  suxbatdoshlarning  yoshi,  jinsi,  kasbi    va  etnopsixologik 

xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.  



 

40 



Download 278,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish