2.2. «Liri» metodikasi.
Liri metodikasi shaxslararo munosabatlarni shaklini, xususiyatlarini,
shuningdek tekshiriluvchilarning o‘zi to‘g‘risidagi, o‘zining «ideal men»i
44
to‘g‘risidagi tasavvurlarini va uni o‘z- o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga
yordam beradi.
1.
Hamkorlik qila olasizmi?
2.
O‘zingizga ishonasizmi?
3.
Boshqalar hurmatiga egasiz?
4.
Ustingizdan buyruq berishni yoqtirasizmi?
5.
Oqko‘ngilsiz.
6.
Shikoyatchisiz.
7.
Boshqalar yordamiga murojat qilasiz.
8.
Boshqalar qo‘llashini istaysiz.
9.
Boshqalarni xursan qilishga oshiqasiz.
10.
Siz ma’suliyatlisiz.
11.
Ahamiyatli shaxs sifatida bulishni yoqtirasiz.
12.
O‘zingiz xurmat qilasiz.
13.
Ruhan ko‘tarasiz.
14.
Minnatdor bo‘lasiz.
15.
Qahrlisiz.
16.
Maqtanchoqsiz.
17.
O‘z manfaatingizni qo‘llaysiz.
18.
O‘zingizni nohaq ekanligingizni tan olasiz.
19.
Zolimsiz.
20.
O‘zingizni aytganingizda tura olasiz.
21.
Qalbi daryosiz.
22.
Buyruq berishni yoqtirasiz.
23.
Xukmdorsiz.
24.
Boshqalar xavasini uyg‘ota olasiz.
25.
Boshqalarga qaror qabul qilishi xuquqini bera olasiz.
26.
Yuvoshsiz.
27.
Kechirimlisiz.
28.
Befarq bo‘la olasiz.
45
29.
Manfaat qo‘llamaysiz.
30.
Maslaxat berishni yoqtirmaysiz.
31.
Mustaqil emassiz.
32.
O‘zingizga qat’iy ishonasizmi?
33.
Har bir odam sizga xavas qilishni hohlaysizmi?
34.
Tez-tez xafa bo‘lasizmi?
35.
Sizda biror fikrni uyg‘otish qiyinmi?
36.
Kechirimlisiz.
37.
To‘g‘ri so‘lisiz.
38.
G‘azablisiz.
39.
Bo‘ysinishni yoqtirasiz.
40.
Boshqalarga buyruq bera olasiz.
41.
O‘z-o‘zingizni tanqid qila olasiz.
42.
G‘ayratlisiz.
43.
Xushmuomalasiz.
44.
Yonbosuvchisiz.
45.
Uyatchansiz.
46.
Boshqalarga g‘amho‘rlik qilishni yoqtirasiz.
47.
Faqat o‘zingizi o‘ylaysiz.
48.
Quloq soluvchansiz.
49.
Yordamga shoshilasiz.
50.
Buyruq bera olasiz.
51.
Tez-tez hafsalangiz pir bo‘ladi.
52.
Qahringiiz qattiq.
53.
Tez-tez g‘azablanasiz.
54.
Boshqalarni tanqid qilasiz.
55.
Doimo do‘stona munosabatda bo‘lasiz.
56.
Uyquchisiz.
57.
Ishonmaysiz.
58.
Rahbarni hurmat qilasiz.
46
59.
Rashqchisiz.
60.
Yig‘lashni yoqtirasiz.
61.
Tortinchoqsiz.
62.
Tez-tez xafa bo‘lasiz.
63.
Tez-tez urushib janjallashib turasiz.
64.
Xukmdorsiz.
65.
Tashabbuskor.
66.
Qattiqqo‘l bo‘la olasiz.
67.
Oriyatlisiz.
68.
Hammaga yoqasiz.
69.
Ishbilarmonsiz, tajribalisiz.
70.
Hamdardsiz.
71.
Diqqatlisiz.
72.
Ayyor va hisb kitob qilasiz.
73.
Boshqalar fikrini baholaysiz.
74.
O‘z-o‘zingizdan xursandsiz.
75.
Juda ishonuvchansiz.
76.
Hammaga ishonishga tayyorisiz.
77.
Hammaga ishonishga tayyorsiz.
78.
Mustaqilsiz.
79.
Egoistsiz.
80.
Ko‘ngil bo‘shtsiz.
81.
Boshqalar ta’siriga berilishingiz oson.
82.
Xurmat qilasiz.
83.
Boshqalarda yaxshi fikr uyg‘ota olasiz.
84.
Yuragingiz keng.
85.
Maslahatni ishtiyoq bilan eshitasiz.
86.
Rahbar talantiga egasiz.
87.
Xafsalangiz tez pir bo‘ladi.
88.
Xafagarchilikni uzoq saqlaysiz.
47
89.
Do‘stlar ta’siriga oson berilasiz.
90.
Qarama-karshi fikrga egasiz.
91.
O‘zingiz juda yumshoqsiz muloyimsiz.
92.
Tevarak bilan juda tez kelishib ketasiz.
93.
Shuhratparastsiz.
94.
Hammaning ishonchini oqlashga harakat qilasiz.
95.
Boshqalarga taqild qilasiz.
96.
Boshqalarga bo‘ysunasiz.
97.
Hammaga ham rozilik bildiravermaysiz.
98.
O‘zingizga zarar qilib bo‘lsa ham boshqalarga g‘amxo‘rlik qilasiz.
99.
Asabiysiz.
100.
Uyalasiz.
101.
O‘zingizni yon bosuvchanligingiz bilan boshqalardan ajralib turasiz.
102.
Do‘stona va yaxshi munosabatda bo‘la olasiz.
103.
Yaxshi ishonch uyg‘ota olasiz.
104.
Sovuqkonsiz.
105.
Muvofaqkiyatga intilasiz.
106.
Boshqalarning xatosiga chidamaysiz.
107.
Juda qattiqqo‘lsiz lekin haqiqachansiz.
108.
Tekshirmasdan hammaga ishonaverasiz.
109.
Hammani sevasiz.
110.
Hamma sizga g‘amho‘rliq qilishni istaysiz.
111.
Hech qachon hech narsaga ishonmaysiz.
112.
Bezovta emassiz.
113.
Siz haqingizda boshqalar yaxshi fikrda.
114.
Kerakli joyda aytganingizda tura olasiz.
115.
Qaysarsiz.
116.
Beg‘arazsiz.
117.
Samimiysiz.
118.
Boshqalarga g‘amhur bolasiz.
48
119.
Tanqidchisiz.
120.
Kesatishni yoqtirasiz.
121.
Yopishqoq emssiz.
122.
Musobaqalashishni yoqtirasiz.
123.
Boshqalar bilan kelishib ketishga intilasiz.
124.
O‘zingizga ishonmaysiz.
125.
Qaysarsiz.
126.
Boshqalarga xamdard bo‘lishiga intilasiz.
127.
Tegizib gapirasiz.
128.
Befarq xis-to‘yg‘usisiz.
Shaxslararo munosabatlarni aniqlayotgan paytda ko‘pincha ustunlik va
bo‘linuvchilik, do‘stona- tajavuzkorlik faktorlari aniqlanadi. Aynan shu faktorlar
shaxslararo munosabatlar jarayonini idrok etishda katta rol’ o‘ynaydi.
Savolnoma 128 ta savollar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu savollar 16 ta
savoldan iborat 8 ta guruhlarga ajratilgan.
Savollar turli psixologik profillarni oddiy, tushinarli xarakterlab beradi.
Tadqiqot davomida qo‘llanilgan ushbu metodika yordamida shaxsni
atrofdagilar bilan bo‘lgan munosabatlarni va quyidagi shaxs xususiyatlarini ko‘rish
mumkin.
3 – 6 ball
7 – 11 ball
12 – 16 ball
1.
Sardorlikka
intiluvchan
2.
O‘z-
o‘ziga
ishonchni
3.
Talabchan
4.
Shubhalanuvchan
5.
Yon beruvchi
6.
Ishonuvchanlik
7.
Ochiq ko‘ngil
8.
Jonkuyarlik
Xukm o‘tkazuvchi
O‘ziga ishongan
Kechirmaydigan
Kaysar
Beozor, qoloq
Ko‘loq soluvchan
Mustaqil emas
O‘z
manffatini
ko‘zlaydigan
Amr- farmon
O‘zini sevuvchi
Kattiq qo‘llik
Salbiy
Quloq soluvchi
Mustaqil emas
Boshqalarga
qarb
ish ko‘ruvchan
Fidoiylik
49
2.3. Muloqotchanlikning umumiy darajasini aniqlash so‘rovnomasi
Mazkur so‘rovnoma V.F.Ryaxovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,
muloqotchanlikning umumiy darajasini aniqlash maqsadida qo‘llanadi.
Sinaluvchiga ko‘rsatma: «Sizning e’tiboringizga bir qator oddiy savollar
havola etiladi. Siz ularga «ha», «yo‘q», «ba’zida» deb javob qaytarishingiz
mumkin. Savollarga tez, ko‘p o‘ylamay javob berishingiz talab etiladi».
Savollar.
1. Sizni oddiy yoki ish bilan bog‘liq uchrashuv kutib turibdi. Uchrashuv
vaqtini kutish sizni asabiylashtiradimi?
2. Sizga biror majlis, anjuman yoki shu kabi boshqa tadbirda nutq so‘zlash,
ma’ruza o‘qish, axborot etkazish topshirilsa, bundan halovatingizni yo‘qotib,
bezovta bo‘lib yurasizmi?
3. Shifokor qabuliga borishni kasal zo‘rayib ketguncha cho‘zib yuradigan
odatingiz bormi?
4. Sizni boshqa shaharga mehnat safariga jo‘natishmoqda. Siz avvalari hech
qachon bu shaharda bo‘lmagansiz. Siz bor imkoniyatingizni ishga solib, ushbu
mehnat safaridan qutilib qolishga urinasizmi?
5. O‘z kechinmalaringizni birovga u kim bo‘lishidan qat’iy nazar gapirib
berishni yoqtirasizmi?
6. Ko‘chada notanish odam sizga iltimos bilan (yo‘lni ko‘rsatib yuborish,
vaqtni aytib yuborish va boshqa iltimoslar bilan) murojaat qilishi jig‘ingizga
tegadimi?
7. Har xil avlod vakillari, haqiqatdan ham, bir birini tushinishi qiyin, deb
o‘ylaysizmi?
8. Tanishingiz bir necha oy avval sizdan qarz olgan bo‘lsa, unga pulni
qaytarish iltimosi bilan murojaat qilishga uyalasizmi?
9. Restoran yoki kafeda sizga sifatsiz taom keltirildi. Siz indamay likopchani
jahl bilan bir chetga surib qo‘yasizmi?
10. Notanish odam bilan yolg‘iz qolganda, siz suhbatga kirishmaysiz,
o‘zingiz gap boshlamaysiz. Shundaymi?
50
11. Siz borgan joyda odamlar uzun navbat hosil qilib turishgan bo‘lsa
(masalan, do‘konda, kutubxonada, kassada) niyatingizdan qaytmay qator oxiriga
kelib turarmidingiz?
12. Nizoli vaziyatlarni hal etish bilan shug‘ullanuvchi biror komissiya ishida
qatnashish sizni cho‘chitadimi?
13. Siz san’at asarlariga, badiiy asarlarga baho berishda boshqalarning fikr-
mulohazalarini e’tiborga olmaysiz. Shundaymi?
14. Siz yaxshi bilgan biror masala bo‘yicha birov aniq xato gapirayotgan
bo‘lsa, bu odam bilan baxslashmasdan indamay qo‘ya qolasizmi?
15. Ish yoki o‘qish yuzasidan birov muayyan muammoni hal etishda yordam
berishingizni iltimos qilganda, ensangiz qotadimi?
16. Fikringizni og‘zaki aytgandan ko‘ra yozma tarzda bildirishni ma’qul
ko‘rasizmi?
Natijalarni baholash: har bir «ha» degan javob uchun 2 ball qo‘yiladi; har bir
«ba’zida» degan javob uchun 1 ball qo‘yiladi; har bir «yo‘q» degan javob uchun 0
ball qo‘yiladi.
Natijalar talqini.
30-32 ball. Muloqotchanlik darajasi ancha past. Bu sizdagi jiddiy muammo.
Chunki bundan avvalo o‘zingiz aziyat chekasiz. Biroq yaqinlaringizga ham oson
tutib bo‘lmaydi. Hamkorlikdagi faoliyatni talab qiluvchi ishni sizga ishonib
topshirib bo‘lmaydi. Muloqotchanroq bo‘lishga, o‘zingizni boshqarishga harakat
qiling.
25-29 ball.Siz yolg‘izlanishni yaxshi ko‘rasiz, shuning uchun do‘stlaringiz
kam. Notanish odamlar bilan tanishish, notanish joylarga borish zarurati
halovatingizni buzadi. Siz o‘zingizning bu xususiyatingizni bilasiz va o‘zingizdan
norozi ham bo‘lasiz. Lekin faqat norozilik bilan cheklanmang – xarakterni
o‘zgartirish o‘z qo‘lingizda. Eslab ko‘ring: birorta ishga qiziqib ketganingizda
ancha muloqotchan bo‘lib qolasiz-ku!
19-24 ball. Siz ma’lum darajada muloqotchansiz va notanish vaziyatda
o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaysiz. Yangi muammolar sizni qo‘rqitmaydi, ammo
51
notanish odamlar bilan muloqot qilishda ancha extiyotkorsiz, baxs-munozalarga
bajonidil qo‘shilmaysiz. Ba’zida gaplaringizda zaruratsiz kinoya-kesatiq ko‘payib
ketadi. Biroq bu kamchilikni tuzatsa bo‘ladi.
14-18 ball. Siz etarlicha muloqotchansiz, qiziquvchansiz, suhbatdosh qiziq
narsalar haqida g‘apirganda, uni diqqat bilan tinglaysiz. Muloqotda ancha sabrlisiz,
o‘z nuqtai nazaringizni hissiyotga berilmay himoya qilasiz. Notanish odamlar bilan
suhbatlashishga to‘g‘ri kelganda, bezovta bo‘lmaysiz, ayni vaqtda shovqin suron
davralarni yoqtirmaysiz, birovning bachkana qiliqlari va ko‘p gapirishi
g‘ashingizga tegadi.
9-13 ball. Siz juda muloqotchansiz (ba’zida me’yoridan ortiq), qiziquvchan,
gapdonsiz, har xil masalalarlar bo‘yicha o‘z fikringizni bildirishni yaxshi ko‘rasiz,
bu esa ba’zida atrofdagilarning g‘ashiga tegadi. Notanish odamlar bilan bajonidil
tanishasiz, odamlarning diqqat markazida bo‘lishni yoqtirasiz. Hech kimning
iltimosini erda qoldirmaysiz, lekin berilgan hamma va’dalarni bajara olmasligingiz
mumkin. Ba’zida jahl ustida qattiq gapirib yuborasiz, biroq tezda jahlingizdan
tushasiz. Jiddiy muammolar bilan to‘qnashganda sizga sabr-toqat etishmaydi.
Ammo xohlasangiz hech qanday muammo oldida taslim bo‘lmasligingiz mumkin.
4-8 ball.Siz juda-juda muloqotchansiz, gapingiz ichingizga sig‘maydi. Doim
hamma voqealardan xabardorsiz, har xil baxs-munozara, tortishuvlarda
qatnashishni xush ko‘rasiz, lekin jiddiy mavzular sizni zeriktirib yuborishi
mumkin. Biror masala bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lmasangiz ham, bu
masala yuzasidan so‘zga chiqishga doim tayyorsiz. Hamma joyda o‘zingizni erkin
his etasiz, har qanday ishga kirishib ketaverasiz, ammo har doim ham uni
oxirigacha etkazmaysiz. Shuning uchun rahbariyat va hamkasblar sizga biroz
xavotir va shubha bilan qaraydilar. Bu xususiyatlaringiz haqida bosh qotirib
ko‘ring.
3 va undan kam ball. Sizning muloqotchanlik darajangiz me’yordan ortiq
darajada yuqori. Juda sergapsiz, sizga aloqasi bo‘lmagan ishlarga aralashaverasiz,
hal etishga qurbingiz etmaydigan muammolarni bartaraf etishga kirishaverasiz,
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda har xil nizolarning kelib chiqishiga sababchi
52
bo‘lib qolasiz. Ancha xafalanuvchan, jazavaga moyilsiz, jiddiy ishni sizga
topshirmagan ma’qul. O‘zingizning ustingizda, xarakteringiz ustida ishlang.
Avvalo o‘zin- gizda sabr-toqatni, vazminlik va bosiqlikni tarbiyalang, boshqalarga
hurmat ko‘zi bilan qarashni o‘rganing. Eng muhimi, o‘z sog‘lig‘ingiz haqida
qayg‘uring. Ishoning bunday hayot tarzining oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin.
Javob varaqasi:
F.I.____________________________________________
№
ha
Yo‘q
ba`zida
№
ha
yo‘q
ba`zida
1
1
2
2
3
3
4
4
5
5
6
6
7
7
8
8
2.4. Muloqatchanlikni mustahkamlovchi psixologik treninglar.
Biz bilamizki, o‘spirinlik davri xarakter xususiyatlarini shakllantirish uchun qulay
davr xisoblanadi. Bu davrda bolada intizomga, bilimga, tarbiyaga chanqoqlik
paydo bo‘ladi. U atrof-muhit qonuniyatlarini bilishga intiladi, yovuzlik, yaxshilik
va yomonlik, savob va gunohni farqlay boshlaydi.
Bu davrda o‘spiringa bola deb emas, balki tengqur, do‘st, o‘rtoqdek
muomala qilishadi. Sharqona bola tarbiyasining yana bir muhim tomoni shundaki,
unda faqat bolaning ruhiy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishiga e’tibor
berigshdan tashqar uni xayot faoliyatining hamma sohalariga, xo‘jalik yuritish,
ko‘cha kuyda, odamlar orasida turli sharoitlarda namoyon bo‘ladigan xulq-atvor
shakllariga ham alohida e’tibor beriladi. Bu davrda shakllangan har qanday ijobiy
yoki salbiy xususiyat, xislat keyinchalik butun umrga shaxs xususiyatiga aylanib
qoladi. Tarbiyaning etnopsixologik qonuniyatlariga ko‘ra bu davrda o‘spirinlarda
tashkiliy tarbiya va muhit ta’siriga moyillik ancha yuqori bo‘ladi.
O‘zbek va Qoraqalpoq millatiga xos bo‘lgan eng noyob milliy xarakter
xususiyatlaridan
ayrimlari:
vatanparvarlik,
mehnatsevarlik,
ibolilik,
mehmondo‘stlik kabilar bo‘lib, bu fazilatlar muloqatda kattalarga hurmat, ota-ona,
53
qarindosh urug‘lar hurmatini bajo keltirish, ko‘cha-ko‘yda, mehmondorchilikda,
odamlar orasida odob saqlash kabi milliy xulq sifatlarini asosi bo‘lib hisoblanadi.
Bu esa o‘spirin yoshining muloqatchanlik sifatlarini aynan milliy xislatlari
chuqurlanishiga olib keladi.
Ma’lumki,
muloqatchanlik
sifatlarini
to‘g‘ri
shakllantirish
va
kamchiliklarini bartaraf etishda ijtimoiy psixologik treninglarning ahamiyati juda
kata.Chunki trening mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini ichki psixologik
imkoniyatlarini rivojlantirishga, muloqatchanlik uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va
malakalarini hosil qilishga, talabalarni o‘zlariga, o‘z qobiliyatlariga ishonch hosil
qilishga, o‘quv faoliyatidagi aktivlikni oshirishga imkon beradi.
1.
«Men kim» mashg‘uloti. Qog‘oz qalam olib «Kim»man savoliga bir necha
marta javob bering. Sharx: bu mashq har darsda qaytariladi. Yozilgan javoblar
yig‘ib olinib keyingi mashg‘ulotga tarqatiladi. Qatnashuvchilar o‘z varaqlariga
oldingi yozuvlariga o‘zgartirish kiritadilar, ularni Yana qo‘shimcha savollar bilan
davom ettiradilar.
2.
«SUD YIG‘ILISHI». Unda quyidagi rollar bo‘ladi: sud’ya, advokat,
jamoatchilik vakili, er, xotinni ko‘proq jamoa ishlaridan bandalgidan norozi
uningcha, uy ishlarini bajarish konkret vaziyatda u yo ishni, yoki oilani tanlashi
kerak. Maqsad: rolli o‘yin vositasidan ziddiyatli sharoitlarda shaxslararo o‘zaro
murosa yo‘llarini qidirish.
3.
«OMMA OLDIDA ChIQISh QILISh». Bu o‘yinga a’zolari oldindan
tayrgarlik ko‘rishgani ma’qul. Chunki bunda ma’lum vaqt davomida notiqlik
mahorati va guruhlar murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish,
eshitish san’atlari mashq qilinadi.
4.
«O‘ZINI TANIShTIRISh» uyini. 2 minut har bir ishtirokchi o‘zi haqida
hohlagan narsalarni aytib berishi va so‘ngra aytilganlar video yoki audiokassetalar
vositasida qaytarilib, shaxsning o‘zi va guruh tomonidan tahlil qilinadi.
5.
«SALOMLAShISh». Trener guruh a’zolarini doira qilib o‘tkazib, so‘ng
ularni har biri 2 – 3 kishidan iborat guruhchalarga ajratadi. Salomlashish manna bu
so‘zlardan tuzilgan: andiq, sandiq, chandiq, xormang, tolmang. Barcha
54
ishtirokchilar salomlashishni bir vaqtda aytadi. Salomlashish baqirmasdan balki,
bir tekis nafas olib talaffuz qilinadi. Nihoyat qandaydir «apchixi»ga o‘xshash so‘z
hosil bo‘lishi kerak. U 2-3 marotaba takrorlanadi.
6.
«TALAFFUZNI
O‘Z
O‘RNIDA
IShLATISh».
Ma’suliyatni
chetlashtiradigan va o‘z pozitsiyasini yashiradigan umumiy iboralarni qo‘llamaslik
kerak. Masalan: «Mening ko‘pgina do‘stlarimning fikriga ko‘ra», «Ko‘pchilik
odamlarning fikriga qaraganda» iboralarini o‘rniga «Mening fikrimga ko‘ra»,
«Men uylaymanki» va h.k. qo‘llash.
7.
«MUOMALADA SAMIMIYLIK». Nima xis qilinsa faqat to‘g‘risini
so‘zlash, yoki umuman hech narsa aytmaslik. So‘zlagan so‘zini ochiq oydin,
tortinmasdan o‘z xissiyotini ochib berish.
Yuqorida bayon etilgan mashg‘ulotlar majmui o‘spirin yoshlar uchun
mo‘ljallangan. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazishda psixolog ijodiy yondoshib
qatnashchilar yoshini, xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar ketma-
ketligini o‘zgartirishi, o‘z materiyallari bilan boyitish ham mumkin.
55
X U L O S A
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur mavzu orqali muloqatning ijtimoiy
ta’sir vositasi sifatida vazifalari, shaxs taraqiyotida tutgan o‘rni, uning turlari,
shakllari, bosqichlari, psixologik tuzilishga oid ma’lumotlar, bilim, malaka va
ko‘nikmalar shakllantiriladi. O‘rganilgan adabiyotlar, o‘tkazilgan tadqiqotlar
natiyjalari asosida quyidagi xulosalarga to‘xtalish mumkin:
-
Ijtimoiy muhit ta’siri ostida shaxsda muloqot rivojlanadi.
-
Shaxslararo munosabatlar negizini muloqot tashkil qiladi.
-
Shaxsda muloqotchanlikning yuqoriligi tashkilotchilik qobiliyatiga ta’sirini
ko‘rsatadi.
-
Shaxsiy xusiyatlarni tarkib topishi muloqot bilan bog‘liq.
-
Muloqot jarayonida shaxsda o‘z- o‘zini adekvat baholash yuzaga kelishi
mumkin.
-
Shaxs muloqatchanligining shakllanishida tashkilotchilik qobiliyatlarining
ta’siri kuchli bo‘lishi mumkin.
-
Egoistik qaramlik shaxsda muloqat jarayonida tarkib topadi.
-
«Men» tuchunchasini tarkib topishida muomalaning ahamiyati kuchli.
-
Shaxsning adekvat baho berishi muloqot jarayonida shakllanadi.
-
Insoniy sifatlar muloqot malakalari asosida shakllanadi.
-
Muloqotning negizida mustaqil fikrlash tanqidiy tafakkur yotadi.
-
Shaxsdagi muloqotchanlik sifatlarini rivojlantirishda asosan ijtimoiy
psixologik treninglar asosiy o‘rin tutdi.
56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqbol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent.
1992
2.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Toshkent. 1996
3.
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. 1999
4.
Avesto. Tarixiy adabiy yodgorlik. Askar Mahkam tarjimasi. Sharq.
Toshkent. 2001
5.
Adizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi. Toshkent. 2000
6.
Adizova T.M. Psixologicheskie metodы izucheniya lichnosti uchaщixsiya v
protsesse obщeniya. Tashkent. 2000
7.
Agaryan A.S. Kul`tura povsednevnoy jizni: sotsial`no psixologicheskie
aspektы. Toshkent. Uzbekistan. 1982
8.
Ageeva A.S. Mejgruppovoe vzaimodeystvie. Moskva, MGU. 1990
9.
Anan`ev B.G. O problemax sovremennogo chelovekaznaniya. Moskva.1997
10.
Andreeva G.M. Aktualnыe problemы sotsial`noy psixologii. Moskva.
MGU.1982
11.
Amir Temur o‘gitlari. Toshkent.1993.
12.
Inoyatov M. Oila, ijod, tarbiya va ma’naviyat. Toshkent. Sharq. 2000
13.
Karimova V.M. O‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar
shakllanishi // Psixol.fan.dokt... diss. Toshkent. 1994
14.
Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi . O‘quv qo‘llanma. Toshkent.
2006
15.
Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibaeva R.N. Mustaqil fikrlash.
Toshkent. Sharq. 2000
16.
Navoiy Alisher. Maxbub ul- qulub. Toshkent. 1983
17.
Nemov R.S. Obщayaya psixologiya: Kratkiy kurs. SPB: Piter. 2009
18.
Nemov R.S., Altunina I.R. Sotsial`naya psixologiya: Uchebnoe posobie.
SPB.: Piter. 2008
19.
Soginov
N.A.,
Usmanov
E.Sh.
Etnopsixologicheskie
osobennosti
podroskovoy molodyoji k semeynoy jizni. Teoretiko-prakticheskie
57
problemы pedagogicheskogo tselepolaganiya. Sbornik. Nauchnыx trudov.
Tashkent, 1991. 91-99 str.
20.
G‘oziev E.G.. Psixologiya. (Yosh davrlari psixologiyasi) Toshkent,
O‘qituvchi. 1994
21.
G‘oziev E.G. Pedagogik psixologiya. Toshkent. 1995
22.
G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. Xalq ta’limi. 1998
23.
G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. Toshkent. 2001
24.
Davletshin M.G. Yosh davrlar va pedagogik psixologiya. Toshkent. TDPU.
2009
25.
Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibaeva R.N. Mustaqil fikrlash.
Toshkent. Sharq. 2000
26.
Petrovskiy A.V. Yosh psixologiya va pedagogik psixologiya. Moskva. 1979
27.
Andreeva G.M. Obщenie i optimizatsiya sovmestnoy deyatel`nosti.
Moskva.1987
28.
Lomov V.F. Psixologicheskie issledovaniya obщeniya. Moskva. Nauka.
1985
29.
Leontev A.A. Pedagogicheskoe obщenie. Moskva. 1978
30.
Bandura, A. & Walters, R.. Social Learning and Personality Development.
New York: Holt, Rinehart & Winston, 1963, P.29-33
31.
Gilligan C. In a different voice: psychological theory and women
development. Cambridge (Mass.). 1982, P. 18-19
32.
www.psycho.all.ru
33.
www.expert.psychology.ru
34.
www.psychology.net.ru
35.
www.psy.piter.com
.
Do'stlaringiz bilan baham: |