I BOB
MUAMMONING NAZARIY JIHATDAN TADQIQ ETILISHI
1.1
. Ilk o‘spirinlik davrida muloqatning o‘ziga xosligi
O‘tish davrining o‘ziga xosligi an’analaridan biri ota-onalar, o‘qituvchilar va
kattalar bilan bo‘ladigan muloqatdan tengdoshlari bilan bo‘ladigan muloqatga
o‘tishidir.
Muloqotning bunday o‘zgarishi sekin yoki bosqichma-bosqich yuz berishi,
turl faoliyat sohalarida namoyon bo‘lish mumkin. Tengdoshlari bilan muloqatga
bo‘lgan ehtiyojning o‘rnini bosa olmadi. Bunday ehtiyoj bola taraqqiyotida juda
erta paydo bo‘ladi, tobora kuchayib boradi.
Hatto maktabgacha tarbiya yoshida tengdoshlari bilan bo‘ladigan
munosabatlarning etishmasligi muloqatchanlik (kommunikativlik) qobiliyatlarning
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlar xulq-atvor o‘z mohiyatiga ko‘ra
jamoa va guruh faoliyati bilan belgilanadi.
Birinchidan: tengdoshlari bilan muloqot axborot olishning o‘ziga xos
maxsus kanali bo‘lib, u orqali o‘smir yoki o‘spirin juda ko‘p zarur xabarlarni, xatto
u yoki bu sabablarga ko‘ra kattalar ularga aytmaydigan ma’lumotlarni ham bilib
oladilar. Masalan: jins bilan bog‘liq ko‘pgina ma’lumotlarni ular tengdoshlaridan
oladilar.
Ikkinchidan: bu shaxslararo munosabatlarning maxsus turidir. Guruhiy
o‘yinlar va boshqa qamrovdagi faoliyat turlari ijtimoiy o‘zaro ta’sir malakalari,
jamoa intizomiga ko‘nikmasi, o‘z huquqlarini himoya qilish, shaxsiy manfaatlarini
jamiyat qiziqishlari muvofiqlashtira olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘zaro
munosabatlarning teng huquqlilik tamoyili asosida tashkil etiladi, barcha o‘z
mavqeini oqlashi kerak bo‘lgan. O‘smirlar jamoasida kattalar uchun zarur bo‘lgan
kommunikativ sifatlari shakllanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
9
Uchunchidan: bu xissiy aloqaning o‘ziga xos turidir. O‘smirlik va o‘spirinlik
davridagi muloqat psixologiyasi muayyan guruhga mansublik ehtiyojini va
muloqatga bo‘lgan ehtiyojining o‘ziga xos ta’siri asosida tashkil qilinadi. O‘smirlik
va o‘spirinlik kattalar nazoratidan qutilishga intiladilar. Bunday ehtiyojlar nafaqat
ijtimoiy mustaqillik intilishida, balki xududiy va daxlsizlikka intilishda namoyon
bo‘ladi. Ingliz psixologi Djon Koulman (1974) tomonidani 11-13 va 15-17 yoshli
o‘g‘il va qiz bolalarga «Agar odam yolgiz bo‘lsa…» iboralarini davom ettirish
topshirig‘i berilgan. Javoblar ijobiy javoblar masalan «agar inson yolg‘iz bo‘lsa u
asabiylasha boshlaydi» kabi fikirlar o‘z aksini topadi. Tajribada aniqlanishicha
o‘smirlikdan o‘spirinlikka o‘tib borgan sari ijobiy javoblar ortib, salbiy javoblar
kamayib boradi. Agar yolg‘iz qolishda qo‘rqsa o‘spirin yolg‘izlikka intiladi.
O‘spirinlar qanchalik mustaqillikka ega bo‘lsa, yolg‘iz qolishga ehtiyoj va
qobiliyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Yoshi bilan bog‘liq qiyinchiliklar orasida
paydo bo‘ladigan yolg‘izlik xissi muloqatga chanqoqlik ehtiyojini vujudga
keltiradi. Bunday guruhlarda aspirant kattalar tomonidan inkor etilgan barcha
narsaga ega bo‘ladi. Xissiy ishqlik zerikishdan xolos bo‘lish o‘z qadr-qimmatini
anglash vujudgva keladi. Muloqatga bo‘lagn ehtiyoji shu darajada kuchliki, o‘smir
faqat bir kun hatto bir soat ham har qanday guruhdan ajralgan holda yashay
olmaydi. Ayniqsa bu ehtiyoj ug‘il bolalarda kuchli bo‘ladi.
O‘spiprinlik davridagi muloqatga ehtiyoj asosida yashiringan ijtimoiy hulq-
atvor motivlari rang-barang va individuallikga ega. Ayrim o‘smirlar bunday
guruhda o‘z-o‘ziga xurmatini mutsahkmlash, insoniy qadr- qimmatini tan olishini
qidiradi, ikkinchisi uchun guruh xayotiga qo‘shilib ketish, xissiy yaqinlik muhim
ahamiyatga ega. Yana bir o‘smir uchun bunday guruhlar boshqalar ustidan
hukmronlik qilish ehtiyojini qondirsa, boshqalar uchun etishmayotgan axborotni
topish, muloqatchanlik sifatlarini rivojlantirishning eng qulay sharoiti bo‘lib
xizmat qiladi. Bu motivlarning ko‘pchiligi bir- biri bilan qo‘shilib ketadi va to‘la
anglab etilmaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar guruhi uchun xos bo‘lgan tipik
xususiyat- yuqori darajadagi konformlikdir. O‘zining mustaqilligini doimo
ta’kidla’ turadigan o‘smir o‘z guruhi fikriga tanqidiy munosabatta bo‘lmaydi.
10
To‘la mukamallikga erishilmagan «men» kuchli «biz» ga ehtiyoj sezadi.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘spirinlik davridagi muloqatchanlik sifatlari va muloqat
uslubi o‘g‘il va qiz bolalarda bir xil emas. Bu xolat muloqatchanlik darajasi va
muloqatga ehtiyojda ham aksini topadi. Bir qarashda barcha yosh davrlarida ham
ug‘il bolalarda muloqatchanlik qizlarga qaraganda kuchliroq bo‘lgan. Ilk bolalik
davridan ug‘il bolalar qizlarga nisbatan boshqalar bilan muloqatda faolroq, hamda
hamkorlikdagi
uyinlarga
bog‘liq
holda
qo‘shilib
ketadigan
bo‘lishadi.
Tengdoshlari jamoasiga bog‘lanish, ular bilan muloqat barcha yoshdagi erkaklar
uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muloqatchanlik darajasidagi jinsiy
tafovutlar qanchalik miqdoriy jihatdan bo‘lsa, shunchalik sifat jihatdan ham farq
qiladi. O‘g‘il bolalar uchun kuch ishlatib o‘ynaladigan uyinlar xissiy qoniqish
berish bilan birga musobaqa kayfiyatini ham vujudga keltiradi hamkorlikdagi
faoliyat mazmuni va ulardagi shaxsiy muvofaqqiyat o‘smir uchun ayrim uyin
ishtirokchilariga nisbatan bo‘lgan xissiy munosabatlardan ham ko‘ra ko‘proq
ahamiyat kasb etadi. Qizlar uyushmalari esa ko‘proq passiv ko‘rinadi, ammo
do‘stona va tanlovchanlik tabiatga ega. Psixologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, ug‘il
bolalar uyin jarayonida dastlab rasmiy munosabatlarga kirishib, so‘ngra bir-
birlariga nisbatan ijobiy qiziqish paydo bo‘ladi. Qiz bolalarda esa aksincha
o‘zlariga yoqqan kishilar bilan muloqat o‘rnatish, birlamchi hamkorlikdagi
faoliyat mazmuni esa ikkinchi darajasidir.
Maktab o‘quvchilarini esa (D.Eder, M.Xolmenen) sotsiometrik tadqiqot
orqali o‘rganilganda shu narsa m’lum bo‘ldiki, qizlar o‘rtasidagi kichik juftliklar
begona kishilar uchun yopiq, ammo ota-ona va oilada uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Kattalar ta’siridan ham xom bo‘ladi. Muhim jinsiy tafovutlar empativlik
(boshqalarga jinsiy hamdardlik bildirish) darajasida ham namoyon bo‘ladi. Ayollar
har doim, har bir yosh davrida erkaklarga nisbatan ta’sirchan bo‘ladi. Turli-tuman
axborot va o‘z ichki duyonlarini boshqalarga ochish ehtiyoj ham ustun bo‘ladi.
O‘z davrida J.Piaje ham o‘g‘il va qiz bolalarda o‘yin qoidalariga fikr
yuritadi. O‘g‘il o‘yin qoidalariga et’ibor beriladi. Uyin qoidalarining buzilishi
jiddiy ziddiyatlarin yuzaga keltiradi. Bu sohada qizlar sabr-toqatli bo‘lib, ular
11
uchun ramiy qoidalardan ko‘ra, shaxsiy munosabatlar ko‘proq ahamiyatga ega
bo‘ladi.
V.M.Knyazeva
tadqiqotiga
ko‘ra
ayollar
insoniy
fazilatlarni
baholaganlarida, odamlarga bo‘lgan munosabatlarini, erkaklar esa ish bilan bog‘liq
sifatlarini asos qilib olishadi.
Fikirlash uslubi tarbiya xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Qiz bolalarni
erta va izchil sur’atda o‘zidan kichiklarga g‘amho‘rlik qilishga o‘rgatib boriladi.
Bu ularni shaxsiy ta’sirlanuvchan va muloqatda juda nozik tabiatli qilib quyadi.
Xisssiy yordamchiga muhtoj odamlar eng avvalo ayollarga murojat qilishadi. O‘z
o‘rnida ayollar bunday munosabatlarga nisbatan e’tiborli bo‘ladilar. Yaqin kishilar
biron baxtsizlikka uchraganda er va xotin birday kayguradilar ammo
atrofdagilarning kungilsizliklarini ayollar tezroq va kuchliroq xis etadilar.
Ayollarning tez-tez ruhiy tushkunlikka tushishlarini shu bilan tushintirish mumkin.
Ko‘p hollarda ayollar ham, aksincha bunday vaziyatlarda erkaklarga nisbatan
kuchliroq bo‘ladilar muloqot uslubi jamiyatda qabul qilingan maskunlik
(erkaklarga xos) va femeninlik (ayollarga xos) madaniyati bilan ham bog‘liqdir.
Erkaklarga xos uslub odatda o‘z mavqeini saqlash, ojiz tomonlarini yashirish,
muvofaqiyatlarini ta’kidlashga asoslanadi. Ayollarga xos mulokat uslubi esa
boshqalar bilan ijtimoiy masofani qisqartirish, ruhiy yaqinlik o‘rnatishga qaratilgan
bunday tasavvurlar erkaklarga o‘zining ayrim sifatlarini (tortinchoqlik) yashirishga
o‘rinishini o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etishining etishmasligini vujudga
keltiadi. Tortinchoqlikni o‘smir va o‘spirinlar orasida eng keng tarqalgan muloqat
sohasidagi qiyinchilikdir.
R.Pil’komis va F.Zimbardo tomonidan amerikalik 18-21 yoshli talabalarda
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra 42% o‘spirinlar o‘zlarini tortinchoq deb
hisoblaydilar. (agar o‘zidagi tortinchoqlikni engib o‘tgan talabalarni ham qo‘shib
hisoblansa u 3% ni tashkil etadi). So‘ralganlarning muloqat sohasidagi eng jiddiy
qiyinchiliklardan deb baholaydilar. Ayniqsa, o‘spirinlar «tortinchoqlik» erkaklarga
nisbatan xos bo‘lmagan sifat deb q ralganlari uchun juda qattiq qayg‘uradilar.
Psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha o‘zini tortinchoq deb hisoblaydiganlar ham
ekstra versiyaning quyi darajasi, ijtimoiy xatti harakatlarini yo‘naltirish va nazorat
12
qilishning sustlik, xavotirlik va asabiylikka ko‘proq moyilligi, muloqatda
qiyinchilik sezish bilan ajjralib turadilar. Shubhasiz tortinchoqlikni salbiy sifat deb
baholab undan (psixoterapiya yoki boshqa usullar bilan) xolos bo‘lishga intiladilar.
Biroq tortinchoqlik turi turli sabablar ta’sirida paydo bo‘lishi, shaxsning boshqa
sifatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi har doim ham korrektsion ishlar yordamida
bartaraf etilmasligi mumkin.
Psixologik tadqiqotlarning birida K.Xendrik, S.Braun (1971) odamlarga
bo‘sh vaqtini birga o‘tkazish va birgalikda ishlash uchun lozim topadigan shaxslar
tipini tanlash berilgan. Odatdagidek odamlar o‘z shaxsiy sifatlaridan qat’iy nazar
ekstrovertlashgan (barcha ruhiy jarayonlari tashkariga yo‘naltirilgan) shaxslar
tipini tanlashgan. Ammo ximzmatdash yoki barcha vaqtini vaqtichoqlik bilan
o‘tkazuvchi emas, balki do‘st tanlash kerak blganda introvertlar (barcha ruhiy
jarayonlarni ichkariga yo‘naltirilgan)ni tanlashgan. Introvertlar-tortinchoqlik,
mulqatga kirishishga qiyinchilik bilan bir qatorda juda nozik qalb egalari hamdir.
O‘zida mavjud muloqatdagi qiyinchiliklarni engish uchun o‘spirinlar juda ko‘p
xiyla va usullar uylab topadilar. Amerikalik sotsiolog Ervin Roffman (1969)
tomonidan fanga «strategik uz aro ta’sir» atamasi kiritilgan bo‘lib u suhbatdoshlar
tomonidan bir- biriga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki
bevosita tarzda ochib berish, yashirin yoki tushunib etishni ifodalaydi. O‘spirinlar
guruhi eng avvalo kattalar ta’siridan xoli bo‘lgan erkin muloqot ehtiyojini
qondiradi. Erkin muloqot- bo‘sh vaqtni o‘tkazish usuli bilan birga o‘z-o‘zini
ifodalaщ, yangi insoniy munosabatlar o‘rnatish usuli hamdir. O‘spirinlar muloqati
vaziyatning tashqi ta’sirida tez o‘zgaradi. Biror guruhga a’zolik o‘spirinda o‘ziga
bo‘lgan ishonchni orttiradi. Agar o‘smirlik davrida muloqatning dastlabki manbai
bir xil jinsdagi yigit va qizlar guruhidagi bo‘lsa keyinchalik aralash guruhlar
shakllana boshlaydi. Qizlarning bir xil jinsdagilar guruhlariga nisbatan o‘g‘il
bolalar uchun bir xil jinsdagilari guruhlari muxim ahamiyatga ega. Muloqaning
o‘rni va ahamiyati yoshga bog‘liq tarzda o‘zgarib boradi. Turli shaklga ega bo‘lgan
muloqat turlari o‘rin almashtirish bilan birga turli ehtiyoj ham javob berish uchun
takomillashib boradi. Ilk o‘spirin yangi tanishlar orttirish, yangi sarguzasht va xis
13
tuyg‘u ilinjida yonadi. Ba’zan do‘stlari yo‘q o‘spirinlar ham uchrab turadi.
Do‘stlari yo‘q o‘smir va o‘spirinlarni tushinishga harakat qilish kerak. O‘spirinlik
davrida o‘zini yolg‘iz xis qilish kamdan-kam uchraydigan holat emas, uni vujudga
keltiradigan turli-tuman sabablar mavjud. Vaqtinchalik o‘tib ketadigan yolg‘izlik
holati g‘amgin va kayfiyat bilan qo‘shilib va u normal holat hisoblanadi. Hayoti
vaziyatlar bilan bog‘liq holda paydo yolg‘izlik keng tarqalgan bo‘lib, uning
sabablari; hayot sharoit va muloqat darajasining keskin o‘zgarish, individual
rivojlanishning inqirozning nuqtalari, yaqinlari yo‘qotish, eng muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan shaxsiy munosabatlarning buzilishi va boshqalar. Bunday yolg‘izlik
holatlari qanchalik kuchli bo‘lsa ham vaqt o‘tishi bilan yo‘qotilib, o‘rniga yangi
xissiy munosabatlar paydo bo‘lib boradi. Surunkali yolg‘izlik kishilarni doimo
taqib qilish, undan qutilishning chorasi yo‘qdek tuyulishi ham mumkin.
Muloqatchan bo‘lmagan shaxslarning xis tuyg‘ulari va xususiyatlarida» o‘z-o‘ziga
xurmatning pastligi, o‘zini boshqalarga o‘xshamasligini chuqur anglash,
tortinchoqlik, boshqalar tomonidan rad etilishi; xulq-atvor uslublaridan, o‘z-o‘zini
tashqi muhitdan ajratib qo‘yish, ijtimoiy aloqalardan qochish, kechirilayotgan xis
to‘yg‘ular- ojizlik, o‘zini ehtiyot qilish, tushkun kayfiyatlarni kuzatish mumkin.
Amerikalik psixolog Djeffri Yang (1982) yolg‘izlikni aniqlash testi va
dipressiya holatini psixoterapiya orqali davolash asoschisidir. U yolg‘izlikning
bilish va xulq-atvor bilan birga bog‘liq belgilarini ajratib ko‘rsatgan:
1.
Yolg‘iz qola olmaslik. Bunday kishilar yolg‘iz qolsa nima qilishni bilmaydi,
zerikadi, o‘zini qo‘ygan joy topalmaydi.
2.
O‘z-o‘zini xurmatning pastligi beriladigan bahoning qo‘yi darajadaligi.
Bunday xususiyatga ega bo‘lgan kishilar odamlar bilan munosabatag
kirishdan qo‘rqadilar.
3.
Ijtimoiy xavotirlik. Muloqatda o‘ziga nisbatan ishonchning yo‘qligi,
tortinchoqlik, boshqalar ustidan kulish, muhokama qilishdan qo‘rqish ba’zi
kishilarni o‘zi bilan o‘zi ovara bo‘lishga olib keladi.
4.
Muloqatdagi no‘noqlik. Muloqat ko‘nikmalarining etarli emasligi, murakkab
shaxslararo munasabatlarda o‘zini tutishni bilmaslik.
14
5.
Odamlarga nisbatan ishonchning pastligi, ularni xudbin deb bilish, oqibatida
odamlardan o‘zini olib qochish.
6.
Ichki imkoniyatlarni to‘la ocha bilmaslik, kamgaplik, noaniqlik.
7.
Muloqatda sherik topishning qiyinligi.
8.
Rad etilishdan ko‘rqish, o‘zini kam ahamiyatli ekanligini anglash xissi.
9.
Tashqi ko‘rinish jozibador emasligidan uyalish.
10.
Xissiy yaqinnlikdan qo‘rqish.
11.
O‘z xissiyotlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, tashabbuskorlikning etishmasligi.
12.
Noreal kutishlar, qat’iy talab va qoidalarga asoslanib muloqatga kirishish.
Manna shu sanab o‘tilgan o‘spirinlik davridan ham namoyon bo‘lish va
o‘spirinlarda muloqatchanlik sifatlarining shakllanishiga salbiy ta’sir etish.
Kasb –hunar o‘quvchilarining o‘qish faoliyatidan, o‘qituvchilar bilan
bo‘ladigan pedogogik muloqat jarayonida turli qiyinchiliklar ham kuzatiladi.
Pedogogik psixologiyaning eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolaridan,
inson muloqat jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan «to‘siqlar» yoki
qiyinchiliklar
masalasidir.
Ushbu
muammo
o‘tgan
asrning
o‘rtalarida
kommunikativ axborot, ijtimoiy psixologik va kognetiv psixologiyaning maxsus
tadqiqotlari ob’ekti sifatida o‘rganila boshlandi. Pedogogik faoliyatidan o‘quvchi
va talabalar hamda talabalarning o‘zaro ta’sir jarayonidagi qiyinchiliklarning
sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar jadal surotlar bilan o‘rganilmoqda.
Muloqatdagi qiyinchilik shaxsning sub’ektiv kechinma xlati bo‘lib, rejalashtirilgan
muloqat jarayonidagi uzilish sherikning qabul qila olmaslik, xabarni tushunmaslik,
kommunikativ vaziyatning o‘zgarish va boshqa xolatlar natijasidir.
A.K.Markova fikricha, qiyinchilik muloqat yoki faoliyatning to‘xtab qolish
uni davom ettirishimkoniyatini yo‘qligida namoyon bo‘ladi. Pedogogik muloqatda
qiyinchiliklarning pozitiv (ijobiy) va negativ (salbiy) vazifasini ajratish mumkin.
Qiyinchilikning pozitiv vazifasi (A.K.Markova buyicha) ikki xil mazmunga ega:
a) indikatorlik (o‘qituvchi diqqatini tortish, masalan e’tiborli o‘qituvchi o‘z
qiyinchiliklarini o‘quvchilarning xatolarida ko‘ra oladi).
15
b) rag‘batlantiruvchi, faollashtiruvchi, qiyinchilikni tahlil qilish uchun va
engib o‘tish uchun o‘qituvchi faoliyatini faollashtirish. O‘z navbatida negativ
vazifasi ham ikki xil ahamiyatga ega:
a) to‘xtatib qoluvchi (qiyinchilikni engish uchun sharoitning yo‘qligi,
o‘zidan qoniqmaslik o‘z-o‘ziga baho berishning pastligi).
b) buzuvchi, vayron qiluvchi, (qiyinchilik faoliyatining to‘xtab qolish yoki
buzilishga, maktabdan yoki shu kasbdan ketish istagini paydo bo‘lishga olib
keladi).
Muloqatdagi to‘siq va qiyinchiliklar turli qirralar bo‘yicha ko‘rib
chiqilmoqda. Umumpsixologik talqinga ko‘ra motivatsion va operatsional «to‘siq»
turlariga ajratiladi. Shu bilan birga shaxsning muloqatdagi qiyinchiliklarini: milliy
ijtimoiy madaniy, roli-pozitsion, yoshga xos individual psixologik faoliyati kabi
sohalarni ham ko‘rish mumkin. Milliy ijtimoiy madaniy qiyinchiliklar ijtimoiy va
madaniy taraqqiyoti aniq sharoitlarda namoyon bo‘ladigan milliy ong, qadriyatlar
bilan bog‘liqdir. Odatda milliy ijtimoiy madaniy qiyinchiliklar odamlar tomonidan
paydo bo‘luvchi deb ham qaraladi. O‘z navbatida muloqatga kirishayotgan
sub’ektga xos mentalitet, tafakkur va ona tiliga ega inson sifatida muloqat
jarayonida boshqa kishiga o‘zi mansub bo‘lgan millatga xos bo‘lgan me’yor,
an’ana dunyoqarashga asoslanib ta’sir etadi. Muloqatdagi qiyinchilik muomala
uslubi, ohangi va yo‘nalishni tug‘ri tushunmaslik natijasi hamdir. Muomala
odobiga roiya qilish ham ba’zan muloqatdagi qiyinchilikka sabab bo‘ladi. Masalan,
ruslarda o‘quvchi javob berayotganda,o‘qituvchiga qarab so‘zlashi kerak. Sharq
xalqlarida o‘zidan kattalarning ko‘ziga qarab gapirish odobsizlik hisoblanadi.
Bunday milliy ijtimoiy madaniy tabiatga ega bo‘lgan muloqatda noverbal
vositalar-imo-ishora, yuz ifodasi, holati va boshqalar ham muhim ahamiyatga
egadir.
Bunday qiyinchiliklar pedagoglar tomonidan to‘g‘ri anglab tushunilsa
bartaraf
etish
imkoniyati
paydo
bo‘ladi.
Muloqatdagi
roli
pozitsion
qiyinchiliklarning chuqur sabablarga ega, ya’ni oilaviy tarbiya, jamiyatdagi o‘rni,
rollar ko‘lami, tashkilotning mavqey, shahar va rayonning o‘rni va boshqalarda.
16
Bunday qiyinchiliklar rollar maqelar mos kelganda, xuquq va majburiyatlar
buzulganda vujudga keladi. Masalan: o‘z roliga ko‘ra o‘qituvchi so‘rashi talaba esa
javob berishi kerak. Agar talaba savol bersa o‘qituvchi javob berishga qiynalsa u
savolni boshqalarga yo‘naltirish yoki mavzuni boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib
yuborishi ham mumkin. Muloqatga kirishuvchilarning yosh xususiyatlari ham
qiyinchiliklarini ham yuzaga keltirish mumkin. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya
yoshidan o‘rta o‘smirlik yoshigacha juda ko‘plab bolalar kattalardan muloqatga
intiladilar. Ammo, ko‘pchilik o‘smir va o‘spirinlar tengdoshalari bilan muloqatna
afzal ko‘radilar. Maktabni tugatgach o‘spirinlarda yana kattalar bilan qiziqishi
paydo bo‘ladi. Pedagog va talabalar o‘rtasidagi muloqatdagi qiyinchilik
kattalarning bolalar ruhiy dunyosini tushunmasligida deb bilmaydi. Bunday
qiyinchiliklar pedagoglarning xaddan tashqari balandligi sababli o‘spirinlarni
qiziqtiradigan mavzulardan bexabarligi oqibatida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Muloqatchanlik umumiy mavzuning yo‘qligi ham pedegog va o‘spirin o‘rtasidagi
munosabatlarda muayyan qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Muloqatdagi bunday
qiyinchilikni engish uchun pedagog doim o‘z bilimini takomillashtirib yoshlar
ma’naviy dunyosi, ruhiy kechinmalarini chuqurroq o‘rganib borishga harakat
qilishi kerak. Muloqat sub’ektlarining psixologik xususiyatlari ham muloqatning
borishida qiyinchiliklarni vujudga keltirish mumkin. Bunday qiyinchiliklar odatda
3 ta kuchning: o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlari va har
ikkinchisining bir-birini to‘g‘ri qabul qilishning o‘z aro ta’siri va aloqasi
natijasidir. Shu bilan birga pedagogning muloqatga salbiy ta’sir etadigan individal-
psixologik xususiyatlar asabiylik, ortiqcha ta’sirlanuvchanlik va boshqa sifatlarni
boshqara olmaslik kabi holatlar qiyin kechishiga olib keladi. Muloqat jarayoniga
ta’sir etuvchi individual psixologik xususiyatlar: muloqatchanlik, kirishuvchanlik,
ekstravertlik, introvertlik, bilim jarayonlari uslubi va boshqalarning etishmasligi,
yoki yaxshi taraqqiy etmagan yangi muloqatda qiyinchilik tug‘dirish mumkin.
Muloqat jarayonida suhbatdoshlarning o‘z jinsiy holatlarini boshqara olish ham
muhim ahamiyatga ega.
17
Shaxsning aqliy, irodaviy, xulq-atvor va shaxsiy xususiyatlari muloqatni
engillashtirish yoki umuman qiyinlashtirish ham mumkin. Tadqiqotchilar
tomonidan xarakter aktsetuatsiyasi ham muloqatga ta’sir etish muammosi
o‘rganilgan. Hozirda muloqatchanlik turlicha namoyon bo‘ladigan o‘n uch xil
xarakter aktsentuatsiyasi farqlanadi:
-tsikloid- kayfiyatning tez-tez almashib turishi.
-gipertim-doimiy ko‘tarinki kayfiyat.
-astenik –tez-tez ta’sirlanish, tushkinlik, charchoq.
-senzitiv-o‘zidan kamchiliklarni chuqur xis qilish, tez ta’sirlanuvchanlik.
-psixoastenik- yuqori darajadagi xavotirlik, o‘z-o‘zini taxlilga moyillik.
-shizoid-
odamovulik,
introversiya,
muloqatga
kirisha
olmaslik,
empatiyaning yo‘qligi.
-epileptik-janjalkashlik, ortiqcha pedantlik.
-paranoid- tez xafa bo‘lish, boshqalar fikrini qabul qilmaslik, hukmronlik
intilish.
-isteroid- boshqalar e’tiborini totishga intilish, yolg‘onchilik.
-distim- depressiyaga moillik, g‘amgin kayfiyatga moyilligi.
-beqaror-kayfiyatning tez almashinishi.
-konfarmizm- tanqidiylikning etishmasligi, boshqalar fikriga qaram bo‘lish.
Bu xarakter aktseptuatsiyasi tiplari sof holda deyarli uchramaydi.
O‘qituvchining padagogik va talabaning o‘quv faoliyati bilan bog‘liq muloqatdagi
qiyinchiliklar ushbu faoliyat mazmuni va tabiati bilan bog‘liqdir. Pedogogik
faoliyatdagi qiyinchilik shu fanni bilish darajasi, kasbiy-pedogogik maxorati,
didaktik qobiliyatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ta’lim oluvchilar shaxsiga
ta’sir etish qiyinchilik A.K.Markova fikricha, eng avvalo rivojlanish va
shakllantirish jarayonida bo‘lgan o‘quvchini yaxlit shaxs deb bilmaslik natijasidir.
V.A.Kan-Kalik,
A.K.Makarovaning
ta’kidlashicha
ta’lim
jarayonidagi
qiyinchiliklar:
1. Qo‘llanilayotgan bir uslubning boshqasi bilan bog‘lanmasligi.
2. O‘qituvchi bir-biriga bog‘lanmagan bir necha uslublaridan foydalanadi.
18
3. Qo‘llanilayotgan o‘qitish uslubi o‘quvchilar imkoniyatlariga mos kelmaydi.
Pedagog ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos jihati o‘qituvchining roli va
muloqatdagi teng xuquqlilik yirik vazifalarini qo‘shib olib borishda namoyon
bo‘ladi. Talaba va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyati tabiatiga shaxslararo
munosabatlar hal sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday munosabatlar asosida yotuvchi
simpatiya, qabul qilish, qadriyatlarining mos kelishi, mos kelmasligi, muloqat
uslublarining muvofaqqiyatidagi kabi xolatlar shaxslararo munosabatlarni
engillashtirish yoki batamom to‘xtatish mumkin. Muloqatda qiyinchilikni yuzaga
keltiradigan xolatlardan yana bir tomoni shaxsiy jihatdan xukmronlikka intilishdir.
E.Bernning fikricha, shaxs ongida uch xil xolat «ota-ona», «kata kish», «bola»
munosabati har doim ham yaxshi samara bermasligi mumkin. «O‘qituvchi-
o‘quvchi»,
«o‘quvchi
o‘quvchi»
munosabatidagi
qiyinchilikni
muloqat
ishtirokchilari ham turlicha baholaydilar. O‘qituvchilarning fikricha, bunday
qiyinchiliklar individual-psixologik xususiyatlar asosida paydo bo‘lsa, o‘quvchilar
buning
sababin
faoliyatda
ishtirok
etish
darajasi
bilan
bog‘laydilar.
Tadqiqotchilarning fikricha esa muloqatdagi qiyinchilik eng avvalo shaxslararo
munosabatlariga, so‘ngra individual-psixologik xususiyatlarga bog‘liq deb
qaraydilar.
Muloqat ishtirokchilaridan birining qiyinchilik sezish o‘z navbatida
ikkinchisining faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘p hollarda teskari aloqa orqali o‘quvchida ro‘y bergan qiyinchilikni
pedagog sezadi va yangi muloqot vaziyatini vujudga keltirishga, yangi uslublardan
foydalanishga xarakat qiladi.
Muloqatdagi qiyinchiliklar uning ishtirokchilari xususiyatlari, muomala
vaziyati tabiati, tomonlarning pedogogik ta’sirini aks ettiradi.
Yuqorida ta’riflab o‘tilgan qiyinchiiliklarni ba’zan tomonlarning o‘zlari
bartaraf etishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini,
hamda ta’lim tarbiya jarayonining o‘ziga xosligini e’tiborga olgan holda shaxs
muloqatchanlik sifatlarini tarbiyalash maqsadida turli xil muloqat treninglarini
tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |