bo‘laklash, rasm yoki matn ko‘rinishini o‘zgartirish, shakl yoki
matnlarni nusxalash, rasm yoki õujjatni buzish, rasm yoki õujjatlarni
saqlash amallaridan Paint va MS Word dasturlarida ko‘p foydalandingiz.
Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish
uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi. Foydalanish maqsadidan
kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot
bizning ba’zi talablarimizga javob berishi shart. Axborotga
qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa,
ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi
lozim:
ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish
ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan
o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, «30sentyabr
kuni
tantana o‘tkaziladi» degan axborot 1noyabrda
o‘z qimmatini
yo‘qotadi;
to‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani
har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni
noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib
keladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz
teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin»
degan axboroti to‘liq emas, chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba,
soat nechadaligi noma’lum;
ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror
qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan,
hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat
ishi qoldirildi» degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik
qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish
qiyin emas.
Biror bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi
unin g bizning talablarimizga javob bera olmasligiga, qisqacha aytganda,
bu axborotdan foydalanib bo‘lmasligiga va nihoyat, saqlab
qo‘yish uchun arzimasligiga asos bo‘ladi.
Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqa
xususiyatlari ham bo‘lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil
ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o‘tish joiz. Axborotni ishlatish
maqsadidan kelib chiqib, uning ortiqchalilik xususiyatlarini ham
bilish zarur.
Idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi nima?
Жавоб: «Электрон ҳукумат тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонунига мувофиқ ва электрон давлат хизматлари кўрсатувчи давлат органлари ва бошқа ташкилотларнинг (кейинги ўринларда давлат органлари деб аталади) идоравий ва идоралараро ахборот тизимлари ва ахборот ресурслари ҳамда электрон ҳукумат марказий маълумотлар базаларининг ўзаро ҳамкорлиги соҳасида ягона давлат сиёсатини амалга ошириш мақсадида Вазирлар Маҳкамаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг электрон давлат хизматлари кўрсатувчи давлат органларининг идоравий ва идоралараро ахборот тизимлари ва ахборот ресурслари ҳамда электрон ҳукуматнинг марказий маълумотлар базалари ўртасида ўзаро ҳамкорлик қилиш учун Электрон ҳукуматнинг идоралараро маълумотлар узатиш тармоғини (кейинги ўринларда Идоралараро тармоқ деб аталади) ташкил этиш тўғрисидаги таклифига розилик берилсин.
2. Асосий вазифалари қуйидагилардан иборат бўлган «Ўзбектелеком» АК Идоралараро тармоқнинг оператори этиб белгилансин:
замонавий ахборот коммуникация технологиялари асосида Идоралараро тармоқни ташкил этиш, унинг узлуксиз ишлашини ва янада ривожлантирилишини таъминлаш;
электрон давлат хизматлари кўрсатувчи давлат органларига идоравий ва идоралараро ахборот тизимлари ва ахборот ресурслари, шунингдек электрон ҳукуматнинг марказий маълумотлар базалари ўртасида ўзаро ҳамкорлик қилиш имкониятини бериш;
Идоралараро тармоқ орқали ўзаро электрон ҳамкорликни амалга оширишда ахборот хавфсизлигини ва маълумотлар ҳимоя қилинишини таъминлаш.
3. Белгилаб қўйилсинки, 2017 йил 1 январдан бошлаб электрон давлат хизматлари кўрсатувчи давлат органларининг идоравий ва идоралараро ахборот тизимлари ва ахборот ресурслари ҳамда электрон ҳукуматнинг марказий маълумотлар базалари ўртасидаги ўзаро ҳамкорлик Идоралараро тармоқ орқали амалга оширилади.
4. Қуйидагилар:
Электрон ҳукуматнинг идоралараро маълумотлар узатиш тармоғига биринчи навбатда уланадиган электрон давлат хизматлари кўрсатувчи давлат органлари ва бошқа ташкилотлар рўйхати 1-иловага мувофиқ;
Электрон ҳукуматнинг идоралараро маълумотлар узатиш тармоғини ташкил этиш ва ундан самарали фойдаланишни таъминлаш бўйича тадбирлар режаси 2-иловага мувофиқ тасдиқлансин.
5. Электрон ҳукумат соҳасидаги ваколатли орган — Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигига янги электрон давлат хизматлари жорий қилинишига кўра ушбу қарор билан тасдиқланган Рўйхатга тегишли ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳуқуқи берилсин.
6. Вазирликлар ва идоралар ҳар йили ўзларига бюджетдан ажратилиши назарда тутиладиган ва бюджетдан ташқари маблағлар доирасида Идоралараро тармоққа уланиш ва ундан самарали фойдаланишни таъминласинлар.
7. Мазкур қарорнинг бажарилишини назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг биринчи ўринбосари Р.С. Азимов зиммасига юклансин.
Idoralararo malummotlar uzatish tizimi- foydalanuvchilarga davlat resurslaridann masofadan foydalana olishi va ushbu resursdan jamoa bo’lib foydalanishni taminlovchi davlat organlari o’rtasida hududiy jihatdan bo’lib joylashtirilgan malumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekomunikatsiya vositalari va tizimmlarining o’zaro bog’liq yig’indisi
YAIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) nima uchun zarur?
Javob: 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) maqsadini, vazifalarini va ish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) rasmiy veb-saytlari orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga ham tatbiq etiladi.
2. Yagona portal faoliyati “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatgan holda uning axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va ma’murchiligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Davlat organlari rasmiy veb-saytlarida Yagona portalda mavjud bo‘lgan elektron davlat xizmatini tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yo‘li bilan joriy qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
4. Quyidagilar Yagona portalning maqsadlari hisoblanadi:
ariza beruvchilarga davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlovchi axborot tizimlarining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashuvini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish orqali ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish.
5. Yagona portal quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olishlarini ta’minlash;
elektron davlat xizmatlari olish uchun so‘rovlarni va boshqa hujjatlarni yo‘llash hamda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasini qabul qilish;
davlat organlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan so‘rovlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasini ariza beruvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish;
to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn-to‘lov imkoniyatlarini amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning holati va borishini kuzatish;
elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;
kelib tushgan so‘rovlar va ko‘rsatilgan elektron davlat xizmatlar asosida statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
Elektron raqamli imzoni qanday va nima maqsadlarda ishlatish mumkin?
Javob: Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi qonunchilik talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat, taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lishingiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |