Kasb etikasi haqida tushuncha



Download 33,78 Kb.
bet5/5
Sana06.07.2022
Hajmi33,78 Kb.
#745614
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz Kasb etikasi nima uc

O‘z vaqtida taqdim etish. Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuv-chilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.
Bitimlarni jurnallashtirish va analiz qilish bilan boshlanib va joylashtish sinov balansi bilan tugaydigan buxgalteriya jatayoni buxgalteriya davri deb ataladi.Buxgalteriya davrida quyidagi bosqichlar va davrlar bor.

  1. Jurnalda bitim analiz qilinadi va belgilanadi.

  2. Bitimlar katta kitobga joylashtiriladi

  3. O`zgartrilmagan sinov balansi tayyorlanadi

  4. O`zgartrish ma`lumot i yig`iladi va analiz qilinadi

  5. Ixtiyoriy davr oxiri qo`sh varog`I tayyorlanadi.

  6. O`zgartrish kiritilishlari jurnallashtiriladi va katta kitobga joylashtiriladi

  7. O`zgartrilgan sinov balansi tayyorlanadi

  8. Moliyaviy bayonnomalar tayyorlanadi.

  9. Yopish kiritilishlari joylashtiriladi va katta kitobga joylashtiriladi

  10. Joylashtirish yopish kiritilishi tayyorlanadi 1

Muomala madaniyati
Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi-o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi.
Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz bilan ishlashni xohlashingiz-sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib keladi. Nomzodning bo’lajak lavozimga ishga o’tish maqsadida suhbatda ishtirok etishining samaradorligi uning kommunikativligi va shaxslararo muomala qilish qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog’liqdir.
Masalan, agar suhbat mobaaynida ish beruvchining ko’zlariga qarashga tortinsangiz, u sizni o’ziga ishonmaydigan odam deb o’ylaydi. Muloqotlarda oassiv emas, balki faol qatnashuvchi bo’lishga intiling va savol-javob qilishni o’rganing. Shu sabab bilan siz ritorika usullarini, imo ishoralarva mimikalar yordamida suhbatlashishni o’rganing, suhbat davomida o’zingizni tutib turishni, xulqingiz yaxshi bo’lishini ta’minlang shunda siz qay ishda bo’lmang, qay lavozimni egallamang, sizga doim muvaffaqiyatlar hamroh bo’ladi.
Nizolar va ularni bartaraf etish yo’llari
Ma’lumki, odamlar o’zlarini turli hayotiy vaziyatlarda bir xil tutishmaydi. Inson suhbat mavzusi, tarzi suhbatdoshlar turlariga bog’liq holda o’zgarib turishi lozim. Ishbilarmonlik sohasida yuqori darajadagi muloqotga erishish uchun biz psixologik bilimlarga asoslangan muloqot texnologiyalridan foydalanishimiz lozim. Hamkasb, rahbariyat, mijozlar orasidagi muloqot jarayonida nizolar kelib chiqishini inobatga olish lozim, notog’ri so’zlardan foydalanish esa muloqotdagi muomalalarga, ma’lumot yo’qolishiga olib keladi.
Bosh tortish(o’zini olib qochish). Bu xalq shakli tanlanishi sabablari quyidagicha: individ o’zining huquqlarini himoya qilishni istamaydi, qaror ishlab chiqishda ishtirok etmaydi, o’z fikrini aytishdan bosh tortadi, baxslashishni istamaydi.
Buning sabablari quyidagicha: individ uchun nizoning natijasi muhim ahamiyatga ega emas, yoki vaziyatning juda og’irligi va uning bartaraf etilishi ishtirokchilarning katta kuch talab qilishi yoki individning nizoni o’z foydasiga hal qilishga kuchi yetmasligi.
O’zaro kurashish, raqobat individning o’z manfaatlari uchun faol ravishda kurashayotganligini, qo’yilgan maqsadlariga erishishda barcha vositalardan foydalanayotganligini anglatadi, ya’ni o’z hukmidan foydalanish, tazyiq o’tkazish, raqiblarni axloqiy ezish, ishtirokchilarning o’ziga bog’liqligidan foydalanish.
Yon bosish, moslashish. Individning harakatlari raqib bilan bo’lgan munosabatlarini saqlab qolish va qo’llab- quvvatlashga qaratilgan bo’ladi va bu maqsadga erishish uchun u o’z manfaatlaridan qisma amalga oshmasligiga ham tayyor.Bu yondashuvni, odatda, individning munosabatlardagi o’zrni past darajada bo’lsa, nizoning obyekti raqib uchun ko’proq ahamiyatga ega bo’lganda kuzatamiz.
Hamkorlik deganda biz individning qaror topishda faol ishtirok etishini va barcha ishtirokchilar manfaatlari hamda o’zining manfaatini qondirish maqsadida harakat qilishini nazarda tutamiz.Ishtirokchilarning ochiqdan-ochiq fikr almashishi barcha ishtirokchilarning qaror izlashda manfaatdorligi ko’zda tutiladi. Bu shakl barcha ishtirokchilarning ijobiy yondashuvini talab qiladi. Agar raqiblarning Bo’sh vaqti bo’lib, muammoning hal qilinishini hammaga bir xil ravishda manfaatli bo’lsa, unda har tomonlama muhokama zarur bo’ladi hamda umumiy o’zaro ,manfaatli qaror qabul qilish muhim ro’l o’ynaydi.
Kelishuvda ishtirokchilarning bir-biriga yon boshishi natijasida umumiy qarorga kelish va buning natijasida hech kim g’olib bo’lmasligi hamda mag’lub bo’lmasligi qayd etiladi. Xulqning bunday shakli-ishtirokchilarning deyarli bir xil taqsimlangan bo’lib, manfaatlari qarama-qarshi bo’lsa hamda ularning yaxshi qaror izlab topishga vaqti kam bo’lsa-yu, ammo qabul qilingan qaror vaqtinchalik hammaga ma’qul bo’lsa, qo’llaniladi.
Bosh tortish va yon bosishda nizo yechimi chetga surilib qo’yiladi, nizoning o’zi esa yashirin holga o’tib qoladi. Kelishuv nizoli vaziyatni faqat qisman hal qilishi mumkin, chunki ishtirokchilar bir-biriga yon bosishadi, ammo nizoning sabablari to’la bartaraf etilmaydi.
Nizolarning ijobiy natijaga ega bo’lishini bilsak ham, biz baribir ularga yo’liqmaslikka harakat qilishimiz kerak. Agar nizoni oldini olish imkoniyati bo’lmasa, unda “OQILONA XULQ QOIDALARI” ga rioya qilib har qanday vaziyatdan munosib ravishda chiqib ketishimiz mumkin.
Yaxshi tayyorgarchilik ko’rgan mehmonxona yoki restoran xodimi hech qachon quyidagi nizo vaziyatda “12ta man etilgan ishlarni qilmaydi.

  1. Hamkor yoki mijozni tanqidiy ravishda baholash.

  2. Hamkor yoki mijozni yomon niyatli deb o’ylash.

  3. O’zining intellectual yoki jismoniy ustunligini yaqqol namoyon etish.

  4. Faqatgina hamkor yoki mijozga javobgarlikni yuklash va ularni qoralash.

  5. Muloqot bo’yicha hamkor yoki mijoz manfaatlarini inobatga olmaslik.

  6. Hamma narsani faqatgina o’z ko’zi bilan ko’rish.

  7. O’zining xizmatlarini oshirib ko’rsatish.

  8. Adolatli e’tirozli va fikr bildirishlardan jahli chiqishi, ovozni baland qilish va haqoratlash.

  9. Hamkorning nozik tomonlariga tegib, ranjitmoq.

  10. Hamkorga juda ko’p e’tirozlarni bildirish.

  11. Ishni bitirib bo’lgach, “do’stlik rishtalari” ni uzib tashlash, ishonchli munosabatlarni to’xtatish.

Va eng muhimi- nizo vaziyatida doimo ahloqning quyiagi oltin qoidasiga rioya qilish:
“Odamlar sen bilan qanday munosabatda bo’lishlarini xohlasang, o’zing ham ular bilan shunday munosabatda bo’l”.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Jamolxonov N. Hozirgi o’zbek adabiy tili. -T.: O’qituvchi, 2015.
2.Hakimova M. O‘zbek tilida vaqt ma’noli lug‘aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari: filol. fan. nomz....dis. avtoref. -T., 2014
3. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. – T.: O‘qituvchi, 2015.


11 Carl S. Warren, James M. Reeve, Jonathan E. Duchac. Accounting. (ISBN: -13: 978-1-133-60760-1) USA, 2014. 25th Edition. Р.3-5


11 Carl S. Warren, James M. Reeve, Jonathan E. Duchac. Accounting. (ISBN: -13: 978-1-133-60760-1) USA, 2014. 25th Edition. Р.70


Download 33,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish