Kasb – hunar kollejlari o`quvchilarida ekologik tarbiyani shakllantirishning innovatsion uslublari


Ekologik ekskursiyalar tashkil etish



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/55
Sana25.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#410527
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
kasb-hunar kollejlari oquvchilarining ekologik tarbiyasida innovatsion texnologiyalarni qollashning pedagogik samaradorligi (1)

                                 Ekologik ekskursiyalar tashkil etish 

        Ekologik  ekskursiyalar  sinfdan  tashqarida  tabiatda,  qishloq  xo‗jaligi  va  sanoat 

ishlab  chiqarishlarida,  botanika  bog‗lari,  hayvonot  bog‗lari,  muzeylar,  qo‗riqxona, 

buyurtmaxona,  ilmiy  tadqiqot  institutlari  va  boshqa  joylarda  o‗tkaziladigan  o‗quv 

xarakteridagi    mashg‗ulotlardir.  Ekskursiya  asosan  bahorda  va  kuzda  tabiatda  yoki 

muhofazaga  olingan  hududlarda  o‗tkazilsa,  muzeylarga  tashkil  etiladigan 

ekskursiyalar  dasturda  ko‗rsatilgan  materiallarni  mustahkamlash  uchun  reja  asosida 

o‗tkaziladi. 




71

 

 



 

Dastur bo‗yicha quyidagicha ekskursiyalar tashkil etish  mumkin: 

-odam va uning salomatligi; 

  - atrof-muhit holati va uni yaxshilash;  

- mahalliy ekologik muammolar. 

        Ekskursiya    o‗quvchilarni  voqea  va  hodisalarni  bevosita  kuzatish,  tabiiy 

sharoitda o‗rganish imkonini beradi. O‗quvchilar tirik organizmlarni yashash sharoiti 

va unga moslashish tomonlarini bilib oladi. 

Qishloq  xo‗jaligi  va  sanoat  ishlab  chiqarishlariga  uyushtirilgan  ekskursiyalarda 

ekologik bilimlarning amalda qanday qo‗llanilayotgani kabilarni bilib oladi. 

Ekskursiyaning  tarbiyaviy  ahamiyati  ham  katta.  U  o‗quvchilarda  ongli  intizom, 

o‗rtoqlik  va  do‗stlik,  tashabbuskorlik  va  havaskorlik  hislatlarini  tarbiyalaydi. 

Shuningdek,    tetik  va  sog‗lom,  estetik  tuyg‗ular,  Vatanga  muhabbat  kabi  tuyg‗ular 

shakllanadi.  Ekskursiya  davomida  o‗quvchilarning  bajargan  ishlari  ekologik 

ko‗nikmalarni  hosil  qilsa,  ikkinchi  tomondan,  ulardan  dars  va  darsdan  tashqari 

mashg‗ulotlarda foydalanish mumkin. 

Ekskursiyaga tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: 

1. Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi. 

2.  O‗qituvchi  tomonidan  ekskursiya      uchun  joy  va  marshrutni  belgilanadi, tegishli 

jihozlar tayyorlanadi. 

Ekskursiyaning  rejasi  tuzilib  tegishli  metodlar,  didaktik  materiallar  hisobga  olinadi. 

Ekskursiyaga  tayyorgarlik  ko‗rish  uchun    o‗quvchilar  oldindan  ogohlantiriladi  va 

tegishli adabiyotlar bilan tanishish vazifa qilib beriladi. 

Qishloq  xo‗jaligi  va  sanoat  ishlab  chiqarishi  va  boshqa  shunga  o‗xshash 

ekskursiyalarda uning vaqti to‗g‗risida xo‗jalik yoki muassasa bilan kelishib olinadi. 

Tabiatda  o‗tkaziladigan  ekskursiyalarda  quyidagilar  hisobga  olinishi  kerak. 

Ekskursiya  o‗qituvchining  kirish  suhbati  bilan  boshlanadi.  Bunda  ekskursiyaning 

mavzusi, maqsadi va o‗tkazish tartibi tushuniriladi. O‗quvchilar guruhlarga bo‗linib, 

mustaqil topshiriqlar beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya o‗tkaziladigan 

joydagi ob‘ektlardir. Ob‘eklarni ko‗rsatish va tushuntirish suhbat yo‗li bilan izchillik 

bilan  olib boriladi. Ekskursiyada mustaqil ishlar tashkil etish bilan o‗quvchilarning 



72

 

 



 

bilim va ko‗nikmalari mustahkamlanadi. 

Ekskursiyani o‗tkazish uchun  amaliy maslahatlar 

Ekskuriyaga oldindan tayyorgarlik ko‗rish kerak. Bunda quyidagilarga e‘tibor  berish 

kerak: 

   - ekskursiyaning mavzusini tanlash; 

    - ekskursiyaning rejasini tuzish; 

   - ekskursiya o‗tkazadigan joy bilan oldindan tanishish; 

    -ekskursiyaga  boruvchi  talabalar  bilan  ekskursiyada  qanday  masalalarga  e‘tibor 

berishlarni  hamda  qanday  kiyinishlari  kerakligi,  nimalar  olmaslik  kerakligi  kelishib 

olinadi; 

    -  o‘quvchilarni  tabaitda  yoki  ishlab  chiqarish  korxonalarida  o‗zlarini  tutish 

qoidalari bilan tanishtirish. 

     Ekskursiya  davomida    ko‗rsatish    mumkin  bo‗lgan  ob‘ekt  haqida  gapiriladi. 

Ekskursovod  umumbiologik  va  umumekologik  mavzularini  nazariy  bilimlarini 

muhokama  qilishni  taklif  etishi  mumkin.  Shubhasiz,  ekskursiya  amaliy  ahamiyatga 

ega ekanini hisobga olinishi kerak. Ekskursiyada ba‘zi bir tirik ob‘ektlarni, ayniqsa, 

hayvonlarni  tutib,  o‘quvchilarga  namoyish  qilish  mumkin.  Ayrim  o‗simlik  va 

hayvonlarning tabiiy holdagi yashash joylarini guruhlarga ko‗rsatish mumkin. 

Iloji  boricha  o‗rganiladigan  ob‘ektlar  haqidagi  ma‘lumotlar  o‗qituvchi  va 

talabalarning qo‗lida bo‗lgani maqsadga muvofiq. Ob‘ektlar ko‗rsatish,  tushuntirish 

suhbat yo‗li bilan olib borilishi kerak. 

O‘quvchilar  tirik  ob‘ektlarni  kuzatib  o‗rganayotganda  vaqt  ham  hisobga  olinishi  

kerak. 


 O‘quvchilarning  ekskursiya  davomida  faolligi  muhim  ahamiyatga  ega.  Talaba  va 

o‗quvchilar  ob‘ektlarni  faol  o‗rganishlari  va  o‗qituvchining  ma‘lumotlarini 

tinglashlari  zarur.  Shuningdek,  talabalar  daftarlariga  ba‘zi  ob‘ektlar  haqidagi 

ma‘lumotlarni yozib olishlari kerak. 

Ekskursiyada  guruhlar  bilan  muloqot  amalga  oshirilishi  kerak.  Buning  uchun 

talabalarni qiziqtiruvchi savollar va topshiriqlar tayyorlab qo‗yilishi kerak. 

 Talabalar  xotirasida  olingan  ma‘lumotlarni  mustahkamlash.  Buning  uchun  har  bir 



73

 

 



 

talabaning ekskursiya uchun tutgan daftarlariga yozib borayotganligini nazorat qilish 

lozim. Ekskursiya tugagandan so‗ng, yozilgan ma‘lumotlar yuzasidan [15-20 daqiqa] 

suhbat o‗tkazish kerak. 

Darsdan tashqari ishlar shunday hisob bilan tashkil etiladiki, bunda har bir o‗quvchi 

yil davomida bir ikkita ish bajaradi, ularga tegishli baholar oladi. 

Darsdan tashqari ishlar mavzusiga ko‗ra uyga berilgan tajribalarga yaqin hisoblanadi, 

ba‘zan mos ham keladi. Farqi shundaki uy ishlari ancha oddiyroq bo‗ladi, ular asosan 

butun sinf uchun bir vaqtda beriladi va uyda bajariladi. Darsdan tashqari ishlar turli-

tuman,  murakkabroq  bo‗ladi.  Jihozni  nazoratni,  o‗quvchilar  imkoniyatini,  tirik 

to‗garak  burchagi  imkoniyatini  hisobga  olinadi.  Bu  ishlar  ko‗p  haftalar,  bir  necha 

oylar davomida o‗tkazilishi mumkin. 

Tirik tabiat burchagi uchastkasida va tabiatda boshqa ishlar, darsdan tashqari ishlar, 

darsda  o‗rganish  uchun  qiziqarli  material  beradi.  O‗quvchining  mustaqil  ishlash 

o‗quv  va  ko‗nikmalarini  tarbiyalaydi.  Tabiatga  qiziqishni  rivojlantiradi.  Bunday 

ishlarni  bajarish  uchun  o‗quvchilar  odatda  topshiriqlarda  ko‗rsatilgan  o‗simlik  va 

hayvonlar  tabiatdagi  maxsus  adabiyotga  ma‘lumotnomalarga  ensiklopediyaga 

murojat  qiladilar.  Yangi  adabiyot  qidirib  topishda  tashshabbus  ko‗rsatadilar.  Bu 

doimiy kitobga murojat qilish ehtiyojini tarbiyalaydi. 

Darslar  bilan  uzviy  bog‘liq  holda  va  sismavzuda  darsdan  tashqari  ishlar  biologiya 

o‗qitishning  majburiy  formasi  bo‗lib  qoladi  va  ular  asosiy  va  bosh  formani  darsni 

davom ettiradi va mustahkamlaydi. 

Oldingi  sinflardagi  kabi,  pedagogika  kursida  ham  o‗quvchilarning  bunday  ishlari 

majburiy  bo‗lib,  ular  tirik  tabiat  burchagida  va  tabiatda  o‗tkaziladi.  Ular  mazmuni 

jihatdan  o‗quv  rejasi  bilan chambarchas bog‗liq bo‗ladi.  Tajriba va kuzatishlar olib 

borib, ularni darslarda ko‗rsatishga tayyorlash, biologik kolleksiyalar va gerbariylar 

tuzish,  mikroskopda  ishlash,  genetika  masalalarini  hal  qilish  shular  jumlasidandir. 

Har bir o‗quvchi yil mobaynida 1- 2 ta ish bajaradi. ‖Atrof-muhitni asrab avaylash‖, 

―Tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini bo‗lish‖ kabi mavzularga oid darslarda ko‗rib 

chiqiladigan  muammolar  kuz  faslida,  kechi  bilan  fevral  oyi  boshlarida  o‗tkazilsa 

yaxshi bo‗ladi. 



74

 

 



 

Tabiatda  darsdan  tashqari  ishlar,  ko‗pincha,  kuz  faslida  bajariladi.  Bunda 

―Tabiatimizning boy go‗zalligi va uni avaylab asrash‖ degan mavzu uchun material 

rejalashtiriladi.  Bunday  hollarda,  darsdan  tashqari  ishlar  tabiatda  olib  boriladigan 

ishlar bilan bog‗lik bo‗lgan uy vazifasi xarakterini oladi. 

1.O‗quvchida  atrof-muhitga  mas‘uliyatli  munosabatni  shakllantirish  imkoniyatlari: 

tasavvurlarning  nisbatan  yuqori  darajasi,  atrof-muhit  haqidagi  axborotlarga 

qiziquvchanlik  bilan  qarash,  atrof-muhitdagi  ob‘ektlar  va  hodisalarga  hissiy  javob 

berish qobiliyati  mavjud. 

2.

 



Dars jarayonida ekskursiyalarni tashkil kilish  usullarining avzalliklari shundaki 

kuzatuvchanlik rivojlantirib, shu asosda xulosa va taxlil qilgan xolda, nazariy va 

amaliy bilimlarni shakllantiradi. 

3.

 



O‗quvchilarni  ekskursiya  davomida  bilimlarni  shakllanishini  hamda  bu 

bilimlarni baholash tizimini  shakllantirish. 

4.

 

Ekskursiyadan  foydalanish  vaqtida  talabalarni  ekologik  dunyoqarashini 



shakllantirgan xolda erkin firklash qobilyatini shakllantiradi. 

5.Dars  jarayonida  olingan  nazariy  ma‘lumotlarni  amaliyot  davrida  yanada    qiziqarli 

o‗tishiga imkoniyat beradi. 

 

 



                                                       

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish