OG‘IZ BO‘SHLIG‘I
Og‘iz b o ‘shlig‘i (cavum oris) hazm kanalining bosh-
lang‘ich b o ‘limi hisoblanadi. Bu b o ‘shliq oldingi va yon
tom ondan — lablar va lunjlar bilan, yuqoridan — tanglay,
pastdan — og‘iz b o ‘shlig‘ining tubi bilan chegaralangan. Orqa
tomonda og‘iz b o ‘slilig‘ining devori yo‘q; bu tomonda og‘iz
bo‘slilig‘i tomoq orqali halqum bo‘slilig‘iga tutashadi. Tomoq
yuqori tomondan — yumshoq tanglay bilan, yon tomondan —
tanglay ravoqlari bilan, past tom ondan — til ildizi bilan
chegaralangan.
Tishlar va milklar og‘iz b o ‘shlig‘ini og‘iz dahlizi va asil
og‘iz b o ‘shlig‘iga ajratib turadi. Og‘iz dahlizi lablarning va
lunjlaming ichki yuzasi bilan tishlar va milklaming orasidagi
yoriqsimon kamgakdir. Og‘iz dahlizi og‘iz teshigi orqali tashqi
muhitga tutashadi. Asil og‘iz bo ‘shlig‘i og‘iz b o ‘shlig‘ining
tishlar va milklardan ichkari tomondagi qismidir.
Lablarda asosan og‘izning doira muskullari bor. Lablar
sirtdan ten bilan, ichkaridan esa shilliq parda bilan qoplangan.
Ten lablarning serbar chekkasi orqali shilliq pardaga aylanadi.
Lablarning shu chekkasi odatda pushti rang b o ‘ladi.
Lunjlarda asosan lunj muskuli bor, bu muskul sirtdan teri
bilan, ichkaridan esa shilliq parda bilan qoplangan.
Tanglay og‘iz bo‘shlig‘ining yuqori devorini tashkil etadi.
Orqa tom onda qattiq tanglay yum shoq tanglayga o ‘tadi.
Yumshoq tanglay shilliq parda bilan qoplangan muskullardan
vujudga keladi. Yumshoq tanglayning orqadagi qismi tanglay
pardasini hosil qiladi. Unda o ‘rta chiziq bo‘ylab tilcha chiqadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ining tubi til bilan band.
TIL
Til (lingua) ovqatni mexanik jihatdan ishlashda va so‘zlash
jaray o n id a q atn ashadigan m uskulli organdir. Til negizi
muskullardan iborat. Til shilliq parda bilan qoplangan. Tilning
o ‘rta qismi (tanasi) oldingi to m onda uchli b o ‘lib, orqa
tomondagi qismi esa ildizini tashkil etadi. Chegara egat til
ildizi bilan tanasi o ‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Tilning yuqori
yuzasi orqasi deb ataladi. Chegara egat bo‘ylab, shu egatdan
oldingi tom onda gardish bilan o ‘ralgan 7—12 ta so‘rg‘ich
7
ko‘rinadi, bu so‘rg‘ichlarda bir talay ta ’m bilish piyozlari
bor. T a’m bilish piyozlari til orqasidagi zam burug‘simon
so‘rg‘ichlarda ham b o ‘ladi. Gardish bilan o ‘ralgan so‘rg‘ichlar
va zamburug1 simon so‘rg‘ichlar orasida ko‘pgina ipsimon
konik so‘rg‘ichlar bor, shu tufayli til duxobaga o ‘xshash g‘adir-
budir b o ‘ladi. Tilning chekkalarida bargsimon so‘rg‘ichlar bor.
Chegara chiziqdan orqa tomonda, til ildizi sohasida shilliq
parda tugun-tugun b o ‘lib turadi; shu joyda limfoid to ‘qima
to ‘plami (limfoid follikullar) bor. Limfoid follikullar yig‘ilib,
til murtagini hosil qiladi.
Tilning pastki yuzasi shilliq parda bilan qisman qoplangan,
xolos. Til uchi yuqoriga ko‘tarilsa, til yuganchasi ko‘rinadi. U
shilliq pardaning o ‘rta chiziq bo‘ylab ketgan burmasidir. Ba’zan
til yuganchasi juda kalta b o ‘ladi, shunga ko‘ra til tanasining
harakatiga to ‘sqinlik qiladi.
Til yuganchasining pastki qismida, ikki yonida yumaloq
shakldagi ikkita do‘mboqcha bor. H ar bir do‘mboqcha (til osti
etchasi) teshikli b o ‘ladi. Til osti va jag‘ osti so‘lak bezlarining
umumiy yo‘li og‘iz bo‘shlig‘iga shu teshik bilan ochiladi. Til
ostidagi bezlaming konturlari chap va o ‘ng tom ondagi til
osti etchasidan orqaga va ikki yon tomonga ketuvchi til osti
burmalari shaklida ko‘rinib turadi.
Til muskullari shu organning asosiy qismini tashkil etadi.
Tilning skelet muskullari va xususiy muskullari tafovut qilinadi.
Skelet muskullariga juft engak-til, engak-til osti va bigizsimon
o ‘siq-til muskullari kiradi.
Tilning xususiy muskullari uzunasiga ketgan yuqori va pastki
muskullar, ko‘ndalang va vertikal muskullardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |