Surunkali pulpit xuruji
Bemor o ‘z-o ‘zidan hosil b o ‘luvchi xumjsimon og‘riqqa
shikoyat qiladi. Og‘riq kuchli bo‘lib, uchlamchi asab shoxlari
bo‘yicha iradiatsiya qilinadi. Ayrim holatlarda og‘riq simillovchi
bo‘lib, tishlaganda zo‘rayadi. Kasallik tarixi aniqlanganda, tish
aw al pulpitlaming biror-bir turi bilan og‘rigani aniqlanadi.
Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Pulpaning elektr
sezuvchanligi pasaygan. Rentgenogramm ada tishning ildiz
uchida periodontal yoriqning kengaygani va suyak to ‘qimasining
so‘rilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |