Kariyeslarni davolash
Kariyesni davolash mahalliy va umumiy xarakterga ega.
Umumiy xarakterga ega b o ‘lgan davolash tadbirlari odam
organizmining himoya kuchlarini, to ‘qimalar rezistentligini
oshirishga qaratilgan. Shu m aqsadda bem orga B, D, YE
vitam inlar ham da m ineral kom ponentlar tavsiya etiladi.
Masalan, glyukonat kalsiy, fitin.
Mahalliy davo to ‘qimalarda sodir b o ‘lgan o ‘zgarishlarga
bog‘liq. Dog‘ shaklidagi kariyesda to ‘qimalar chaxlanmaydi va
dog‘ hosil bo‘lgan demineralizatsiya bo‘lgan sohaga yo‘qotilgan
mineral komponentlar kiritiladi. Buning uchun reminerali-
zatsiyalovchi eritmalar qo‘llaniladi va aplikatsiya qilinadi. Ushbu
eritmalaming asosiy komponentini kalsiy, fosfor, ftor tashkil
etadi. Remineralizatsiya terapiyasining effektivligini metilen ko‘k
sinamasini o ‘tkazib aniqlanadi. Tarkibida ftor saqlovchi tish
pastalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tishda kariyes kovagi b o ‘lgan tishlarni davolash uchun
patologik o ‘zgarish b o ‘lgan to ‘qimalami olib tashlash kerak.
Faqatgina ayrim hollarda yuza kariyesni chaxlanmaydi, ya’ni
u tekis yuzada joylashgan bo‘lsa. Shunday hollarda yuza kariyesni
olm osli silindr shaklidagi b o r yordam ida silliqlanadi va
rem in eralizatsiy a te rap iy asi o ‘tk a zila d i yoki k om p o zit
plombalovchi xomashyo bilan plombalanadi.
0 ‘rta kariyesni davolashda kariyes kovagini chaxlab, shakl-
lantirib, quritib, aw al taglik, so‘ng doimiy plomba qo‘yiladi.
Chuqur kariyesni davolashda kariyes kovagining mikro-
florasini zararsizlantirish pulpaning yallig‘lanishini oldini
olish maqsadida davolovchi malham q o ‘yiladi. Davolovchi
malham sifatida tarkibida gidrookisid kalsiy bo‘lgan pastalardan
foydalaniladi: kalmisin, “Dentsply” firmasining dukal pastasi,
“K err” firm asining “L ife” pastasi, “V oko” firm asining
“Kalkimol” pastasi va kalsevitdan foydalaniladi. Davolovchi
m alham dan so‘ng, ajratuvchi suvli dentin, fosfat sementli
taglik, so‘ng doimiy plomba bilan tiklanadi.
Yuza, o ‘rta va chuqur kariyeslarda albatta patologik
o ‘zgargan to ‘qimalarni olib tashlash kerak bo ‘ladi. Buning
uchun tish chaxlanadi. Chaxlash tish turkum iga, kariyes
kovagining joylashishiga bog‘liq.
46
Tishni chaxlash kariyesni davolashning asosiy bosqichlari-
dan hisoblanadi. Kariyes kovagining sinfidan qat’i nazar, chaxlash
va kariyes kovagini shakllantirish quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Zarur bo‘lsa og‘riqsizlantirish.
2. Kariyes kovagini ochish.
3. Kariyes kovagini kengaytirish va nekrotom iya qilish
(yumshagan va pigmentlangan dentinni olib tashlash).
4. Kovakni shakllantirish.
Kariyes kovagini chaxlashda patologik o ‘zgargan to ‘qima-
larni olib tashlash, sog‘lom to ‘qim alarni asrash prinsipiga
asoslanish lozim.
Kariyes kovagi shakllantirilgandan so‘ng, tishning anatomik
shakli va funksional holatini tiklash maqsadida plombalanadi.
Plombalash kovakni tayyoriash va plombalash bosqich
lardan iborat:
1. Plombalash uchun kerak bo‘lgan asboblami tayyoriash.
2. Plombalovchi xomashyoni tayyoriash.
3. Plombalanadigan kovakni so‘lakdan himoya qilish.
4. Kovakni quritish.
5. Kovak kontaktyuzadabo‘lsaajratuvchi matritsa qo‘yish.
6. Plombalovchi xomashyoni tayyoriash.
7. Kovakni qayta quritish.
8. Taglik qo‘yish.
9. Plombalovchi xomashyoni kovakka kiritish.
10. Plombani shakllantirish, silliqlash va sayqal berish.
11. Plombani so‘lakdan izolatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |