STOMATOLOGIK ASBOBLAR
Stomatologik asboblar foydalanish sohasiga ko‘ra quyida-
gilarga b o ‘linadi:
1.Terapevtik asboblar.
2.Xirurgik asboblar.
3,Ortopedik asboblar.
Terapevtik asboblar 5 ta guruhga bo‘linadi.
1-guruh. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tekshirish
Ushbu jarayon uchun ishlatiladigan asboblar: to ‘g‘ri va
burchakli zond, stomatologik oyna, stomatologik pinset.
Stomatologik oyna yordamida ko‘rish uchun noqulay bo‘lgan
sohalar ko‘rigi o ‘tkaziladi, qo‘shimcha yoritiladi, lab, lunj,
tilni travmalardan himoya qilish maqsadida ushlab turiladi.
Stomatologik zond. Ikki qismdan, ya’ni ishchi qismi va
dastasidan tashkil topgan. Stomatologik zondni ikki xili, to ‘g‘ri
va burchakli oddiysi farqlanadi. Zond yordamida kariyes kovagi
borligi, uning chuqurligi, og‘riqli nuqtalari aniqlanadi. Belgili
zond yordamida milk cho‘ntagining chuqurligi aniqlanadi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |