SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali fibroz periodontit
Surunkali fibroz periodontit klinik belgilarsiz kechadi. Bemor
og‘riqlami sezmaydi. Faqatgina kariyes kovagi borligiga, unga
ovqat qoldiqlari kiiib qolislii va og‘izdan noxush hid kelishiga
shikoyat qilishi mumkin. Sumnkali fibroz periodontit aw al
davolangan pulpit, travmatik aitikulyatsiya oqibatida kelib chiqishi
mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz, tish
atrofidagi milk o ‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq,
og‘riqsiz. Sumnkali fibroz periodontitga tashxis rentgenogramma
asosida aniqlanadi. Rentgenogrammada ildiz uchidagi periodontal
yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniqlanadi (12-rasm). Suyak
to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |