Kasallik tarixini yozish uchun tematik bemorlarni kuratsiyasi. Gospital jarrohlik fani to‘g‘risida tushuncha. Dastlabki va yakuniy tashhisni ko‘yish. Individual davolashni belgilash. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari



Download 190,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana01.01.2022
Hajmi190,82 Kb.
#287213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.Nazariy.Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari

Diagnostikasi.  Takayasu  sindromi  bo‘lgan  bemorlarda  o‘tkaziladigan 

diagnostik  tadbirlar  yig‘indisini  shartli  ravishda  uchta  bosqichga  bo‘lish 

mumkin: 

I.  Umumiy  klinik  tekshirishlar  bosqichi:  surab-surishtirish  va  kasallikning 

anamnezini  yig‘ish,  bemorni  ko‘zdan  kechirish,  aorta  ravog‘i  tarmoqlarining 

holatini,  shuningdek  yuza  joylashgan  magistral  arteriyalarni  palpator  va 

auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo‘l va ikkala oyoqda aniqlanadi. 

II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: 

- laboratoriya tekshirish usullari; 

- funksional tekshirish usullari; 

- nefrologik tekshirish; 

- oftalmologik tekshirish; 

- otonevrologik tekshirish; 

- rentgen kontrast tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya). 

III.  Tekshirishning  intraoperatsion  bosqichi:  aorta  ravog‘i  braxeotsefal 

tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion angiografiya. 

Braxeotsefal  arteriyalari  zararlangan  bemorlar  uchun  nevrologik, 

oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir qanchasi xosdir. 

Ko‘zdan  kechirish  to‘g‘ri  diagnoz  qo‘yish  uchun  xech  qanday    yo‘l-yo‘riqlar 

ko‘rsata  olmaydi.  Paypaslab  ko‘rish  chakka,  uyqu,  yelka  va  bilak 

arteriyalaridagi pulsatsiyaning o‘zgarishlarini  aniqlab beradi. Umumiy uyqu va 

nomsiz  arteriyalar  okklyuziyasida  zararlangan  tomondagi  na  uyqu,  na  chakka 

arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki uyqu arteriyasi 

okklyuziyasida  va  uning  stenozida  bifurkatsiya  soxasida  chakka  arteriyasining 

pulsatsiyasi  (urib  turishi)  xatto  kuchaygan  bo‘lishi  extimol,  chunki  butun  qon 

oqimi  tashqi  uyqu  arteriyasiga  yo‘naladi.  Arterial  bosimni  o‘lchashni  hamma 

qo‘l  va  oyoqlarda  olib  borish  kerak.  O‘mrov  osti  arteriyasi  zararlanganda 

sistolik  arterial  bosim  simob  ustuni  xisobida  80-90  mm  gacha,  puls  bosimi 

simob  ustupi  xisobida  19-30  mm  gacha  pasayadi.  Auskultatsiya  braxeotsefal 

tomirlar  kasalliklarining  birlamchi  diagnostikasida  asosiy  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bifurkatsiya va ichki uyqu arteriyasi stenozida pastki jag‘ burchagidagi sistolik 

shovqin bemorlarning 75 foizida eshitiladi. 

Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha  bo‘lishi mumkin: 

a)  qon  elementlari  (o‘rtacha  gipoxrom  kamqonlik,  o‘rtracha  leykotsitoz, 

ROE - eritrotsitlarning cho‘kish tezligi tezlashgan); 

b)  plazma  oksillari  (gipoalbuminemiya,  globulin  fraksiyalari,  shuningdek 

fibrinogen oshishi); 

v)  immunologik  reaksiyalar  (musbat  aktinuklear  omil,  Vasserman  soxta 




musbat reaksiyasi). 

Funksional  tekshirish  usullari.  O‘mrov  osti  arteriyasi  okklyuziyasida 

reovazogrammalar balandligi asimmetriyasi va to‘lqinlari xarakteri va qo‘lning 

xajmiy  sfigmogrammalari  hamavaqt  bor.  Uyqu  va  nomsiz  arteriyalar 

zararlanganini  diagnostika  qilishda  uyqu  va  yuza  chakka  arteriyalarini 

sfigmografiya  qilish  katta  yordam  beradi.  Okklyuziyada  egri  chizik  to‘lqinlari 

pasayadi va shakli o‘zgaradi. 

Reoensefalografiya  katta  yordam  beradi,  u  uyqu  arteriyasi  bir  tomonlama 

zararlanganda miya qon ta'minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini  

aniqlaydi,  hamma  braxeotsefal  tarmoqlar  okklyuziyasida  esa  hamma  usullarda 

reogramma  to‘lqinlarining  keskin  pasayishini  qayd  qiladi.  Braxeotsefal 

tomirlarning  birlamchi  diagnostikasida  infraqizil  spektrdagi  termografiya 

qo‘llaniladi. 0,6°S dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi. 

So‘nggi  yillarda  qon  oqimini  ultratovush  bilan  tekshirish  usullari  keng 

tarqaldi.  Ultratovushli  datchik  Doppler  effekti  prinsipida    faqat  arteriya 

pulsatsiyasini  emas,  balki  undagi  qon  oqimi  yo‘nalishi  va  tezli-gini  ham  

aniqlasa bo‘ladi. 

Nevrologik  tekshirishlar.  Bosh  miya  ishemiyasinish  nevrologik  alomatlari 

qaysi  tomir  xavzasi  zarar  ko‘rganiga,  arteriyaning  okklyuziya  darajasi  va 

rivojlanii  sur'atiga,  shuningdek,  kollateral  qon  aylanishining  kanchalik 

muvofiqligiga  bog‘liq.  Shu  munosabat  bilan  miya  qon  aylanishi 

yetishmovchiligini  karotid,  vertebrobazillyar  va  birga  uchraydigan  karotid-

bazillyar  tipi bo‘yicha  farq qilish  zarur. Nevrologik  simptomatikaning  o‘zi  esa 

intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy xarakterda bo‘lishi mumkin. 

Bosh  og‘rig‘i  -  bosimning  magistral  arteriyalari  okklyuziyasi  bo‘lgan 

bemorlarda qayd qilinadi. U taxminan bemorlarning 80 foizida bo‘ladi. Og‘riq 

aksariyat  chakka  soxasida,  ba'zan  boshning  u  yoki  bu  yarmida  yoki  tutash 

bo‘ladi. 

Bosh  aylanishi  uchrashi  jixatidan  ikkinchi  nevrologik  simptom, 

bemorlarning kam deganda 35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat 

funksiyasi  buzilishi va uning  uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo‘yicha 

quyida  joylashgan  bo‘limlari  bilan  alovasiga  borliq.  Qisqa  muddatga  xushdan 

ketish  hodisasi  kam  deganda  5%  hollarda  uchraydi,  ular,  aftidan,  bosh  miya 

tursimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. 

Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o‘zak qobiq osti tugunlari 

og‘ir va uzoq muddatga ishemiya bo‘lgan bemorlarda uchraydi. 

Talvasalar  va  epilepsiyasimon  tutqanoqlar  ahyon-ahyonda  kuzatiladi.  Bu 

holatlarning tabiati  aniqlanmagan. 

Po‘stloqqa  taalluqli  ko‘rish  qobiliyati  buzilishlari.  Bu  guruxga  bosh  miya 

yarimsharlarida, asosan ensa bo‘laklarida qon aylanishi yetishmasligi natijasida 

yuzaga  keladigan  ko‘rishning  turli-tuman  buzilishlari  kiradi.  Ko‘rishning 

bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi. 

Harakat  buzilishlari  -  kasallikning  eng  ravshan  va  og‘ir  belgilaridan 



xisoblanadi. Nevrologik buzilishlar  bu  formasining umumiy  protsenti 13,3%  ni 

tashkil  etadi  (A.  V.  Pokrovskiy  bo‘yicha).  Nutq  buzilishlari  bemorlarning 

deyarli  11  foizida  uchraydi.  Ular  ishemik  uchoqda  joylashuvi  bo‘yicha  turli-

tuman ko‘rinishga ega bo‘ladi. 

Nistagm  -  birmuncha  ko‘p  uchraydigan  nevrologik  simptomlardan  biri 

xisoblanadi. Vertebro-bazillyar sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina 

kuzatiladi.  Ko‘z  harakatining  buzilishlari  nistagm  singari  uchraydi.  Unda  ko‘z 

soqqalari  harakati  o‘zgaradi,  konvergensiya  va  akkomodatsiya  reaksiyalari 

buziladi. 

Miyachadan  bo‘ladigan  simptomlar  -  asinergiya,  dizmetriya,  mushaklar 

distoniyasi  bemorlarning  taxminan  8  foizida  uchraydi  (B.  V.  Petrovskiy 

muallifdoshlari bilan).Yutish va fonatsiyaning buzilishlari (disfagiya, dizartriya) 

6-7% xollarda kuzatiladi. Sezuvchanlikning buzilishlari parez   bo‘lgan tomonda 

bemorlarning 15 foizida kuzatiladi. 

Vegetativ buzilishlar - ko‘ngil aynishi, qayt qilish, rangparlik, bradikardiya, 

ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi. 

Aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuziyasida oftalmologik simptomatika butun 

ko‘ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda kuyidagi usullardan 

foydalaniladi: 

Periferik  ko‘ruv  retseptori  holatini  o‘rganish  -  oftalmoskopiya  -  ko‘ruv 

nervi o‘tkirligini tekshirish kuyidagi testlar bo‘yicha    o‘tkaziladi: 

- ko‘rish o‘tkirligi; 

- perimetriya (ko‘ruv maydonini aniqlash); 

- rangli perimetriya; 

- yorug‘lik sezuvchanlikni aniqlash; 

- to‘r parda markaziy arteriyasini bosish; 

- oftalmotonus va ko‘z ichidagi suyukliq almashinuvi. 

Otonevrologik tekshirish  quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

- LOR organlarini ko‘zdan kechirish; 

- eshituv, vestibulyar, ta'm bilish, hid bilish funksiyasini  aniqlash; 

- maxsus usullar (audiometriya); 

- maxsus sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taalluqli ayrim sinamalar). 

Otonevrologik simptomatika lor organlari va ularning funksiyalari ta'm, hid 

bilish,  otokinetik  retsepsiya)  holatini  aks  ettirib,  boshning  xronik  ishemiyasi 

sharoitlarida  va  aorta  ravog‘i  tarmoqlari  okklyuzion  za-rarlanishining  umumiy 

somatikasida muhim o‘rin egallaydi. 

Braxeotsefal  tarmoqlari  zararlangan  bemorlarni  tekshirish  vaqtida  boshqa 

tomir  xavzalarining  birgalikda  zararlanish  simptomlariga  (toj  arteriyalar,  qorin 

aortasining visseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) ahamiyat berish zarur. 

Tekshirishning  rentgen  kontrast  usullari.  Hozirgi  vaqtda  braxeotsefal 

arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari    qo‘llanadi: 

1. Kateterizatsion ko‘krak aortografiyasi. Aortaning   hamma    bo‘limlari, 

jumladan uning   ravog‘ini   ham kateterlash 1953 yilda shved olimi Saldinger 



taklif qilgan metodika bo‘yicha hozir hamma joyda amalga oshirilayapti. 

2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog‘ida kateter borligi uni aortaning 

tarmoqlaridan  biri  og‘ziga  kiritib,  so‘ngra  uni  kontrastlash,  ya'ni  selektiv 

arteriografiya  qilishga  imkon  beradi.  Shunday  bo‘lishiga  qaramay,  selektiv 

aortoarteriografiya  uchun  ko‘rsatmalar  chegaralangan  va quyidagi hollardagina 

o‘tkazilishi mumkin  

- braxeotsefal arteriyalarning arterio-venoz anevrizmasida; 

-  bosh  magistral  arteriyalari  intrakranial  bo‘limlarining  zararlanganiga 

shubxa qilinganda, bu uning oxirgi tarmoqlarini ham ko‘zdan kechirishni talab 

etadi. 


Tekshirishning supraaortal usullari: 

-  karotid  arteriografiya  odatda  uyqu  arteriyasida  okklyuziya  borligiga 

shubxa  qilinganda  qo‘llaniladi,  asosan  uning  kalla  suyagi  ichi  tarmoqlarini 

aniqlash maksad kilib olinadi; 

-  umrov  osti  arteriografiyasi  umrov  osti  va  umurtqa  arteriyasini,  o‘ng 

tomondan  qo‘llanilganda  ko‘shimcha  ravishda  uyqu  arteriyasini  kontrastlash 

imkonini beradi; 

-  qo‘ltik  arteriografiyasi  so‘nggi    vaqtlarda  o‘mrov  osti  arteriografiyasini 

siqib chiqara boshladi, chunki qo‘ltik arteriyasini punksiya qilish texnikasi oson, 

shuningdek arteriyaga Seldinger metodikasi bo‘yicha kateter kiritish imkoniyati 

yaxshidir. 

Rentgen  kontrast  tekshirishdan  keyingina  braxeosefal  tomirlarning  klinik 

zararlanishlarini  aniqlash  va  xirurgik  taktika  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilish 

mumkinligini qayd qilib o‘tmok darkor. 




Download 190,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish