5.13-rasm.IKONOS kosmik surati
104
Agar rastr ma‘lumotlardan (surat) kartaning orqasida fon sifatida
qo‗llaniladigan bo‗lsa, u holda rastr ma‘lumotlarining ruxsat berish darajasi va
undagi obyektlarning ko‗rinishi uchun ba‘zi bir ta‘sir doirasiga ega bo‗ladi. Ruxsat
berish darajasi past bo‗lgan rastr ma‘lumotlarida tasvir pog‗onali ko‗rinishga ega
bo‗lib, o‗quvchiga obyektlarni o‗qishiga, farqlay olishiga xalal berishi mumkin
(5.12-rasm).
5.5. 3D vizuallashtirish
3D vizuallashtirish dasturiy qurilmalari va usullari hozirgi kunga kelib jadal
rivojlanib bormoqda. 3D vizuallashtirishda mavjud usullarni quyidagi sinflarga
ajratish mumkin:
1. Perspektiv ko‗rinish hosil qilish usuli.
2. Effekt ko‗rinish hosil qilish usuli.
Usullarni farqlashning asosiy omili sifatida uch o‗l-chamli tasvir hosil
qilishni ko‗rsatishimiz mumkin.
Perspektiv ko‗rinishda kartani o‗quvchi fazodan tashqaridan unga qarasa,
o‗zini o‗sha fazoning ichida turgandek his qiladi. Perspektiv ko‗rinishga misol
sifatida yuqorida keltirilgan TNTning burilgan ko‗rinishini hamda soya tushirilgan
relefni ko‗rsatishimiz mumkin.
5.14-rasm.Statik vizuallashtirish perspektiv ko‗rinishi
105
Bu turdagi perspektiv ko‗rinish GAT dasturlaridan foydalangan holda
osongina yaratilishi mumkin.
Effekt ko‗rinish esa o‗sha perspektiv ko‗rinish ustida uchish (masalan,
GeoVRML– Geographic virtual reality modelling language va internet aloqasi)
orqali yoki virtual reallikning maxsus displeyda proektorlanadigan dasturlaridan
foydalanib (masalan, CAVE–Virtual reality environment) hosil qilinishi mumkin.
Statik va dinamik vizuallashtirishning ikkinchi farqini ko‗rsatishimiz
mumkin. Statik vizuallashtirish ko‗p hollarda perspektiv ko‗rinishdan olinib,
o‗quvchiga voqea-hodisaning biror-bir ko‗rinishdan burchak ostida olingan uch
o‗lchamli tasvirini tasavvur qilish imkoniyatini beradi (5.14-rasm).
Dinamik vizuallashtirish esa o‗quvchining fazo bo‗ylab harakatlanishini
talab qilib (fizik harakat yoki virtual ―FLY BY‖), harakatlanish davomida turli
displey parametrlarini o‗zgartirish imkoniyatini ham yaratadi (kuzatish nuqtasini
o‗zgartirish, atributlarni ko‗rsatish, vertikal bo‗rttirishlarni boshqarish va hokazo).
5.15-rasm.Vizuallashtirish effektini hosil qilish imkoniyatini beruvchi qurilma (CAVE dasturi)
106
Ba‘zi 3D vizuallashtirish qurilmalari bir vaqtda faqat bir kishiga tadqiq
qilish imkoniyatini beradi. Masalan, ba‘zi virt ual reallik tizimlarida displey
boshga kiyiladigan uskuna orqali ko‗rsatiladi va faqat bir kishi tomonidan
foydalanilishi mumkin (5.16-rasm).
5.16-rasm.Boshga kiyiladigan vizuallashtirish uskunasi
Boshqa qurilmalarda esa bir necha kishi bevosita displeyni kuzatgan holda
munozaralar olib borishi imkoni mavjud (masalan, bir necha kishini sig‗dira
oladigan CAVE dasturi) (5.15-rasm).
Uch o‗lchamli vizuallashtirishga doir so‗nggi muhim omil 3D modellarhosil
qilishda qo‗llaniladigan belgilar bo‗lib, ular juda mavhum (masalan, obyektlarning
geometrik shakllari) yoki yuqori darajada real bo‗lishi (masalan, shaharlarning
binolar, daraxtlar va harakatdagi odamlar bilan to‗ldirilishi) mumkin. Misol uchun,
shaharsozlik muhandisi ommaga yangi qurilishi mo‗ljallanilayotgan bino inshoot
loyihasining 3D modelini yaratishni taklif etishi mumkin.Misol uchun
shaharsozlik muhandisi ommaga yangi qurilishi mo‗ljallanilayotgan bino inshoot
loyihasining 3D modelini yaratishni taklif etishi mumkin.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |