Kartografiya va geovizuallashtirish


 Veb-kartalar va multimedia



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

2.7. Veb-kartalar va multimedia 
An‘anaviy  kartografiyada  dinamik  holatni  ifodalash  uchun  uch  xil  usuldan 
foydalaniladi: 
1.  Yagona  kartada  dinamik  holatni  turli  strelka,  lenta  va  boshqakartografik 
usullar bilan tasvirlash. 
2. Dinamik holatni seriyali, turli davrga tegishli kartalar, rasmlar, fotokartalar, 
blok-diagrammalar va boshqalar orqali ko‗rsatish. 
3. Hodisalarning o‗zgarishini tasvirlovchi kartalarni tuzish orqali, ya‘ni kartada 
dinamikani  emas,  balki  voqea  va  hodisada  bo‗lib  o‗tgan  o‗zgarish  natijalarini 
berish. 
Geoinformatsion  kartalashtirishning  imkoniyati  kartografik  animatsiyani 
(multiplikatsiyani)birga qo‗shish natijasida ancha kengayishi mumkin. Kartografik 
animatsiyakadrlikartalar  ketma-ketligining  harakati  natijasida  dinamik  holatni 
ifodalashning yana bir usulidir.  
Animatsiya  bugungi  kunda  tez  rivojlanib  bormoqda,  masalan,  iqlim 
kartalari. Hozirgi kunga kelib ko‗plab kompyuter dasturlari, ular orqali kartografik 
animatsiyalarning turli variantlari va modellari yaratilgan: 
• kartalarni butun ekran bo‗yicha harakatlantirish; 
• kadrlikartalar va uch o‗lchamli tasvirlarni harakatlantirish; 
• harakat tezligini foydalanuvchi talabi bo‗yicha o‗zgartirish; 
• kartaning alohida elementlarini harakatga keltirish; 


 
 
53 
•  kartaning  mazmuniga  tegishli  elementlarning  ko‗rinishini  o‗zgartirish, 
o‗lchamini, orientirovkasini, yorqinligini va o‗chib-yonishini boshqarish;  
• shartli belgilar intensivligini, ranglar o‗zgarishini boshqarish;  
•  tasvirning  proektsiyasini,  fazoviy  joylashishini  va  aylantirib  ko‗rsatilishini 
boshqarish; 
• tasvirning masshtabini o‗zgartirish, kartani ekranda har xil tezlikda harakatga 
keltirish va boshqalar.  
Animatsiyani  me‘yoriy  24  kadrli  tezlikda  yoki  undan  ham  tezroq 
harakatlantirish  mumkin.  Bunday  vaqtda  generalizatsiya  ishlari  va  uning 
masshtablari  ham  e‘tiborga  olinadi.  Sekin,  o‗rtacha  va  tez  harakatlanadigan  va 
masshtabga ega tasvirlarni ajratish mumkin: 
• 1:86 000 – kunning bir sekundiga to‗g‗ri keladigan animatsiyali kartaning 
namoyishi;  
• 1:600 000 – haftaning 1 sekundlik animatsiyasi; 
• 1:2 500 000 – oyning 1 sekundlik animatsiyasi; 
• 1:31 500 000 – yilning 1 sekundlik animatsiyasi.  
Geoinformatsion  texnologiyalar  rivojlanishi  natijasida  tasvirlarning  yangi 
ko‗rinishlari  yaratila  boshlandi.  Ular  o‗zlarida  kartaning,  rasmning, 
blokdiagrammalar  va  kompyuterli  animatsiyalarning  asosiy  xususiyatlarini 
tasvirlaydi.  Bunday  tasvirlar  virtual  (lotinchavirtuals  –  ―bo‗lishi  mumkin‖ 
demakdir)  tasvirlar  degan  nomni  oldi.  Kompyuterda  bunday  tasvirlar  uch 
o‗lchamlilik  yoki  animatsiya  imkoniyat-larini  qo‗llash  natijasida  ko‗rinishi 
mumkin.  
Kartografiyada  virtual  modellar  dasturiy  boshqariladigan  muhitda  mavjud 
bo‗lgan  va  shakllanayotgan  real  yoki  faraz  qilingan  tasvirlar,  deb  tushuniladi. 
Barcha  kartografik  tasvirlar  kabi  bunday  modellar  ham  proektsiyasiga, 
masshtabiga, generalizatsiyalanish xususiyatiga ega. Virtual tasvirlarni hosil qilish 
texnologiyasi ko‗p qirralidir. Dastlab topografik karta, aero- va kosmik rasm orqali 
joyning  raqamli  modeli  hosil  qilinadi,  so‗ngra  joyning  uch  o‗lchamli  modeli 


 
 
54 
tuziladi. Bunda gipsometrik shkaladagi ranglar bo‗yalib yoki landshaftning rasmi 
qo‗yilib, joyning real modeli tuziladi.  
Keyingi  yillarda  virtual  modellashtirishda  ko‗pbosqichli  approksi-
matsiyadan  tez-tez  foydalanilmoqda.  Relefning,  landshaftning  va  o‗simlik 
qoplamining  umumiy  bitta  modeli  bo‗yicha  ko‗p  bosqichli  approksimatsiya-larni 
tuzish  mumkin.  Bu,  o‗z  navbatida,  tasvir  masshtabining  katta-kichikligidan 
cheklanmagan holda boshqa bosqichga o‗tish imkonini beradi, ya‘ni multibosqichli 
generalizatsiya  olib  boriladi.  Bunday  texnologiya-larni  ilmiy  va  o‗quv  ishlarida 
ham  qo‗llasa  bo‗ladi,  masalan,  o‗rtava  mayda  masshtabli  virtual  geotasvirlar  va 
globuslarni hosil qilishda va h.k. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish