Qirqim karta – karta mazmunini tushuntirish yoki to‗ldirish uchun talab
etiladigan ma‘lumotlar joylashtiriladigan qo‗shimcha karta.
Kartadagi tushuntirish yozuvlari – kartada tasvirlangan obyektlarning
turini yoki xilini, shuningdek, ularning miqdor va sifat tavsiflarini tushuntiradigan
yozuvlar.
Kartaning geografik asosi - sohaviy, mavzuli va maxsus kartalar
mazmunining umumgeografik qismi.
Kartaning shtrixli elementlari – kartaning chiziqlar, shtrixlar yoki nuqtalar
bilan bajariladigan elementlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |