Mikrofishlardagi kartalar–karta va atlaslardan foto va kinotasmalariga tushirilgan mo„„jas nusxalar. Juda katta xajmdagi kartografik axborotlarni mikrofilmlarda saqlashga, zarur kartalarni tez topishga va chop etishga mo„ljallangan. Mikrofishlar kartografik asarlar asl nusxalarini saqlashga(bu eski va noyob kartalar uchun juda zarur), kartasaqlash o„lchamlarini va baholalarini(masalan, kartografik ishlab chiqarishda yoki resurs markazlarida) juda kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Jumladan bu ma‟lumotlarni kompyuterga kiritilishi kartalarni avtomatik ravishda tuzish va tahlil qilishda qo„l keladi.
Raqamli kartalar –ob‟ektlarni raqamli modeli bo„lib, fazoviy koordinatalarning kodlashtirilgan raqamli shakli ko„rinishidir. Raqamli ma‟lumotlar(raqamli modellar) topografik yoki mavzuli kartalarning mazmunini raqamlash yo„li bilan yoki sterefotogrammetrik modellarni bevosita o„lchash orqali aniqlanadi. Raqamli kartalar mashinali tarqatuvchilarda mavjud bo„lib, mohiyati bo„yicha bu faqat kartalashtirlayotgan ob‟ektlar va ular orasidagi munosabatlarni
mantiqiy matematik tavsifi (ma‟nosi) bo„lib, koordinatalar, proeksiyalar, shartli belgilar tizimlarini aniqligiga qo„yilgan talablar va generalizatsiya qoidalarini oddiy kartalarni shakllantirishga qaratilgan. Oddiy kartalar singari ular masshtab, mavzu, egallagan xududlari bo„yicha farqlanadi. Raqamli kartalarning asosiy vazifasi kartalarning asosini ma‟lumotlar bazasini tashkil etish va ularni avtomatik ravishda tuzish, tahlil qilish, shakllantirishdan iboratdir.
Elektron kartalar–raqamli kartalar, kompyuter muxitida dasturiy va texnik vosita, proeksiya, shartli belgilarni qo„llagan holda, kartalarni jihozlash.
Sobiq Ittifoq davrida kartografiya bo„yicha yirik kartografik asarlar yaratildi. Masalan, BSAM (Dunyoning katta sovet atlasi), FGAM (Dunyoning tabiiy geografik atlasi), Dunyo atlasi va sobiq respublikalarning kompleks atlaslari. SHu jumladan, O„zbekistonning ham 2 jildlik ilmiy ma‟lumotnomali atlasi, Toshkent atlasi hamda O„zbekistonning o„quv atlasi yaratildi.
Mustaqillikdan so„ng mamlakatimizda boshqa sohalar qatori kartografiya ham o„z rivojini topmoqda. O„tgan vaqt ichida respublikaning 1:1 000 000 masshtabli Ekologik kartasi, Iqtisodiy kartasi, Tabiatni muhofaza qilish kartasi va bir qancha o„quv kartalari chop etildi. 1999-yilda respublikamiz Prezidentining farmoyishi bilan O„zbekiston geografik atlasi yaratildi. Unda respublikamizda ro„y berayotgan katta iqtisodiy o„zgarishlar o„z ifodasini topgan. 2000–2005-yillarda maktab sinflari uchun O„zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy o„quv geografik atlaslari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |