Kartashunoslik kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o„tgan tarixiy taraqqiyot yo„li, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va xillarini, kartadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni tahlil qilish to„g„risida bahs yuritadi.
Matematik kartografiya geografik kartalar tuzishda qo„llaniladigan kartografik proeksiyalarni, ya‟ni Er ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini o„rgatadi.
Kartometriya kartalarda maydon, masofa va hajmlarini hisoblash yo„llarini, relefni o„rganish natijasida miqdor ko„rsatkichlar asosida sifat ko„rsatkichlarni ko„rsatib berish yo„llarini o„rgatadi.
Kartalarni loyihalash, tuzish va tahrir qilish kartografiyaning asosiy qismlaridan biri bo„lib, kartaning dastlabki nusxasini (originalini) tuzish va uni tahrir qilish usullarini tushuntiradi.
Kartani nashr qilish sohasi, asosan, kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish hamda uni yig„ib, kerak bo„lsa muqovalash ishlarini o„rgatadi.
Tadqiqotning kartografik usuli o„ziga xos soha bo„lib, kartada tasvirlangan voqea-hodisalarni tadqiq qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini o„rganish, ya‟ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan shug„ullanadi. Kartografik menejment kartografiyada nisbatan yangi soha bo„lib, kartografik korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va tayyor mahsulotni egalariga etkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob-kitob ishlarini
amalga oshirishning yangi usullarini qidirib topish yo„llarini o„rganadi.
Geoinformasion kartografiya kartografiyadagi yangi tarmoq bo„lib, kartadan informasiya manbai sifatida foydalanish yo„llarini o„rgatadi.
Kartografiyadan juda ko„p fanlarni o„rganishda foydalanilib, ba‟zi bir sohalar uchun maxsus kartografiya tarmoqlari yaratilgan. Masalan, geologik kartografiya, geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya va hokazolar.
So„nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli mukammal va aniq kartalar yaratilib, eskirgan kartalar yangilanmoqda, natijada Kosmik kartografiya alohida kurs sifatida o„rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda karta tuzishda va uni nashr qilish jarayonida kompyuterdan keng foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib, sifati yaxshilanmoqda.
Keyingi paytlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq – Er tasvirining umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o„rganuvchi Geoikonika fani tez sur‟atlar bilan rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, televidenieda, gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko„rsatuvlarning mazmuni, sifati va ko„rgazmaliligini oshishiga sabab bo„lmoqda. Natijada televezion kartografiya shakllanmoqda.
Kartografiya fanining rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori O„rta Osiyolik buyuk allomalar Muhammad Muso Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniylarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Dunyo kartografiya fanining shakllanishiga G„arbiy Evropa olimlari Merkator, Sanson, Snelluslar va rus olimlari F. N. Krasovskiy, A. Izotov, L. M. Preobrajenskiy, Saliщev K. A. Berlyant A. M.lar ham katta hissa qo„shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |