KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA.
Xulosa.
Ta'lim tarbiyaviy vazifalari
- talabalarni
kartografik generalizatsiyani mohiyati va
omillari haqidagi bilimlarini kengaytirish
va chuqurlashtirish. Kartografik
generalizatsiyani asosiy prinsiplarini va
turlarini, aniqligini va sifatini hamda har
xil holatlarda namoyon bo`lishini
o`rganish, ular haqidagi asosiy
tushunchalarni pishiq-puxta
o`zlashtirishlariga ko`maklashish va
zarur ishlab chiqarish malakalarini hosil
qilish.
Jihozlar:
har xil masshtabli, maqsadli va
mazmunli o`quv devoriy Kartalari,
o`quv va ilmiy-ma'lumotnoma atlaslar
mavzuga oid boshqa rasmlar, chizmalar,
plakatlar, jadvallar va h.k.
Ma'ruza rejasi:
4.1. Generalizatsiyani
mohiyati va omillari.
4.2. Generalizatsiyani turlari.
4.3. Generalizatsiyani aniqligi
va sifati.
4.4. Har xil joylashgan
hodisalarni (ob'ektlarni)
generalizatsiya qilish.
GENERALIZATSIYANI MOHIYATI VA OMILLARI.
Butun borliqni obrazli-belgili modeli
sifatida geografik Kartalarni eng muhim
xususiyati ularni tabiat va jamiyat
hodisalarini istagan kattalikdagi hudud,
masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik
yoki hatto to`liq Yer shari miqyosida
bevosita ko`zdan kechirish va o`rganish
imkoniyatiga egaligidadir. Bu masshtabdan
foydalanishga va Kartaga tushirilayotgan
hodisalarni umumlashtirilgan ko`rinishda
berishga asoslangan.
"Generalizatsiya" termini fransuzcha
so`z "generalisation“ dan kelib chiqqan
bo`lib-umumlashtirish, qaysiki o`z
navbatida lotincha yasama (hosila) so`z
"generalis" dan kelib chiqqan bo`lib,
umumiy, bosh degan ma'nolarni anglatadi.
Generalizatsiya terminini lingvistik ildizlari
uni kartografik mohiyatini yaxshi ifoda
etadi.
Davlat standartida kartografik
generalizatsiyaga quyidagicha ta'rif
berilgan:
Kartada tasvirlanayotgan ob'ektlarni
Kartani maqsadi va masshtabi hamda
Kartaga olinayotgan sohani
xususiyatlariga mos ravishda tanlash
(saralash) va umumlashtirish
kartografik generalizatsiya deyiladi.
34-RASM.
.
Generalizatsiyani asosiy ma'nosi-borliqni Kartaga
olinayotgan qismini o`ziga xos bo`lgan asosiy tipik
tomonlarini va harakterli xususiyatlarini saqlab qolib
umumlashtirib tasvirlashdir.
Kartalarni geosistemalarni yoki ularni qismlarini
(aspektlarini) modellari sifatida tushunish
generalizatsiyada geosistemalarni yetakchi (asosiy)
elementlarini, aloqalarini va jarayonlarini ajratishga,
hamda ancha yuqori darajali sistemalarni aks
ettirishga va abstraktlashtirish natijasida bu
sistemalarni tahlil qilish uchun ortiqcha
informatsiyani yo`qotish va ular to`g`risida yangi
bilimlar olish uchun vosita (chora) borligini ko`rishga
imkon beradi.
Generalizatsiyani ta'rifini o`zida, uni mohiyatini
aniqlaydigan asosiy omillar ko`rsatilgan, chunonchi-
Kartani maqsadi, uning masshtabi va Kartaga
olinayotgan borliqni (voqelikni) o`ziga xos
xususiyatlari. Yuqoridagilarga yana Kartani mavzuini
va Kartaga olish ob'ektlarini o`rganilganlik
darajasini (manbalarni sifatini) qo`shish kerak.