KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA
Reja
1. Kartografik generalizatsiya va uning xususiyatlari
2. Generalizatsiya turlari
Tayanch ibora va atamalar: k
artografik generalizatsiya, kartaning tipi, geometrik
aniqlik, legenda, gorizontal, yirik masshtab, orientir, nuqtalar usuli.
Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik kartalarning eng muhim
xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon,
viloyat, mamlakat, materik yoki hatto to’liq Yer shari miqyosida bevosita ko’zdan
kechirish va o’rganish imkoniyatiga egaligidir. Bu masshtabdan foydalanishga va kartaga
tushirilayotgan hodisalarni umumlashtirilgan ko’rinishda berishga asoslangan.