operatsiyalardan foydalaniladi, jumladan garniturani o‗zgartirish, tagini
60
Garnitura
tushunchasi orqali bir xil uslubiy tasvirga va nomlanishga
oid shriftlar yig‗indisining mavjudligi tushiniladi, masalan Times
Helvetica (Arial kabi), Dekor va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Har bir garnitura tarkibi bittadan to‗rttagacha ko‗rinishlarga ega bo‗lishi
mumkin) ya‘ni, odatdagi, odatdagi egilgan (kursiv), qalinlashtirilgan,
egilgan qalin (kursiv egilgan)). «Font» atamasi (
Font
) garnitura va
ko‗rinishlarning o‗ziga xos takrorlanmasligini anglatib, «shrift ko‗rinishi»
so‗z birikmasiga o‗xshash ma‘noga ega hisoblanadi.
SHrift o‗lchami –
kegl
– shrift tarkibidagi eng katta harfning eng
yuqorigi nuqtasi o‗lchamlarini va eng kichik harfning eng quyi nuqtalarini
belgilab beradi. Bunda uning o‗lchov birligi punkt bilan ifodalanadi. Bir
punkt (0,35
mm
) bu 1/72 dyuymga teng hisoblanadi. SHuningdek ingliz
dyuym o‗lchovi mavjud hisoblanadi (25,4 mm). 12 punkt (0,167 dyuym
yoki 4,2 mm) 1 sitsero qiymatiga yoki
Pica
(pika) qiymatiga ekvivalent
hisoblanadi. Fransuz dyuym o‗lchovi 1/72 (26,03 mm) Dido punktiga teng,
bu o‗lchov birligi kontinental Evropa mamlakatlari va Rossiya mintaqasida
keng qo‗llaniladi.
Kerning
– bu GA, TA, AU kabi simvollar juftliklarida optik
probellarni tenglashtirish jarayoni hisoblanadi. Topografik chizmachilikda
(«Shriftlar» mavzusi) shunga o‗xshash holatdagi harflar oraliqlarini
tenglashtirish tushunchasi mavjud.
Treking
– kegl qiymatiga bog‗liq holatda harflar oralig‗idagi
probellarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish jarayonidan tashkil topgan.
SHriftning nisbatan kichik o‗lchamlarida harflar oralig‗idagi masofani
kattalashtirish talab qilinib, yirik shriftlar holatida esa ushbu qiymatni
kichiklashtirish talab qilinadi.
CorelDRAW dasturida matn obyektlari ikkita turda bo‗lishi mumkin
– «Shaklli matn» va «Oddiy matn». Matnni kiritish grafik panelida tegishli
qurollardan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin, formatlash esa
«
Matn
» buyrug‗i asosida amalga oshiriladi.
«Oddiy matn» quroli matnlarni bloklar holida kiritish imkonini
beradi (qurol bilan matn ramkasi berilib, ushbu ramka doirasida matn
joylashtiriladi, ya‘ni matn klaviatura yordamida yoki boshqa hujjatlar
asosida import qilinishi amalga oshiriladi). Bu ko‗rinishdagi matnlarni
formatlash matn muharririda formatlashga o‗xshash tarzda amalga
oshiriladi.
«
Shaklli matn
» quroli yordamida matnni kiritish hech qanday ramka
asosida cheklanish tarzida amalga oshirilmaydi, hohlagan joyda bajariladi.
61
Shaklli matn dastur tarkibida oddiy tasvir tarzida qabul qilinadi. SHu
sababli, uni amalga oshirishda oddiy buyruqlar va shuningdek vektor
effektlardan foydalanish mumkin.
Navbatdagi mashqlarda va nazorat topshiriqlarida «
Shaklli
matn
»lardan foydalanish masalasi qarab chiqilgan.
№5-MASHQ.
Do'stlaringiz bilan baham: