Rang va rang modellari
Tasvirlar bilan ishlash yo‗nalishida rang eng murakkab kategoriya
hisoblanadi. Rangli tasvirlar barcha qayta ishlash bosqichlaridan
o‗tkazilib, bunda kirishdan boshlab (skaner, raqamli kameralar
yordamida), monitor ekranida qayta ishlashlar va yakuniy holatda nashr
qilish qurilmasida chiqarish jarayoni davomida tasvirlar ranglari turli xil
o‗zgarishlarga uchraydi. Bu o‗zgarishlar oldindan aytib bo‗lmaydigan
natijalarga olib kelishi xam mumkin. Bu holatga olib keluvchi uchta asosiy
obyektiv sabablarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
1.
Rangning his qilinishi – murakkab ruhiy-fizik jarayon hisoblanib,
bu texnik vositalar yordamida amalga oshirilishi imkoniyati
mavjud emas;
2.
Rangni bevosita o‗lchash imkoniyati mavjud emasligi (masalan,
uzunlik kabi);
3.
Turli xil rang modellaridan kelib chiqqan holatda rang
axborotlarini o‗zgartirish talabi yuzaga kelishi, bu holat turli xil
kiritish va chiqarish qurilmalaridan foydalanish davomida yuzaga
keladi va o‗z navbatida o‗zgarishlar qayd qilinadi, shuningdek
apparatlarning og‗ish qiymatlari ta‘sirida rang o‗zgarishlari
kuzatilishi mumkin.
Ushbu ko‗rinishda, qayta ishlashning har bir bosqichida
qurilmalarning og‗ish qiymatlari va axborotlarning bitta turdan
ikkinchisiga konvertatsiyalanishi davomida o‗zgarishlar qayd qilinadi.
Rangli tasvirlarni qayta ishlash standart tarzdagi ranglarni
tavsiflashlarsiz imkoni bo‗lmagan bo‗lar edi. Bunda ko‗plab rang
52
modellari ishlab chiqilgan bo‗lib, ular tegishli qo‗llanilish sohasi va
foydalanuvchilar guruhlariga bog‗liq holatda yaratilgan. Hohlagan rang
modelining asosida nima yotishidan qat‘iy nazar u quyidagi uchta talabni
qanoatlantirishi talab qilinadi:
4.
Rang standart usulda aniqlanishi talab qilinadi, bu holat ma‘lum bir
qurilmalarning imkoniyatlariga bog‗liq emas;
5.
Model berilgan rang gammasini (diapazoni) aniq aniqlab berishi
talab qilinadi;
6.
Model tarkibida rangning aks etishi yoki o‗tib ketishi xususiyatlarini
hisobga olgan holatda his qilinishini e‘tiborga olinishi ta‘minlangan
bo‗lishi kerak.
Barcha mavjud bo‗lgan rang modellari quyidagi uchta tipdan biriga
tegishli hisoblanadi: persepsion (his qilish bo‗yicha), additiv
(murakablashishga asoslanilgan) va substraktiv (hisoblash asosida).
Ko‗pincha holatlarda quyidagi rang modellari bilan ishlash amalga
oshiriladi: CIE – persepsion rang maydoni (5-rasm), RGB – additiv rang
maydoni (6-rasm) va CMYK – substraktiv rang maydoni (7-rasm) (2-
ilovaga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |