Ushbu talablarni qondirish uchun silindrlar va blok- kartering yuqori
qismi yaxlit qilib quyiladi.
Odatda, blok-karteming mustahkamligini oshirish uchun quyidagi
usullardan foydalaniladi:
l. Karterda to’siqlar
yasaladi, tashqi devorlari qovurg'ali qilib
tayyorlanadi, moy kanallari teshiladigan joylari qalinroq qilib yasaladi;
2. Karterning tekisligi tirsakli valning o‘qiga nisbatan pastroqda
joylashtiriladi (ZIL-130 dvigateli);
3. To‘la tayanchli tirsakli vallar ishlatiladi (GAZ-24);
4. Karter tunnel tipida yasaladi (DB-67 dvigateli)
-bu holda tirsakli val
ajraladigan qilib tayyorlanadi, tub podshipniklar sifatida sharikli yoki rolikli
podshipniklar ishlatiladi.
Blok-karteming bikrligi silindrlaming gilzalari hamda kallagida, tub
podshipniklarda va poddon bilan burilish tekisliklarida
deformatsiyaning kam
bo'lishini ta ’minlaydi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan qatorli dvigatellar massasining 23-
37% ini blok-karter tashkil etadi. F-simon dvigatellarda bu ko‘rsatkich bir oz
yaxshi (22- 25%). Blok karterning massasini kamaytirish maqsadida uning
devorlari va to'siq lari yupqa qilib yasaladi (3-5 mm).
Dvigatelni sovitish usuli blok-karterning massasiga ta’sir ko’rsatadi.
Suyuqlik bilan sovitiladigan blok-karterlar nisbatan katta massaga ega,
chunki
ular suyuqlik oqishi uchun qo‘sh devorli qilib yasaladi. Bu bo‘shliq suyuqlik
g'ilofi bo‘lib, u silindrlari qizib ketishdan saqlaydi.
Odatda, silindrlar blokining notekis qizishini kamaytirish maqsadida
suyuqlik g'ilofga ayrim-ayrim beriladi. Buning uchun g‘ilofga maxsus yassi
quvur o'rnatiladi. Sovituvchi suyuqlik g'ilofga
va quvurga nasos yordamida
alohida-alohida beriladi. Silindrlar kallagi har bir silindr bilan bog’langanligi
uchun suyuqlikning tekis aylanib ochishi ta'minlanadi.
Dvigatelning massasini kamaytirish maqsadida silindming suv g'ilofi
porshenning pastki chekka nuqtadagi holatida tugatiladi. Ayrim hollarda suv
g‘ilofi kartergacha boradi. Bu esa blokning mustahkamligini oshiradi, moy
Uzg. Varoq
Xujjat№..
Imzo
Sana
Varoq
sovitishni yaxshilaydi.
Silindrlaming barcha sirtini suyuqlik bilan
sovitish maqsadga muvofiq
bo‘lib, uning deformatsiyasini kamaytiradi va bir tekis yeyilishini ta’minlaydi.
Havo bilan sovitiladigan dvigalellaming silindrlari alohida-alohida
quyiladi va ular karterga shpilkalar yordamida qotiriladi. Ular ikki usulda
mahkamlanadi:
1)
silindrlar uzun shpilkani ham kallak, ham silindi orqali o ‘tkazib
karterga qotiriladi (siqilgan silindrlar, ularda yuklanish shpilkalarga tushadi);
2)
silindrlar karterga shpilkalar orqali qotiriladi (yuk-lanish
silindrga
tushadi), kallaklar esa silindrlarga boltlar yordamida mahkamlanadi. Bunday
dvigatellarning silindrlari asosan cho‘yandan (D-37E, D-144 dvigatellari) yoki
alyuminiydan (ZAZ-698 dvigateli) qovurg‘ali qilib yasaladi.
Silindrlar alyuminiydan yasalganda ichki sirti qattiq, g‘ovak xrom bilan
qoplanadi.
Sovituvchi уuzalar- maydoni qovurg‘alaring balandligi va qalinligiga
bog‘liq bo‘ladi va ular tajriba yo‘li bilan tanlanadi.
Sovitish tizimi
dvigatelning barcha ish rejimlarida detallarning harorati maqbul bolishini
ta’minlab turishi lozim.
Materialar. Blok-karterlar odatda СЧ 24-44, СЧ 21- 40, СЧ 15-32, СЧ 32-
52 markali kulrang cho‘yanlardan legirlovchi elementlar (xrom, nikel,
marganets va boshqalar) qo‘shib yasaladi. Legirlovchi elementlar materialning
mexanik xossalarini yaxshilaydi. Ayrim hollarda blok-karterlar alyuminiy
qotishmalari (ACJI4; C-326) dan yasaladi.
Bu holda uning massasi d io
‘yanga qaraganda 4 marta yengillashadi. Dvigatelning umumiy massasi esa
60% ga kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: