Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/246
Sana29.08.2021
Hajmi4,76 Mb.
#159144
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   246
Bog'liq
kartashunoslik

1-rasm. Geografik globus  
 
Globus  yer  yuzasining  sharda  kichraytirilib  tasvirlangan  modelidir.  Yer 
ellipsoidi  mayda  masshtabdagi  tasvirida  globusdan  juda  kam  farq  qilib,  bu  farq 
amalda  sezilmaydi.  Globuslar  har  xil  mazmunga  ega:  geografik  globus,  siyosiy-
ma‘muriy globus, induktsion globus (qora rangda) va amaliy ishlar bajarish uchun 
mo‘ljallangan  proeksion  globuslar  bo‘ladi.  Odatdagi  globuslarimizning  sirti  silliq 
bo‘ladi. Lekin hozirgi vaqtda relyefli globuslar ham mavjud bo‘lib, Yer sharining 
relyefini  o‘rganishda  katta  ahamiyatga  ega.  Globusda  qutblar,  meridian  va 
parallellar, ekvator chizig‘i to‘g‘ri shaklda tasvirlangan. 
Globuslar foydalanish maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi: 
- o‘quv globuslari 
- ilmiy ishlarga mo‘ljallangan globuslar 


 
18 
-  transport  qatnovi  uchun  amaliy  maqsadlarda  foydalaniladigan  globuslar  va 
boshqalar. 
Globuslarning  masshtabi  maqsadiga  ko‘ra  tanlanadi.  O‘quv  globuslari, 
odatda, 1 : 83 000 000, 1 : 50 000 000, 1 : 40 000 000, 1 : 30 000 000 masshtabda 
tayyorlanadi. Shu bilan birga, ulkan globuslar ham yasalgan. Hozirgi vaqtda Sankt-
Peterburg  shahrida  saqlanadigan  globus  masshtabi  1  :  4 000 000,  Toshkentda 
O‘zMU geologiya va geografiya fakulьtetidagi globus masshtabi 1 : 7 000 000. 
Yer  yuzasi  tasvirlangan  globus  geografik  globus,  Oy  yuzasi  tasvirlangan  Oy 
globusi,  osmon  sferasi  tasvirlangan  osmon  globusi  deb  ataladi.  Kartografik 
mazmuniga  ko‘ra  ham  globuslar  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Eng  keng  tarqalgan 
tabiiy va siyosiy mazmundagi globuslardir. 
Dunyoning globusi deyarli sayyoramizning mukammal modeli hisoblanadi. U 
Yer  shakli  sharsimonligini  ko’rsatadi  va  quruqlik  va  suvlik  shakllarini  o’zaro 
fazoviy  aloqalarda  aks  ettiradi,  nuqtalararo  masofani  taqqoslash,  haqiqiy 
yo’nalishni kompasda hamda Yer xususiyatlari shaklini va o’lchamlarini nisbatan 
aniqlash  mumkin  bo’ladi.  Yer  kabi  shunday  qiyofaga  ega  globus  sayyoramizni 
aslida xatolarsiz geografik xususiyat va aloqadorlikda, bog’liqlikda tasvirlaydi.  
Globusda  hali  ham  cheklashlar  bor.  Dunyo  globusi  sayohatda  so’qmoq 
yo’llarni  topishga  yordam  bermaydi.  Bu  ko’tarib  yurishga  va  agar  mahalliy 
axborot  ozgina  berilgan  bo’lsa  kichkinagina  nuqtada  tasvirlangan  bizning 
joylashgan  o’rnimizni  aniqlash  uchun  juda  noqulay.  Bunday  paytda  tepaliklar, 
so’qmoqlar va daryolarni aniq ko’rsatadigan va taxlab cho’ntak yoki xaltada olib 
yuradigan  kartalarga  ehtiyoj  sezamiz.  Biroq,  agar  biz  butun  dunyoni  ko’rishni 
xohlasak,  o’zining  cheklashlariga  qaramay  globus  ancha  aniq  tasvirlar  bilan 
ta’minlaydi.  Globus  tavsifi  bilan  tanish  bo’lish  kartalarni  tushunishda  va  ularni 
qanday tuzishda yordam beradi. 
Yer  markazi  orqali  o’tgan  yassi  va  uning  yuzasi  atrofida  turli  yo’nalishda 
chizilgan  aylana  katta  aylana  deb  ataladi  (2a-rasm).  Bu  “katta”,  chunki  ikkita 
o’zga xos nuqta orqali Yer atrofidan chizilgan eng katta aylana hisoblanadi. Katta 
aylana  bir  qancha  foydali  xususiyatga  ega:  (1)  Har  bir  katta  aylana  Yerni 
yarimshar deb ataladigan teng ikkiga bo’ladi; (2) har bir katta aylana Yer aylana 
uzunligi;  va  ehtimol,  eng  asosiy,  (3)  katta  aylana  Yer  yuzasi  turli  joylarining 
o’zaro eng qisqa turistik marshrutlar belgisidir. Katta aylanaga muhim misol qilib, 
Yerni  yorug’  va  qorong’iga,  kun  yarimshari  va  tun  yarimshariga  bo’ladigan 
yoritish  alanasini  aytish  mumkin.  Yer  markazidan  o’tmagan  tekis  yuzadagi 
aylanalar kichik aylanalar deb ataladi (2.3s-rasm). Kichik aylana hisoblangan Yer 
yuzasidan o’tgan har qanday aylanalar sayyorani teng ikkiga bo’lmaydi. 
 
 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish