Joylar nomi
Beruniy bo‟yicha
geografik kengligi
Hozirgi
ma‟lumot
Farqi
Buxoro
39
o
20‘
39
o
46‘
- 0
o
26‘
O‘sh
43
o
25‘
42
o
32‘
+ 0
o
53‘
Samarqand
40
o
00‘
39
o
39‘
+ 0
o
21‘
Toshkent
42
o
30‘
41
o
19‘
+ 1
o
11‘
Xo‘jand
40
o
50‘
40
o
17‘
+ 0
o
23‘
Boku
39
o
00‘
40
o
23‘
- 1
o
23‘
Tbilisi
40
o
00‘
41
o
43‘
- 1
o
23‘
Darband
66
o
00‘
66
o
00‘
00
o
O‘sh
92
o
30‘
90
o
28‘
+ 2
o
2‘
Toshkent
89
o
10‘
87
o
00‘
+ 2
o
16‘
Tbilisi
62
o
00‘
62
o
29‘
+ 0
o
29‘
Leninobod
90
o
00
87
o
18‘
+ 2
o
42‘
Farg‘ona
92
o
00‘
89
o
26'
+ 2
o
84‘
O‘zgan
92
o
00‘
90
o
45‘
+ 2
o
05‘
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Beruniy geografik kenglik va uzoqlikni ancha
to‘g‘ri aniqlagan.
Beruniyning kartografiya faniga qo‘shgan katta hissasi shundaki, uning kartasi
«doiraviy proeksiyada» tuzilgan. Bu esa hozirgi yarim sharlar kartalarini tuzishda
ishlatiladigan proeksiyalarga to‘g‘ri keladi.
51
3-rasm.
Globus tilimlari asosida tuzilgan dunyo kartasi.
Beruniyning aniqlashicha, yer radiusi uzunligi 6399,1 km., ekvator
aylanasining uzunligi 40181,5 km. ekanligini hisoblab bergan. Buyuk olimning
o‘sha davrdagi hisoblari hozirgi o‘lchovlarga juda yaqin. Yevropada Yer
yuzasidagi o‘lchashlar XVI asrgacha ham bunday katta aniqlikda bo‘lgan emas.
Beruniyning Dunyo kartasi
uning «At-tafhim» kitobiga ilova qilingan. (Bu
karta
ushbu
kitobning Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan
qo‘lyozmasiga ilova qilingan edi, uning diametri 12,5 sm, karta 1257 yilda
ko‘chirilgan) (4-rasm).
4-rasm.
Abu Rayhon Beruniyning «At-tafhim» kitobidagi «Dunyo kartasi».
Bu kartada shimol pastda, janub yuqorida edi, kartani H.Hasanov o‘zbekchaga
tarjima qilib, yuqorisini shimol past qismini janub qilib ko‘rsatdi. Kartada juda
ko‘p geografik nomlar va ularning geografik koordinatalari berilgan.
Beruniy globusi.
Abu Rayhon Beruniy Yerning sharsimonligiga juda qat‘iy
ishongan va o‘z asarlarida bir necha bor bu haqida yozib qoldirgan. Globusning
diametri nihoyatda katta, taxminan 5 metrga to‘g‘ri kelgan. 995 yilda yasalgan bu
globus Xorazmda shaharlar orasidagi masofalarni aniqroq o‘lchash va shu bilan
birga joylarning kenglik va uzoqliklarini belgilash uchun mo‘ljallangan.
Shuni ta‘kidlab o‘tish joizki, bu Sharq olamidagi dastlabki globus bo‘lishi
bilan birga, eng birinchi bo‘rtma (relyefli) globus ham bo‘lgan. Bu globusni yaxshi
tomoni shundaki, Martin Bexaym ishlagan globusda faqat sharqiy yarimshardagi
yerlar ko‘rsatilgan, Beruniy globusida G‘arbiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo ham
ko‘rsatilgan.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |