4-rasm. Zamonaviy globus
Zamonaviy globuslar turli shakl va hajmlarda bo‘ladi. Masalan, AQSHda
raqamli globus, Germaniyada birinchi interaktiv globus (Multitach) yaratildi.
2.3. Globusda meridian va parallellarning holatlari
Meridian (lot. meridianis —
tush payti), yer meridiani — Yer
yuzasida har ikkala qutb orqali
o‘tadigan faraziy yarim aylana
chiziq. Uning barcha nuqtalari bir
xil
geofafik
uzun-likka
ega
bo‘ladi.
Meridian
bo‘ylab
geografik
kenglik
hisoblab
chiqariladi. Ekvatordan shimolda
shimoliy
kenglik,
ekvatordan
janubda janubiy kenglik bo‘ladi.
Krasovskiy ellipsoidiga ko‘ra,
meridianning to‘la uzunligi (Yer
aylanasi) 40008,550 km. Xalqaro
amaliyotda boshlang‘ich meridian sifatida Grinvich meridiani qabul qilingan (1884
yildan). Geografik uzunlik shu meridiandan boshlab hisoblanadi. Grinvich
meridian vaqti dunyo vaqti deb qabul qilingan.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |