17-rasm.
Ekvatorial azimutal proeksiyada tasvirlangan yarim sharlar kartasi.
Silindrik proeksiyalar.
Bu proeksiyalarni yasash uchun Yer shari silindrning
ichiga urinma qilib tushirilib, so‘ng silindr sirti bo‘yicha kesilib, tekislikka
yoyiladi. Bunda Yer sharining silindr yon sirtiga tegib turgan joylarida
(chiziqlarida) xatolik bo‘lmaydi, lekin shu chiziqdan uzoqlashgan sari xatolik
oshib boradi.
Yer o‘qining silindr o‘qiga nisbatan joylanishiga qarab bu proeksiyalar 3 xil
bo‘ladi:
a) Agar silindrning o‘qi Yerning aylanish o‘qiga ustma-ust tushsa, to‘g‘ri
silindrik proeksiya hosil bo‘ladi. Bunda meridian va parallellar o‘zaro
perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi. Dunyo kartalari va dengiz
navigatsiya kartalari shu proeksiyada tuziladi;
b) Agar Yerning aylanish o‘qi silindr o‘qining ustiga ustma-ust tushmasdan
unga tik bo‘lsa, ko‘ndalang silindrik proeksiya hosil bo‘ladi, unda meridian va
parallellar bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi. Bu
proeksiya topografik kartalar tuzishda qo‘llaniladi. Nemis olimi Gauss (1777-
1855) topografik kartalarning proeksiyalarini tuzishda ko‘ndalang silindrik
proeksiyani 1825 yili birinchi bo‘lib qo‘llagan.
110
а
б
в
Хатолиги йyk чизиkлар
Хатолиги
йyk
чизиkлар
Хатолиги йyk чизиkлар
18-rasm.
Silindrik proeksiyaning har xil ko‘rinishlari:
a
-to‘g‘ri silindrik;
b
- ko‘ndalang silindrik;
v
-qiyshiq silindrik.
v) Yer sharining o‘qi silindrning o‘qiga to‘g‘ri kelmasa, qiyshiq yilindrik
proeksiya hosil bo‘ladi.
Konusli proeksiyalarni
yasash uchun yer sharini konus ichiga tushirib, undagi
meridian va parallellarni uning sirtiga o‘tkazib so‘ng tekislikka yoyiladi. Konus
o‘qi bilan yer aylanish o‘qining o‘zaro joylanishiga qarab bu proeksiyalar ham 3
xil bo‘ladi:
1) Agar konusning o‘qi yerning o‘qiga ustma-ust tushsa, to‘g‘ri konusli
proeksiya hosil bo‘ladi. Bunda meridianlar bir nuqtadan, ya‘ni qutbdan chiquvchi
to‘g‘ri chiziqlardan, parallellar esa kontsentrik aylanalarning yoylaridan iborat
bo‘ladi. Bu proeksiyalarda xatosiz nuqtalar bo‘lmasdan xatosiz chiziqlar
(parallellar) vujudga kelib, alohida mamlakatlar, regionlar va viloyatlarning
kartalari tuziladi.
2) Agar konusning o‘qi Yerning aylanish o‘qiga ustma-ust tushmasdan
perpendikulyar bo‘lsa, ko‘ndalang konusli proeksiya hosil bo‘ladi.
3) Agar konusning o‘qi Yer o‘qiga ustma-ust tushmasa va perpendikulyar
bo‘lmasa, qiyshiq konusli proeksiya hosil bo‘ladi.
Deyarlik hamma konusli proeksiyalarni kartografik to‘rlarining o‘ziga xos
shakllari bo‘ladi. Meridianlar bir nuqtadan (qutbdan) chiqadigan to‘g‘ri
chiziqlardan, parallellar esa kontsentrik aylanalarning yoylaridan iboratdir. Konusli
proeksiyalarda xatoligi yyq nuqtalar emas, balki xatoligi yyq chiziqlar bo‘ladi va
ular yer sharini konus sirtiga urinma yoki kesuvchi (sekushiy) bo‘lishiga bog‘liq.
Agar Yer shari konus sirtiga urinma bo‘lsa xatoligi yyq chiziq bitta bo‘lib, undan
uzoqlashgan sari xatolik oshib boraveradi (19
a
-rasm).
111
а
б
Do'stlaringiz bilan baham: |