8
lotincha «chartes» so‘zidan olinib papirus qog‘oz varag‘i degan tushunchani
bildiradi.
Hozirgi vaqtda «karta» atamasi dunyoning turli davlatlar tillarida ishlatilib
kelinmoqda. Masalan, frantsuzcha - carte, nemischa - qarte, italyancha va
portugalcha - carta, gollandcha - avval va h.z.lar. Shu bilan bir qatorda bu atama
o‘rniga, bir qancha mamlakatlarda boshqa atama ya‘ni «mappa» so‘zini ishlatib,
polotoni bir bo‘lagi degan ma‘noni bildiradi. Masalan, inglizlar - map deb
ataydilar. Ba‘zi mamlakatlarda ikkala atama ya‘ni inglizlar «chart» so‘zini dengiz
va aeronavigatsiya kartalarida, ispanlar «carta» atamasini plan, dengiz kartalarida
ishlatadilar. Ba‘zi o‘rinda butunlay boshqa atamalarni-masalan, yaponiyaliklar-
tizu, vengerlar-erqep (joy tasviri) degan atamani ishlatadilar.
Ba‘zi manbalarda karta – Yer yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri
deb yuritilib kelingan. Haqiqatdan ham geografik kartalar matematik yo‘l bilan
hisoblash natijasida Yer ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida
vujudga keladi. Yuqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus
belgi-obrazli modellar yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va
hodisalarning miqdori, sifati, joylashgan o‘rni va boshqa xususiyatlarini kartaga
qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga qarab
tasvirlanayotgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya‘ni generalizatsiya
qilingan holda tasvirlanadi.
Kartografik
tasvir
geografik
kartaning
asosiy
qismi
bo‘lib,
tasvirlanayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jixatlarini, voqea va
hodisalarning geografik joylanish xususiyatlarini, ularning o‘zaro bog‘liqligi va
hatto o‘zgarishini bashorat qilish imkoniyatiga ham egadir.
Karta, okean va dengizda
suzishda, havoda uchishda, turistik sayyohatlarda
va harbiy sohada asosiy yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Karta xalq xo‘jaligimizni rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida,
qurilishlarni loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to‘g‘ri
taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy
manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya
va tarix fanlarini o‘rganishda asosiy ko‘rgazmali bilim manbaidir.
Kartografiya fani ko‘pgina fanlar, chunonchi georafiya, geodeziya,
topografiya,
matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy
bog‘langandir.
Kartografiya, o‘z navbatida bir necha mustaqil qismlarga bo‘linadi:
kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni chizish va
jihozlash, kartalarni tuzish va taxrir qilish, kartalarni nashr qilish, kartalarni
modellashtirish, kartografik menejment va boshqalar.
Kartashunoslik
kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o‘tgan
tarixiy taraqqiyot yo‘li, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va
xillarini, kartadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni tahlil qilish
usullaridan bahs etadi.
Matematik kartografiya
geografik kartalar tuzishda ishlatiladigan
kartografik proektsiyalarni, ya‘ni Yer ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini
o‘rgatadi.
9
Kartometriya
kartalarda maydon, masofa, hajmlarini hisoblash yo‘llarini,
relyefni o‘rganish natijasida miqdor ko‘rsatkichlar asosida sifat ko‘rsatkichlarni
ko‘rsatib berish yo‘llarini o‘rgatadi.
Kartalarni loyihalash va tahrir qilish
kartografiyaning asosiy qismlaridan
biri bo‘lib, kartaning dastlabki nusxasini (asil) tuzish va uni tahrir qilish usullarini
tushuntiradi.
Kartani nashr qilish
sohasi, asosan kartani nashrga tayyorlash va nashr
qilish hamda uni yig‘ib, kerak bo‘lsa muqovalash ishlarini o‘rgatadi.
Tadqiqotni kartografik usuli
o‘ziga xos soha bo‘lib, kartadagi tasvirlangan
voqea va hodisalarni tadqiqot qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini
o‘rganish, ya‘ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan
shug‘ullanadi.
Kartografik menejment
kartografiyada yangi soha bo‘lib, kartografik
korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va tayyor
maxsulotni egalariga yetkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob–kitob qilishning
yangi usullarini qidirib topish yo‘llarini o‘rganadi.
Geoinformatsion kartografiya
kartografiyada yangi tarmoq bo‘lib,
kartadan informatsiya manbai sifatida foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
Kartografiya juda ko‘p fanlarni o‘rganishda foydalanilib, ba‘zi bir sohalar
uchun maxsus kartografiya tarmoqlar yaratilgan: Masalan, geologik kartografiya,
geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi,
ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya
va hokazolar.
So‘nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli
mukammal va aniq kartalar yaratilib, eski kartalar yangilanmoqda, natijada
kosmik
kartografiya
alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda karta tuzishda, nashr qilish jarayonida kompьyuterdan keng
foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib sifati
yaxshilanmoqda.
Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Yer tasvirini
umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o‘rganuvchi fan
geoikonika tez sur‘atlar bilan rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa televideniyada,
gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko‘rsatuvlarning
mazmuni, sifati va ko‘rgazmaliligini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada
televezion kartografiya shakllanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: