Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   257
Kartografiyada eng muhim davrlardan biri birinchi sun’iy yo’ldosh suratlari 


 
65 
olingan  davr  hisoblanadi.  Bu  o’tgan  asrdagi  kartografik  ishlarni  tekshirish  va, 
ayniqsa, yirik masshtabdagi batafsil kartalardan katta hududlarning mayda obzori 
bo’lgan  mayda  masshtabli  kartalargacha  to’g’ri  usulda  qilinganligini 
umumlashtirish  uchun  imkoniyat  yaratdi.  Birinchi  Appolon  sun’iy  yo’ldoshi 
suratlarini mavjud kartalar bilan taqqoslashlar shuni ko’rsatdiki, umuman amaliy 
usullar to’g’riligini isbotlaydigan ko’plab muvofiqliklar mavjud.  
Kartografiyadagi ikkinchi muhim davr kompyuterlarning joriy etilishi bo’ldi. 
Dastlab (1960-1980 yillarda) kompyuter loyihalash yoki kartaga to’rni tushirishni 
hisoblash  kabi  mavjud  kartografik  vazifalarni  avtomatlashtirishda  foydalanilgan. 
Bu  aynan  bir  raqamli  faylni  turli  parametrlarda  o’zgartirish  kombinatsiyasiga 
asoslangan  holda  turli  xil  loyihalashga  muvofiq  zonalarni  kartalarga  tushirishni 
bajarishdan  iborat  bo’lgan.  Muntazam  ravishda  kartograflar  raqamli  (raqamli 
shaklga  o’tkazilgan)  ma’lumotlardan  kelib  chiqqan  tahlilda  kompyuterlar  taklif 
etadigan  imkoniyatlarni  anglay  boshlashdi.  Shunda  aniq  bo’ldiki,  kompyuter 
yordamida  kartalar  ma’lumotlarini  raqamli  shaklga  o’tkazish  bilan  hisoblash, 
qog’ozli  kartalardan  foydalanib  bajarilishi  mumkin  bo’lgan  ishlarga  qaraganda, 
masofalar,  zonalar  va  hajmlar  ancha  to’g’ri  aniqlanishi  mumkinligi  ravshan 
bo’ldi.  
Kartalar  hozirgi  paytda  ilmiy  tasavvur  qilish  (vizualizatsiya)  shakli  sifatida 
(1-rasmga  qarang)  baholanmoqda,  haqiqatdan  ham  ular  vizualizatsiya  aniq 
sohada  rivojlanishidan  oldin  mavjud  bo’lgan.  Uning  maqsadi  aloqalar 
to’g’risidagi  axborotni  tahlil  qilish  bo’lsa,  ayni  paytda  kartografiya  geofazoviy 
aloqalarni ko’rsatishga harakat qiladi
1
.  
 
1-rasm.  Ilmiy  vizualizatsiya,  axborot  vizualizatsiyasi  va  kartografiya 
o’rtasidagi aloqa 
 
                                                           
1
 Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling.  Cartography: Visualization  of Geospatial Data. Printed and bound in Great 
Britain by Ashford Colour Press Ltd, Gosport, Hants. London, 2010. p. 39-40 /www.pearsoned.co.uk 


 
66 
 
2-rasm. Niderlandiyada yog’in miqdorining taqsimlanishi: (a) ma’lumotlarni 
uzatish  yoki  (b)  ma’lumotlatlarni  tahlil  qilish  maqsadiga  moslashadigan  karta 
loyihalariga misollar. 
 
Kartografiyaning  analitik  va  kommunikativ  jihatlari  orasidagi  farq  misollari 
2-rasmda  keltirilgan.  Bu  yerda,  o’ngda  yog’ingarchilik  sinflari  taqsimlanishi 
ko’rsatilgan  va  bu  to’g’ri  qilingan,  chunki  har  bir  sinfning  boshqa  barcha 
sinflarga  nisbatan  taqsimlanishini  bir  qarashda  ko’rish  mumkin.  Biroq, 
yog’ingarchilikning  turli  sinflari  taqsimlanishini  tushunish  o’quvchiga  bevosita 
“yog’ingarchilik”  hodisasi  taqsimlanishida  yotgan  g’oyanigina  berishdan  iborat 
emas.  Agar  kommunikatsiyaning  maqsadi  Niderlandiyada  o’ziga  xos 
momaqaldiroqlar  ta’sirini  ko’rsatish  bo’lganida,  unda  yog’ingarchilikning  turli 
sinflari  joylashishi  g’oyasidan  boshqa,  ya’ni  geofazoviy  tendensiyalarni,  zonalar 
bo’ylab  uning  ta’sirining  ko’payishi  yoki  kamayishini  his  etishni  istashimiz 
mumkin  bo’ladi.  Noto’g’ri  grafik  o’zgaruvchilar  2(b)-rasmdagi  maqsadga  javob 
berish  uchun  tanlangan.  Aynan  2(a)-rasmda  grafik  o’zgaruvchilar  to’g’irlangan, 
kul rangning to’qlashishi yog’ingarchilik miqdorining oshishiga proporsional qilib 
tanlangan,  bu  kartani  kommunikatsiya  maqsadlariga  qulay  qiladi,  chunki  bu 
hodisani  bir  butun  aks  ettiradi.  2(b)-rasm  faqatgina  hodisaga  bog’liq  bo’lmagan 
holda  tahlil  uchun  yaroqlidir.  Bu  atrof-muhitda  foydalanuvchi  ko’rsatish  payti 
qayerda  joylashganligi  hamda  istagiga  ko’ra  sinflar  chegaralarini  moslashtira 
olishi ma’lumotlarini tadqiq qilishda qulay.  
“Kartografiya”  atamasining  mohiyati  1960  yildan  sezilarli  o’zgardi.  Bu 
davrdan  oldin,  kartografiya  asosan  “ishlab  chiqarish  kartalari”  sifatida 
belgilangan. Ta’rifdagi o’zgarishlar predmetning kommunikatsion fanlar sohasiga 
ko’chirilishi  va  kompyuterning  paydo  bo’lishi  bilan  bog’liq.  Oldingi 
kartografiyaning ta’sirida hozirgi vaqtda karta orqali geofazoviy axborotni uzatish 
tan  olingan.  Bu  nafaqat  kartalarni  ishlab  chiqish,  balki  ulardan  foydalanish 
kartografiya sohasiga tegishli degan tasavvurlarga olib kelmoqda. Va, haqiqatdan 
shubhasiz,  faqatgina  kuzatuvchilar  kartadan  foydalanish  va  kartaga  kiritilgan 
axborotni  qayta  ishlash  bilan  kartadagi  axborot  to’g’ri  usulda  berilganligini 


 
67 
tekshirishi mumkin. 
Yuqoridagi  kartalar  orqali  geofazoviy  ma’lumotlarni  uzatish  ta’rifidagi 
qanoatlantirmaydigan  jihat  “karta”  tushunchasining  o’zi  hali  aniq  emasligidir. 
Kartani  belgilaydigan  elementlar  geofazoviy  axborot,  grafik  namoyishlar, 
masshtab  va  belgilar  hisoblanadi.  Kartaning  ehtimoliy  ta’rifi  quyidagicha: 
“borliqni geofazoviy jihatlarining grafik modeli”. Fransuz kartograflari bo’yicha, 
karta – asosan joyda joylashishi mumkin bo’lgan aniq yoki mavhum hodisalarning 
samolyotdagi  oddiy  tasviri.  Bu  “oddiy”  har  kim,  masalan  dengiz  ko’k  rangda, 
shimol 
kartaning 
yuqori 
qismida 
berilishi 
yoki 
doiralarning 
ayrim 
gradatsiyalangan  qatorlari  aholi  sonining  oshishi  bilan  bog’liq  ko’rsatkichlarni 
ifodalash  kabi  faktlar  bilan  ishlashini  nazarda  tutadi.  “Tasvir”  deyilganda 
kartaning  grafik  xususiyati  ko’zda  tutilgan.  Biroq,  barcha  kartalar  ham  qog’oz 
parchasiga  chop  etilmaydi:  relyef  modellari  va  globuslar  ham  kartalar  deb 
hisoblanadi. Albatta, kartaga miqdoriy bo’lmagan, masalan siyosiy mansublik yoki 
til chegaralari kabi hodisalarni ham tushirish mumkin. Va, shubhasiz, hodisaning 
joydagi o’rnini aniqlash ham mumkin. 
Kartografiyada  komyuter  va  geografik  axborot  tizimlarining  rivojlanishi 
ta’sirida  kartografiyaning  yangi  ta’riflari  paydo  bo’la  boshladi:  “geografik 
borliqning  serqirra  modeli  hisoblangan  fazoviy  ma’lumotlar  bazasi  to’g’risida 
to’plangan  axborot  uzatish”.  Bunday  fazoviy  ma’lumotlar  bazasi  unda  turli 
ma’lumotlarni  kiritib  va  axborot  mahsulotlarining  turli  tiplarini  o’rnatib,  butun 
kartografik jarayonlarning markaziy yadrosi bo’lib xizmat qiladi (Guptill va Starr, 
1984). 
Teylor  (1991)  kartografiyaga  “geoaxborotni  grafik,  raqamli  yoki  sezgir 
(idrokli)  shaklda  tashkil  etish,  taqdim  etish,  kommunikatsiya  va  foydalanish” 
sifatida  ta’rif  beradi.  Bu  ma’lumotlarni  tayyorlashdan  kartani  tuzishda 
foydalaniladigan  hamda  fazoviy  axborot  mahsulotlarini  bog’lash  uchun  barcha 
bosqichlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ushbu  kitob  uchun  biz  kartografiyani  quyidagicha 
ta’riflaymiz:  geofazoviy  muammolar  bilan  bog’lashga  mo’ljallangan  aloqasiga 
imkon  berib  hamda  uning  vizualizatsiyasiga  urg’u  berib  zaruriy  fazoviy 
ma’lumotlarni yaratish. Teylorning ta’rifi hamon “karta” ta’rifini talab qiladi va 
shu  sababdan  Board  (1990)  ning  kartaga  bergan  ta’rifini  keltiramiz:  “geografik 
borliq  abstraksiyasi  yoki  namoyish  etilishi.  Vizual,  raqamli  yoki  sezgir 
hisoblangan  geografik  axborotni  namoyish  etish  vositasi”.  Xalqaro  kartografiya 
uyushmasining 
joriy 
strategik 
rejasida 
[http://cartography. 
tuwien.ac.at/ica/index.php/TheAssociation/Strategic-plan]  kartaga  quyidagicha 
ta’rif keltirilgan: “geografik borliq tasavvurining birlamchi o’rinli ekanlilikka ega 
fazoviy  aloqalarida  uni  bajaradigan  mualliflarning  ijodiy  yondashishidan  kelib 
chiqib, foydalanish uchun tanlangan va ishlab chiqilgan tanlama xususiyatlari va 
tavsiflari berilgan, belgili shakldagi tasviridir”.
1
  

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish