Kartashunoslik


 Miqdorli rang usulining qo‟llanilishi



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   257
 
15.2. Miqdorli rang usulining qo‟llanilishi 
 
Miqdorli  rang  usuli  hududni  muayyan  ko‘rsatkich,  masalan  oqim  moduli, 
relyef  parchalanishining  zichligi  va  chuqurligi  yoki  hududlarning  iqtisodiy 
rivojlanish  darajasini  ifodalovchi  kompleks  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  ajratishda 
ishatiladi.  Xususan,  miqdorli  rang  usuli:  1)  tanlangan  asosda  (masalan,  daryo 
havzalari,  maktablar,  shifoxonalar  faoliyati  zonalari  va  h.k.  bo‘yicha)  yotgan 
hududni  dastlabki  ajratish  (rayonlashtirish),  har  bir  hududiy  bo'linish  uchun 
kartalashtirilayotgan  ko'rsatkich  qiymatini  yoki  ko‘rsatkichlar  kompleksini 
(masalan,  oqim  moduli,  aholining  maktab  yoki  shifoxona  to‘ri  bilan 
ta‘minlanganligi va h.k.) aniqlash, bo'linishlarni tegishli shkala pog'onasiga (yoki 
miqdor  tavsiflari  majmui  sinflariga)  keltirish  va  rasmiylashtirish;  2)  kartaning 
butun  maydoni  bo'yicha  miqdoriy  ko'rsatkich  (masalan,  yonbag‘irlar  tikligi) 
qiymatlarini  aniqlash  va  keyin  shkalaning  turli  (qiyalik  tikligi,  relyefning 
parchalanishi zichligi va boshqalar) pog'onalariga tegishli uchastkalar chegaralarini 
o'tkazishda qo‘llaniladi (2-rasm). Bezak berish sifatli rang usulida qabul qilingan 
bilan  o‘xshash,  biroq  ranglarning  to‘qligi  (zichligi)  yoki  shkala  pog‘onalari 
shtrixovkasining  kuchi  ko‘rsatkichlarning  o‘sishini  bildiradi.    Bezak  berishning 
boshqa  usullari  ham  bor,  masalan  tegishli  uchastkalar  doirasida  joylashadigan 
diagramma belgilari bilan miqdorli ko‘rsatkichlarni berish mumkin. 
Shuningdek,  miqdorli  rang  (fon)  usuli  ajratilgan  hududlar  (rayonlar) 
doirasida  yoppasiga  tarqalgan  hodisalarning  miqdoriy  farqlarinig  tasvirlashda 
qo‘llaniladi.  Sifatli  fon  usuliga  o‘xshab  u  har  doim  rayonlashtirish  bilan  amalga 
oshiriladi, biroq sifatiy emas, balki miqdoriy belgilari hisobga olinadi. Rang berish 
yoki  shtrixlash  shkala  bo‘yicha  bajariladi,  ya‘ni  intensivlik  belgi  (xususiyat)ning 
o‘zgarishiga  muvofiq  holda  ortadi  yoki  kamayadi  (1-rasm).  Miqdorli  rang  (fon) 
usuliga  daryo  havzalaridagi  gidroresurslar  zaxiralari  kartalari,  relyefning 
parchalanish darajasi bo‘yicha hududlarni rayonlashtirish kartalari va h.k. lar misol 
bo‘ladi. 
Sifatli  rang  usulda  ko‘rsatkichlar  rang  bilan  tasvirlansa,  miqdorli  rang 
usulida uning asosini miqdor tashkil qiladi. Miqdor ko‘rsatkichlari hudud bo‘yicha 
tarqalgan  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  O‘zbekiston  geografik  atlasidagi  (1999) 
«Yoqilg‘i-energetika kartasi» da O‘zbekiston daryo havzalari bo‘yicha jami elektr 
energiyasining  quvvati  rang  bilan  ko‘rsatilib,  uning  asosida  miqdor  ko‘rsatkich 


 
198 
yotadi. 
 
2-rasm.
  Yer  yuzasida  ko‘p  uchraydigan  nishablik  burchaklarini  tavsiflashda 
miqdorli rang usulining qo‘llanilishi (Irkutsk atlasi bo‘yicha, 1962 yil. 44 bet). 
Yer yuzasi uchastkalari nishabligi: 
1 – 2° gacha; 2 – 2-8°; 3 – 8-20°; 4 – 20° dan ortiq  
 
Ba‘zan  miqdor  ko‘rsatkichlar  diagrammalarda  ham  ko‘rsatilishi  mumkin. 
Masalan,  respublikamiz  daryolarining  havzalar  bo‘yicha  suv  hajmi  kub  metr 
hisobida diagrammada berilib, havzalar rangli tasvirlanishi mumkin.  
Miqdorli  rang  usuli  uchun  shkalani  oqilona  va  to‘g‘ri  tanlash  muhim 
hisoblanadi  (3-rasm).  Kompleks  ko‘rsatkichlarda  EHMda  matematik-statistik 
hisob-kitoblar  bilan  olinadigan  sintetik  tavsiflar,  odatda,  taqqoslama  baholash 
mazmuniga  ega  bo‘ladi  hamda  hududiy  bo‘linishning  tegishli  guruhlariga 
(mamlakatlar, rayonlar va h.k.) xizmat qiladi. 


 
199 
 
3-rasm.
 O‘sib boruvchi belgilar 
  
Bu usul kartografiyada juda kam ishlatiladi. Ba‘zan sifatli rang usuli miqdorli 
rang  usuli  bilan  birga  ishlatiladi.  Masalan,  aholining  milliy  tarkibi  tasvirlangan 
kartalarda    milliy  tarkib  rang  bilan,  uning  zichligi  shtrixlar  bilan  ko‘rsatilishi 
mumkin. Shu bilan birga, ustun konfessiyalar (sifatli fon usulida) rayonlarini turli 
dinga  e‘tiqod  qiluvchi  aholining  foizi  nisbatini  qo‘shimcha  tavsiflash  (miqdorli 
rang usuli) bilan ajratishda ikkala usul birgalikda ishlatilishi mumkin. 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish