2-rasm. Relefni perspektiv usulda tasvirlah
Mayda masshtabli geografik kartalarda gorizontallar umumlashtirilgan holda chiziladi. Kesishish balandligi kattaroq olinadi va gorizontallar sodda qilib chiziladi. Shuning uchun bu gorizontallarga qarab nuqtalarning balandligi va yonbag’irlarning nishobligini (qiyaligini) aniqlab bo’lmaydi. Gorizontallar joy relefining shakllari va tiplari to‘g’risida, mutloq balandliklar va qiyaliklar to‘g’risida umumiy tasavvur byeradi. Mayda masshtabli kartalarda relef odatda gorizontallar bilan ko‘rsatilib, qat-qat ranga bo‘yaladi. Gorizontallar balandlik bosqichlarini ko‘rsatib turadi, yaqqol ko‘rinib turishi uchun gorizontallar orasidagi masofalar (bosqichlar) qabo’i qilingan shaklga ko‘ra turli tusdagi ranglarga bo‘yaladi. Mayda masshtabli kartalarda foydalaniladigan shkalalar gipsometrik shkalalar deyiladi. o‘quv tabiiy kartalarda, odatda pasttekisliklar va botiqlar yashil rangning turli tuslari bilan, qirlar va tog’li joylar esa sariq, to‘q sariq va jigar ranglar bilan bo‘yaladi. Dengiz va okeanlar tubining relefi izobatalar (bir xil chuqurlidagi joylarni birlashtiradigan chiziqlar) bilan ko‘rsatiladi, ular orasidagi masofalar havo rangdan ko‘k rangacha bo‘yoqlar bilan qat-qat bo‘yaladi. Balandlik va chuqurlik shakllari karta legendasida aks ettiriladi
Eski kartalarda relef sxematik perespektiv (uzoqdan manzarali tasvirlash) usulda alohidagi tepalik, baland joylar, tog'lar ko'rinishida tasvirlangan. Relef elementlarini bo’rttirib ko'rsatish uchun tepaliklar soyasi bilan qoplangan, bu relefni suratli tasvirlash usuli ham deb atalgan.
3-rasm. Relefni shtrixlar yordamida tasvirlash
4-rasm. Hudud bo’yicha fragment
Topshiriq kartografiya xonasida mustaqil bajariladi. Relyefni tasvirlashda bir qancha usullardan foydalaniladi. Hozirgi kunda asosan gorizontallar, gipsometrik shkalalar va perspektiv usullardan foydalanilmoqda.(4-rasim)
Amaliy ish bo’yicha variantlar quyidagilar berilgan.
5-rasim
Amaliy ish quyidagi mutloq balandliklarni gorizontallar va gipsometrik shkalalar usulida tasvirlash asosida bajariladi. Berilgan namunaviy hudud bo’yicha relyefni gorizontallar usulida tasvirlash. Uzliksiz gorizontallar har 100 metrdan o’tkaziladi.
Berilgan mutloq balandlik ko’rsatkichlarini o’rganish.
Relyefning eng baland va eng past nuqtalarini aniqlash va ular orasidagi nisbiy balandliklarni hisoblash. Hududning eng baland nuqtasi sharqiy tomonda joylashgan bo’lib, 3306 metr, eng past nuqtasi esa shimoli-g’arb qismida 2088 metrni tashkil qiladi. Ular o’rtasidagi nisbiy balandlik 1218 metrga teng.
Gorizontallarni bir xil intervaldan o’tkazish uchun gorizontallar oralig’ini o’lchash kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |