МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ ГЕОГРАФИЯ ВА ТАБИИЙ РЕСУРСЛАР ФАКУЛЬТЕТИ ГЕОДЕЗИЯ, КАРТОГРАФИЯ ВА КАДАСТР ЙЎНАЛИШИ 2-босқич талабаси Бахтйоров Бобурнинг КАРТАШУНОСЛИК фанидан 1-АМАЛИЙ ИШИ
Amaliy ish maqsadi va topshiriqlarini bajarish tartibi: Umumgeografik va mavzuli karta elementlarini o’rganish va amaliy ko’nikmani shakllantirish.
Umumgeografik va mavzuli kartadan foydalanib,quyida keltirilgan amaliy masalalarni yeching:
Umumgeografik va mavzuli xarita elementlarini diqqatlik bilan o'rganing.Har bir elementlar qanday vazifa bajarishini asoslang(internet va boshqa manbalar yordamida)
Umumgeografik va mavzuli xaritalarni elementlarini chizing Topshiriqni ikki xil yo’l bilan bajarish mumkin: 1) qo’lda kartografik qonun qoidalar e’tiborga olingan holda chiziladi. 2) turli xil kompyuter dasturlari( MS Word, Powerpoint, CorelDRAW, Adobe photoshop) yordamida bajariladi.
Bitta umumgeografik va bitta mavzuli xaritani tanlab oling.
Tanlab olingan umumgeografik va mavzuli xaritalar uchun tegishli elementlarni chizing.Elementlarni chizishda noodatiy shakllar va dizaynga asoslaning.
Umumgeografik va mavzuli xaritalarni elementlari va tanlab olingan umumgeografik va mavzuli xaritalar elementlari bo’yicha farqlarini aniqlang.
Geografik xarita- Yer yoki uning biror qismini Yerning egriligini hisobga olib,ma’lum matematik qoidalar asosida biroz o’zgartirib,kichraytirib umumlashtirilib qog’ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri ( proeksiyasi) bo’lib u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni vaqt mobaynida o’zgarishini, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko'rsatadi.Geografik kartalar mazmuniga ko’ra dastlab ikkita yirik guruhga- umumgeografik va mavzuli kartalarga bo'linadi.Ular bir biridan, avvalo, mazmuni,tasvirlash obyektlari, obyektlarni tasvirlash mukammalligi bilan farq qiladi.
Geografik xarita- Yer yoki uning biror qismini Yerning egriligini hisobga olib,ma’lum matematik qoidalar asosida biroz o’zgartirib,kichraytirib umumlashtirilib qog’ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri ( proeksiyasi) bo’lib u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni vaqt mobaynida o’zgarishini, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko'rsatadi.Geografik kartalar mazmuniga ko’ra dastlab ikkita yirik guruhga- umumgeografik va mavzuli kartalarga bo'linadi.Ular bir biridan, avvalo, mazmuni,tasvirlash obyektlari, obyektlarni tasvirlash mukammalligi bilan farq qiladi.
Umumgeografik kartalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari vir xil aniqlikda tasvirlanadi: relef, daryo-ko’l, muzliklar, tuproq va o’simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo’jalik tarmoqlarining tarkibi, aholi yo’llari, chegaralar. Geografik kartalarda xamma tasvirlanayotgan tafsilotlar kartografik berlgilar yordamida o’z aksini topadi.
Mavzuli kartalar umumgeografik kartalardan farq qilib ularning asosiy mazmuni ma’lum bir ob’ektga qaratilgan bo’ladi. Masalan: iqlim kartasidafaqat belgilangan hududning iqlimi asosi qolgan ob’ektlar esa kartani boyitish uchun berilgan bo’ladi. Bundan tashqari ma’lum davlatlarga tegishli kartalar ham mavjud.
MAVZULI KARTALAR
MATEMATIK
ASOS
KARTOGRAFIK TASVIR
LEGENDA
YORDAMCHI JIHOZLAR
QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR
GEOGRAFIK
ASOS
XARITANING MAZMUNI
Kartografik tasvir Yordamchi element Qo’shimcha element Legenda
Qo'shimcha elementlar
Kartografik asos
Matematik asos
Yordamchi elementlar
O`zbekistonning geologic kartasi elementlari
O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy kartasi umumgeografik karta hisoblananadi. Kartografik tasvir koordinatalar to’riga joylangan. Viloyatlar chegarasi chiziqli belgilar bilan izohlangan. Toponim nomlari standart va bosma harflar bilan yozilgan. Suv obektlari moviy rangda . Karta legendasida har bir viloyat haqida ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbekistonning geologik kartasi mavzuli karta hisoblanadi. Kartografik tasvir koordinata to’riga joylashtirilmagan. O’zbekistonning geologik tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Toponim va nomlar standart va bosma harflar bilan yozilgan. Kartani yaratishda sifatli rang va harfli belgilar usulidan foydalanilgan.