Karmana (maskan)
Karmana, Karmina (asli sugʻdiycha
Harmana — katta saroy) — aholi
yashaydigan qad. maskanlardan biri.
Navoiy viloyatida joylashgan. Viloyat
hududida oʻtkazilgan arxeologik
tadqiqotlar va kuzatishlarning
natijalaridan maʼlum boʻlishicha,
Zarafshon vodiysining daryo, bir qismi
adirlik va dashtlik yerlarini kesib oʻtgan
oʻrta qismida joylashgan keng bu
hududda aholi oʻrta tosh davrining
mustye (miloddan avvalgi 150—40 ming
yilliklar) bosqichidan boshlab yashab
keladi. Bunga misol tariqasida Kalqonota
qishlogʻi yaqinida, Uchtut mavzeida, topib
tekshirilgan mustye davri tosh qurollari
yasash ustaxonasi va ibtidoiy odamlar
makoni hamda neolit davri (miloddan
avvalgi 5—3 ming yilliklar)da
chaqmoqtosh boʻlaklari kavlab olingan.
Eng qad. kon — "Uchtut shaxtasi"
(ustaxonasi)ning oʻrni va lahmlari (tunnel
qoldiklari); shuningdek, Sarmishsoy va
Biyronsoy boʻylab jez (bronza) davridan
boshlab to ilk oʻrta asrlargacha oʻtgan
uzoq ming yilliklar mobaynida kad. ovchi
va podachilarning qoyalarga oʻyib
tushirgan turli mazmundagi tasvirlari
hamda ov manzaralari kabi noyob osori-
atiqalarni sanab oʻtish mumkin.
Qalqonota va Konimex atroflarida kayd
etilib, tadqiq etilgan miloddan avvalgi 6—
4 va milodiy 1 — 5-asrlarga mansub
moddiy madaniyat obidalari, Qumrabod,
Arabon va Chordara kabi qad. qishloq
harobalari, shuningdek, Shodibek,
Shoʻrovul va Qalqonota mozor
qoʻrgʻonlaridan topilgan arxeologik
topilmalarga Karaganda, qariyb ming
yillikni qamragan bu davrda K. hududida,
xususan, daryoning oʻng tomonida
joylashgan uning shim. qismida oʻtroq
dehqonchilik hayoti ancha gavjum
boʻlgan.
Ammo K. hududining qad. tarixi, ayniqsa,
bu koʻhna maskanda dehqonchilik va
chorvachilik yoki hunarmandchilik kabi
kasb va xoʻjaliklarning yuzaga kelishi va
taraqqiyoti, shaharsozlik madaniyatining
shakllanishi tarixiga oid moddiy-
madaniyat obidalari bizning
davrimizgacha yetib kelmagan. Yozma
manbalarda keltirilgan bor maʼlumotlar
esa, asosan, keyingi davrlarga — oʻrta
asrlarga mansubdir. Buning ustiga ular
gʻoyatda qisqa va uzuq-yulukdir.
10-asr Buxoro tarixchisi Muhammad
Narshaxiyning taʼrificha, "Karmina Buxoro
qishloqlari jumlasidan boʻlib, uning suvi
Buxoro suvidan keladi; xiroji Buxoro
xirojiga qoʻshiladi. Uning oʻziga tegishli
alohida bir qishloq ham bor: unda masjidi
jome barpo etilgan". Buxoro vohasining
sugʻorma dehqonchilik yerlari K.
hududidan boshlangan. Narshaxiyning
taʼrificha, vohaning Zarafshon daryosidan
bosh olgan sugʻorish tarmoqlaridan
dastlabkisi Karmina anhori hisoblangan.
Uni Narshaxiy katta anhor deb yozadi. 9—
10-asrlarda Buxoroning dehqonchilik
yerlaridan toʻplanadigan xiroj soligʻidan
tushgan har yilgi daromad K. yerlarini
qoʻshib hisoblaganda, "bir million bir yuz
oltmish sakkiz ming besh yuz oltmish olti
diramu besh yarim donakni tashkil etgan".
Keyinchalik K.ning xiroji Buxoro xirojidan
ajratilib alohida olingan.
Bu maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, K.
Buxoro vohasining dehqonchilik
rustoq(tuman)lari qatoridan joy olgan. U
Zarafshon daryosidan chiqarilgan
alohida kanal orqali sugʻorilgan. K.
rustogʻi ilk oʻrta asrlarda Buxoro
vohasining 15 ta dehqonchilik rustoklarini
oʻrab oʻtgan qad. mudofaa inshooti —
Kanpirak devoridan tashqarida
joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida
bu tashqi rustoq K., baʼzan esa Yasir
nomlari bilan tilga olinadi. Rustoqning
markazi ham K. nomi ostida shuxrat
topgan. Narshaxiyning maʼlumoti
boʻyicha, Buxoro bilan K. oraligʻi 14
farsang (98–112 km) uzunlikka ega
boʻlgan. 12-asr muallifi Muhammad as-
Samʼoniy bu masofani 18 farsax (120–
144 km)gateng boʻlgan deb yozadi. K.
rustogʻi hududidan oqib oʻtgan Zarafshon
daryosining har ikki soqillari boʻylab
Arfud yoki Varqud, Mizyamajkas,
Haromkas yoki Zargonkas va Harjankas
hamda Xudimankan kabi katta-kichik
shahar va qishloqlar joylashgan. Aholi
yashagan bu qad. turar joy orasida eng
gavjumi K. shahari hisoblanib, unda
adiblar va shoirlar koʻp boʻlgan.
12-asrda K. shahri xorazmshoh Elarslon
(1156-1172) tomonidan vayron qilingan.
Keyinchalik u qayta tiklanib, 15-asrda
yana yirik shaharga aylangan.
Soʻnggi oʻrta asrlarda, xususan, Buxoro
amirligida mangʻitlar sulolasi hukmronlik
qilgan davrda (1753 — 1920) K. viloyati
alohida imtiyozli beklikka ajratilib, u
Buxoro amirining valiahdi tomonidan
boshqarilgan. Jumladan, Amir Abdulahad
va Sayd Olimxonlarning qarorgohlari K.
shahrida boʻlgan. Hatto Abdulahad
vafotidan soʻng , mayyit Buxorodan olib
kelinib, K.da dafn etilgan.
Shoʻrolar davrida K. Buxoro viloyatidagi
shahar — Navoiy r-nining maʼmuriy
markazi boʻlgan. Keyinchalik Navoiy
viloyati tashkil etilishi va Navoiy
shahrining kengayishi munosabati bilan
unga qoʻshilib ketgan. Meʼmoriy
yodgorliklardan Mir Sayd Bahrom
maqbarasi (P-a:) va Qosim Shayx
xonaqosi (16-asr) Raboti Malik harobasi
saqlangan.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |