Karmina (asli sugʻdiycha Harmana katta saroy) aholi



Download 47,62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.07.2021
Hajmi47,62 Kb.
#123259
Bog'liq
Karmana (maskan) - Vikipediya



Karmana (maskan)

Karmana, Karmina (asli sugʻdiycha

Harmana — katta saroy) — aholi

yashaydigan qad. maskanlardan biri.

Navoiy viloyatida joylashgan. Viloyat

hududida oʻtkazilgan arxeologik

tadqiqotlar va kuzatishlarning

natijalaridan maʼlum boʻlishicha,

Zarafshon vodiysining daryo, bir qismi

adirlik va dashtlik yerlarini kesib oʻtgan

oʻrta qismida joylashgan keng bu

hududda aholi oʻrta tosh davrining

mustye (miloddan avvalgi 150—40 ming




yilliklar) bosqichidan boshlab yashab

keladi. Bunga misol tariqasida Kalqonota

qishlogʻi yaqinida, Uchtut mavzeida, topib

tekshirilgan mustye davri tosh qurollari

yasash ustaxonasi va ibtidoiy odamlar

makoni hamda neolit davri (miloddan

avvalgi 5—3 ming yilliklar)da

chaqmoqtosh boʻlaklari kavlab olingan.

Eng qad. kon — "Uchtut shaxtasi"

(ustaxonasi)ning oʻrni va lahmlari (tunnel

qoldiklari); shuningdek, Sarmishsoy va

Biyronsoy boʻylab jez (bronza) davridan

boshlab to ilk oʻrta asrlargacha oʻtgan

uzoq ming yilliklar mobaynida kad. ovchi

va podachilarning qoyalarga oʻyib

tushirgan turli mazmundagi tasvirlari

hamda ov manzaralari kabi noyob osori-



atiqalarni sanab oʻtish mumkin.

Qalqonota va Konimex atroflarida kayd

etilib, tadqiq etilgan miloddan avvalgi 6—

4 va milodiy 1 — 5-asrlarga mansub

moddiy madaniyat obidalari, Qumrabod,

Arabon va Chordara kabi qad. qishloq

harobalari, shuningdek, Shodibek,

Shoʻrovul va Qalqonota mozor

qoʻrgʻonlaridan topilgan arxeologik

topilmalarga Karaganda, qariyb ming

yillikni qamragan bu davrda K. hududida,

xususan, daryoning oʻng tomonida

joylashgan uning shim. qismida oʻtroq

dehqonchilik hayoti ancha gavjum

boʻlgan.



Ammo K. hududining qad. tarixi, ayniqsa,

bu koʻhna maskanda dehqonchilik va

chorvachilik yoki hunarmandchilik kabi

kasb va xoʻjaliklarning yuzaga kelishi va

taraqqiyoti, shaharsozlik madaniyatining

shakllanishi tarixiga oid moddiy-

madaniyat obidalari bizning

davrimizgacha yetib kelmagan. Yozma

manbalarda keltirilgan bor maʼlumotlar

esa, asosan, keyingi davrlarga — oʻrta

asrlarga mansubdir. Buning ustiga ular

gʻoyatda qisqa va uzuq-yulukdir.

10-asr Buxoro tarixchisi Muhammad

Narshaxiyning taʼrificha, "Karmina Buxoro

qishloqlari jumlasidan boʻlib, uning suvi

Buxoro suvidan keladi; xiroji Buxoro




xirojiga qoʻshiladi. Uning oʻziga tegishli

alohida bir qishloq ham bor: unda masjidi

jome barpo etilgan". Buxoro vohasining

sugʻorma dehqonchilik yerlari K.

hududidan boshlangan. Narshaxiyning

taʼrificha, vohaning Zarafshon daryosidan

bosh olgan sugʻorish tarmoqlaridan

dastlabkisi Karmina anhori hisoblangan.

Uni Narshaxiy katta anhor deb yozadi. 9—

10-asrlarda Buxoroning dehqonchilik

yerlaridan toʻplanadigan xiroj soligʻidan

tushgan har yilgi daromad K. yerlarini

qoʻshib hisoblaganda, "bir million bir yuz

oltmish sakkiz ming besh yuz oltmish olti

diramu besh yarim donakni tashkil etgan".

Keyinchalik K.ning xiroji Buxoro xirojidan

ajratilib alohida olingan.



Bu maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, K.

Buxoro vohasining dehqonchilik

rustoq(tuman)lari qatoridan joy olgan. U

Zarafshon daryosidan chiqarilgan

alohida kanal orqali sugʻorilgan. K.

rustogʻi ilk oʻrta asrlarda Buxoro

vohasining 15 ta dehqonchilik rustoklarini

oʻrab oʻtgan qad. mudofaa inshooti —

Kanpirak devoridan tashqarida

joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida

bu tashqi rustoq K., baʼzan esa Yasir

nomlari bilan tilga olinadi. Rustoqning

markazi ham K. nomi ostida shuxrat

topgan. Narshaxiyning maʼlumoti

boʻyicha, Buxoro bilan K. oraligʻi 14

farsang (98–112 km) uzunlikka ega

boʻlgan. 12-asr muallifi Muhammad as-



Samʼoniy bu masofani 18 farsax (120–

144 km)gateng boʻlgan deb yozadi. K.

rustogʻi hududidan oqib oʻtgan Zarafshon

daryosining har ikki soqillari boʻylab

Arfud yoki Varqud, Mizyamajkas,

Haromkas yoki Zargonkas va Harjankas

hamda Xudimankan kabi katta-kichik

shahar va qishloqlar joylashgan. Aholi

yashagan bu qad. turar joy orasida eng

gavjumi K. shahari hisoblanib, unda

adiblar va shoirlar koʻp boʻlgan.

12-asrda K. shahri xorazmshoh Elarslon

(1156-1172) tomonidan vayron qilingan.

Keyinchalik u qayta tiklanib, 15-asrda

yana yirik shaharga aylangan.



Soʻnggi oʻrta asrlarda, xususan, Buxoro

amirligida mangʻitlar sulolasi hukmronlik

qilgan davrda (1753 — 1920) K. viloyati

alohida imtiyozli beklikka ajratilib, u

Buxoro amirining valiahdi tomonidan

boshqarilgan. Jumladan, Amir Abdulahad

va Sayd Olimxonlarning qarorgohlari K.

shahrida boʻlgan. Hatto Abdulahad

vafotidan soʻng , mayyit Buxorodan olib

kelinib, K.da dafn etilgan.

Shoʻrolar davrida K. Buxoro viloyatidagi

shahar — Navoiy r-nining maʼmuriy

markazi boʻlgan. Keyinchalik Navoiy

viloyati tashkil etilishi va Navoiy

shahrining kengayishi munosabati bilan

unga qoʻshilib ketgan. Meʼmoriy




yodgorliklardan Mir Sayd Bahrom

maqbarasi (P-a:) va Qosim Shayx

xonaqosi (16-asr) Raboti Malik harobasi

saqlangan.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Download 47,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish