Karimova Feruzaxonning Cholg’u sozlarini o’rganish fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi G‘anijon Toshmatov



Download 180,8 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi180,8 Kb.
#784400
  1   2
Bog'liq
Ansambl JORIY GULJAMOL




Farg’ona davlat universiteti
San’atshunoslik fakulteti
Vokal san’ati
19.31guruh talabasi
Karimova Feruzaxonning
Cholg’u sozlarini o’rganish fanidan
tayyorlagan

Mustaqil ishi
G‘anijon Toshmatov


(1913–1994)

G‘anijon Toshmatov o‘zbek bastakorlik san’atining yorqin namoyandalaridan biri, Andijon musiqa maktabining vakili, O‘zbekiston xalq artisti, mohir sozanda, zukko askiyachi, jamoat arbobi hamda zabardast bastakor. O‘z ijrochilik va ijodiy faoliyati bilan o‘zbek musiqa san’atida yorqin iz qoldirgan 100 dan ortiq kuy va qo‘shiqlar muallifi.


G‘anijon Toshmatov 1913-yil 22-iyunda Andijon viloyatining Asaka tumanida oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. Otasi oddiy dehqon bo‘lishiga qaramay, san’at shaydosi edi va dutor cholg‘usining mohir ijrochisi bo‘lgan. Yoshligidan musiqiy muhitda tarbiyalangan va musiqaga mehr qo‘ygan yosh G‘anijon musiqa ijrochiligi borasidagi ilk saboqlarni otasidan oladi. Otasining do‘stlari, zamonasining mohir sozandalari Karimsher, Muhammadali va Abdullalardan musiqaning ijrochilik sirlarini o‘zlashtira boshlaydi. Musiqaga oshufta qalb egasini shu davr cholg‘u musiqasi o‘ziga sehrlagan edi. Uning sozandalik san’atiga qiziqishi Andijonning mashhur g‘ijjakchi sozandalaridan biri, ko‘p shogirdlar tarbiyalagan, g‘ijjak ijrochiligida o‘ziga xos ijro uslubiga ega bo‘lgan ustoz san’atkor Sobirjon Siddiqov dargohiga yetaklaydi. Ustozga e’tiqod bilan shogirdlikka tushadi va 20-yillardan boshlab ustozning rahnamoligida cholg‘u ijrochilik san’ati sirlarini o‘rganib boradi.





  1. asrning 20–30-yillari sozandalik san’ati rivojlanish bosqichining boshlanish davriga to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab 20-yillardan Farg‘ona vodiysi va Toshkentda sozandalar ansambllari shakllanib, faoliyat yurita boshlangan. G‘anijon Toshmatov ustozining rahnamoligida sozandalik amaliyoti va musiqa merosi


namunalarini qunt bilan o‘zlashtiradi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysi cholg‘u yo‘llarini, ya’ni surnay ijro yo‘llarini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Farg‘ona-Toshkent cholg‘u yo‘llari o‘zining ko‘p jihatliligi, mavzularga boyligi, namunalarining serobligi bilan musiqiy merosda alohida o‘rin tutib kelgan. Cholg‘u kuylari oddiy xalq musiqa namunalaridan mumtoz namunalarigacha alohida va turkumli shaklda ijod etilib, rivojlanib kelgan. G‘anijon Toshmatov shu paytlarda musiqiy merosni o‘rganishga katta e’tibor qaratadi. Ustozlar an’anasida mavjud bo‘lgan ijro yo‘llarini alohida qunt bilan o‘rganadi va ijro repertuarida mukammal talqin etishga harakat qiladi. Uning ijro repertuarida «Mirzadavlat», «Yalang Dav-ron», Farg‘onaning «Ushshoq» yo‘llari, «Nisor», surnay yo‘llaridan «Surnay Buzrugi», «Surnay Segohi», «Farg‘ona Buzrugi» kabi bir qator vodiy cholg‘u yo‘llariga xos original asarlar keng o‘rin oladi. Bu meros namunalari keyinchalik G‘anijon Toshmatovning basta-korlik ijodiyotiga o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Ustozlar an’anasi, qadimiy musiqiy namunalarning mavzu, ohang va shakliy ta’siri o‘ziga xos ifodasini topadi.

U 1932-yili Andijon davlat musiqali drama teatri qoshidagi sozandalar ansambliga g‘ijjakchi sozanda bo‘lib ishga kiradi. Mana shu davrdan boshlab G‘anijon Toshmatovning juda ham sermazmun faoliyati boshlanadi. Buning asosiy sababi, o‘zbek musiqa merosining betakrorligi va turli-tuman janrlarga boy namunalarning maftunkor­ lik jihatlari bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Chunki uning hayotida ijodiy munosabatlar bilan bog‘liq jihatlar shakllana boshlaydi. Ijodiy ja-moada ishlash, bu har bir sozanda-yu xonanda bilan hamkorlik qi­ lish va birgalikda ijod etishdir. Bu jarayon G‘anijon Toshmatovning shaxsiy munosabatlarida ijobiy natijalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Avvalo, u xalq ijodiyotining sozandalik, xonandalik, askiya kabi san’atlarning uyg‘unlikdagi jozibasini talqin etdi va ustozlar-dan bu soha sirlarini bilib, o‘zlashtirgan ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etishga harakat qildi.


Asar Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga xos shakl va uslubga egadir. Asarning keng diapazonga egaligi, ohang ko‘lamining mukammalligi, ohang yo‘lining bosqichma-bosqich rivoji va keng ko‘lamli harakatga egaligi mumtozlik xususiyatlar bilan sug‘orilganligidadiapazonli ovoz va shunga mos keladigan mahorat bilan talqin etish lozim bo‘ladi.


Bastakorning maqom yo‘llariga xos asarlaridan biri Bobur g‘azaliga bastalagan «Guljamol» ashulasidir. Asar o‘zining kuy tuzilishi va rivojiga ko‘ra ashula shakliga xos bo‘lib, daromad, miyonxat, dunasr, avj va furovard tarkibiy qismlaridan iboratdir. Maqom sho‘balari Farg‘ona ashulachilik an’analariga xos uslubda yaratilgan. Ushbu ashula o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Asar Re doriy tonalligi (ladi) tovushlar munosabatiga asoslangan. O‘lchov-ritmik asosi esa 4/4


bo‘lib, o‘rtacha tezlikda ijro etiladi.


Asarning butun jozibasi uning mavzusida mujassam topgan. So‘z ma’nosi bilan kuyning bir-biriga mutanosib kelganligini ham e’tirof etish mumkin. Kuy mag‘zida chaqiriq, murojaat va maqtov ohanglari go‘zal uyg‘unlashgan. Mavzu bir davriyadan iborat va ikki jumlani tashkil etib, o‘ziga xos xarakterga ega hamda uning talqinida bunga e’tibor berish muhimdir. Chaqiriq va murojaat birinchi jumla ohanglarida jamlangan bo‘lsa, maqtov ohanglari asosida ikkinchi jumla tuzilgan. Ushbu jihatlarni talqin talaffuzida yaqqol namoyon etish, asarning mukammal ijrosini ta’minlab beradi. So‘z bilan kuyning ko‘rinishi quyidagichadir.





Download 180,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish