Ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi, xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi munosabat diagrammasi
Kundalik foydalaniladigan dezayn sistemasi va hujjatlashtirish texnikasi Ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi va xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi munosabat diagrammasidir. Bu bo’lim ularning o’ziga xos xususiyatlari foydalanish va ular orasida bog’lanishlarni ko’rsatib beradi.
Ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi
Ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi sistemaga bog’liq bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar, jarayonlar , ma’lumotlarni shakllantirish va ma’lumotlar bazasini ko’rsatish uchun simvollardan foydalanadi. 2-12 chizma ko’p foydalaniladigan simvollarni ko’rsatadi. DFD umumiydan tavsiflangangacha bo’lgan turli darajalardagi sistemalarni ko’rsatish uchun foydalaniladi. 14- bo’limda biz kichik darajadagi DFD ning tuzulishini o’rganamiz. Hozir esa bir darajali DFD hujjatlashtirish vositasi sifatida uning foydalanilishini ko’rsatish ancha samarali. Biz 2-13 chizmada buni misol tariqasida ko’ramiz.
DFD da subyektlar modellashtirilayotgan sistemaning chegarasidagi tashqi obyektdir. Ular ma’lumotlar uchun joyni va manbani ko’rsatadi.3
Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish
Barcha avtomatlashtirilgan tizimlarda buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi kiritilgan. Ushbu schyotlar rejasi 21-BHMSga mos keladi.
Schyotlar rejasi barcha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi, axborotlar bazasida ularning hisobi yuritiladi va tashkilotning hisob siyosatining bir qismi hisoblanadi. Schyotlar rejasiga menyuda Korxona – Schyotlar rejasi – Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi (Predpriyatie – Plan schetov – Plan schetov buxgalterskogo ucheta) orqali o’tish
Tizimda oldindan bo’lgan schyotlarni foydalanuvchi tomonidan o’chirib tashlashi mumkin emas (oldindan bo’lgan schyotlar belgi bilan belgilangan), biroq yangi schyotlar va subschyotlar kiritshi mumkin. Yangi kiritilgan schyotlar bo’yicha quyidagi xususiyatlarini belgilashi shart:
aktiv, passiv schyotlarning alomatlarini;
3 Accounting Information Systems, Seventh Edition James A. Hall, 2011,South Western Cengage Learning, USA 51-54
balansdan tashqari schyotlarning alomatlarini;
analitik hisobning sozlanishi;
miqdoriy hisobning sozlanishi; - valyuta hisobining sozlanishi.
Analitik hisobning sozlash – bu subkonto turlari bo’lib, schyotning xususiyati sifatida beriladi. Har bir schyot bo’yicha analitik hisob bir vaqtda uchtagacha subkontoda olib borilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining o’tkazmalarida schyotlardan foydalanishiga cheklovlar o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Buxgalteriya o’tkazmalarida foydalanish mumkin bo’lmagan schyotlar, schyotlar rejasida sariq rangda ajratib ko’rsatilgan.
Buxgalteriya hisobi schyotining tuzilishi bilan tanishish maqsadida Schyotning tuzilishi (Opisanie scheta) tugmachasini bosib ko’rish mumkin.
Tanlab olingan schyot bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun Hisobotlar (Otcheti) tugmachasini bosiladi va standart buxgalteriya hisobotining biri, masalan, Schyot bo’yicha oborot-saldo qaydnomasi (Oborotno-saldovaya vedomost po schetu) shakllantiriladi.
Schyotning subkonto ro’yxatiga o’tish uchun, Subkonto tugmachasi bosiladi.
Pechat tugmachasi bilan buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini ekranga chiqarish va qog’ozda pechat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |