Ko’plab tashkilotlarda buxgalterlik funksiyasi information texnologiyalar(IT)ning yagona yirik foydalanuvchisidir. Moliyaviy tranzaksiyalar jarayonida ishtirok etuvchi hamma tizimlar buxgalterlik funksiyasiga ba’zi yo’llar orqali ta’sir etadi. Oxirgi foydalanuvchilar sifatida buxgalterlar tizimni yaratuvchi professionallarni o’z ehtiyojlarining aniq tasviri bilan ta’minlashlari kerak. Masalan, buxgalter foydalaniladigan buxgalterlik qoidalar va texnikalarni, ichki nazorat talablari, amortizatsiya modellari kabi maxsus algoritmlarni aniqlashtirishi lozim. Tizimning rivojlanishida buxgalterning ishtiroki passivdan ko’ra aktiv bo’lishi kerak. Tizimning omadsizligiga olib keluvchi loyihalash xatosining asosiy sababi bu – foydalanuvchi muhitining mavjud emaslidir.
Buxgalterlar tizim yaratuvchilari sifatida
Tizim loyihasi uchun buxgalterlarning javobgarligini baholashda kompyuterni biznes information vosita sifatida ko’ruvchi tarixiy dunyoqarash talab etiladi. Odatda, buxgalterlar information tizimining asosiy aspektlariga kiruvchi foydalanuvchilarning information ehtiyojini baholash, tashqi hisobot formati va tarkibini aniqlash, ma’lumotlar manbaini tayinlash, buxgalterlik qoidalariga muvofiqlashtirish, va information tizimning nafliligi va to’g’riligini buzilib ketmasligi uchun kerakli bo’lgan nazoratni aniqlash uchunjavobgardirlar. Bu odatiy tizimlar ruhiy, ko’zga tashlanadigan va tushunarli edi. Ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari qo’lda amalga oshirilar edi, ma’lumotlarni uzatish o’rtachasi va axborot to’plashning vositasi qog’oz edi. Kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan kompyuter tizimlari qo’lda bajariladigan amaliyotlar o’rnini egalladi va qog’ozdagi yozuvlar raqamli tarzda to’plana boshlandi. Buxgalterlarning yangi davrda o’ynagan roli ko’plab bahs-munozaralarning asosiy mavzusiga aylandi. Kompyuter ko’nikmasining etarlicha emasligi, bu yangi texnologiyani egalashga xohishning yo’qligi buxgalterlarning statusini noaniq qilib qo’ydi. Ko’plab buxgalterlar o’zlarining odatiy majburiyatlarini ularning tashkilotida yangi bo’lgan kompyuter profesionallarining yangi avlodiga topshirib qo’yishdi. Odatda, buxgalterlikdan bexabar yoki biznes kurslariga bormagan kompyuter loyihachilari IAT loyhasi uchun to’liq javobgarlikni o’z bo’ynilariga oladilar. Natijada, ko’plab tizimlar buxgalterlik tamoyillarini buzadi va ular kerakli nazoratda emas. Tizimning katta etishmovchiliklari va kompyuterdagi aldovlar buxgalterlik tarixidagi ushbu davrni baholab berdi. Bu muammoni bartaraf etish uchun 1970 yilning o’rtalarida buxgalterik kasbi buxgalterlarning mahoratini va kompyuterga asoslangan tizim uchun qonuniy javobgarlini qaydadan ko’rib chiqdi. Hozirgi kunda, tizim loyihasi uchun javobgarlik buxgalterlar va IT mutaxassislari o’rtasida quyidagicha taqsimlanganini bilamiz: buxgalter tizimning tarkibiga, IT mutaxassis esa tizimning tuzilish jihati uchun mas’uldirlar. Tarkibiy va tuzilmaviy taraflarni farqlash uchun quyidagi namunaga e’tibor qiling: Chakana savdo biznesning kredit boshqarmasi AR boshqarmasining to’lovdan qochadigan akkauntlar haqidagi ma’lumotini talab qiladi. Bu ma’lumot kredit menedjerining mijozning kreditga layoqatini baholash orqali qilgan qarorini qo’llab-quvvatlaydi. Tizimning tarkibiy loyihasi to’lovdan qochadigan mijozlarni aniqlashtirish va ro’yhatga yozilishi talab etiladigan ma’lumotlarni aniq o’rnatilishini o’z ichiga oladi. Buxgalter talab etilayotgan ma’lumot tabiatini, uning manbasini, vazifasi va ishlatiladigan buxgalterlik qoidalarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Tuzilmaviy tizim esa ushbu ma’lumotlarni namoyish etishning usuli va vositasidir. Kompyuter mutaxassislari topshiriqni bajarish uchun eng samarali va tejamkor usulini aniqlaydilar. Bundan kelib chiqadiki, tizimlar loyihasi o’zaro hamkorlikda amalga oshirilishi kerak. Har bir tizimning yagonaligi va tizimning jiddiy xatolik, hatto 13
qalloblikka ta’sirchanligi sababli buxgalterlarning tizim loyihasidagi ishtiroki faol bo’lishi kerak. Keyingi bo’limlarda biz tizimning muvaffaqiyatli bo’lishida buxgalterlarning faol ishtiroki juda muhimligini ko’rib chiqamiz.