Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-конвертирован (1)
Universal hisobotlar
Buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iboratdir.
Buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang’ich hisob hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi va to’planishi kerak.
Buxgalteriya hisobi registrining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: registrning nomi;
113
registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr tuzilgan davr; xo’jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi;
xo’jalik operatsiyalarining o’lchov birligi ko’rsatilgan holda puldagi o’lchov miqdori; registrni yuritish uchun mas’ul bo’lgan shaxslarning lavozimlari, familiyalari hamda
ismi va otasi ismining bosh harflari ko’rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Registrlar deganda – turli xil shakldagi jadvallar bo’lib, ularga buxgalteriya hisobining dastlabki hujjatlari va ma’lumotlar bazasi asosida to’ldiriladi. Registrlar uch guruhga bo’linadi: - Ma’lumotlar registrlari;
Regsitrlarning asosiy vazifasi hujjatlar asosida shakllangan ma’lumotlarni saqlash hisoblanadi. Quyidagi jadvalda guruhlar bo’yicha registrlar namunasi keltirilmoqda.
Ma’lumotlar registrlari
Jamg’ariladigan registrlari
Buxgalteriya registrlari
Ma’lum kombinatsiya yoki vaqt bo’yicha yoilgan ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan registrlardir.
Material, pul, tovar va boshqalar to’g’risidagi axborotning mavjudligi va ularning harakati haqida ma’lumotlarning hisobi uchun foydalaniladi.
Registrlar yakuniy
ma’lumotlarni ko’rsatadi
Xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida qanday aks ettirilishini ko’rsatib berishda foydalaniladi. Yuu ob’ekt o’z mavjud emas, lekin u aniq buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
bilan bog’langan.
Masalan, Soliqlar stavkasi.
Hisob siyosati bo’yicha
ma’lumotlar.
Amortizatsiya
parametrlari
bo’yicha ma’lumotlar. Va boshqalar
Masalan, Hisoblangan YaST.
Daromadlar to’g’risdagi ma’lumotlar va JShDS. O’rtacha ish haqi.
Va boshqalar.
Masalan,
Buxgalteriya
o’tkazmalari kitobi.
Kross-jadval/ro’yxat hisobot tanlab olingan sanada jamg’ariladigan registrlari bo’yicha qaydnomalarni olishga imkon beradi. Registrning ma’lumotlari ro’yxat shaklida yoki kross-jadval ko’rinishda chiqarilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot; pul oqimlari haqidagi hisobot; xususiy kapital to’g’risidagi hisobot; izohlar, hisob- kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo’yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’ekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o’z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo’linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
115
1 yanvar - 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir.
1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo’lga kiritilgan sanadan boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davr, yuridik shaxs bo’lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktyabrdan keyin ro’yxatga olingan bo’lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Ro’yxatdan o’tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: davlat soliq xizmati organlariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.